kompyuterlarida qat’iy cheklovlar mavjud bo‘ladi. Bu siyosatga ko‘ra
foydalanuvchi Internetga umuman ulanmagan yoki qat’iy cheklovlar bilan ulangan
bo‘lishi mumkin. Bunday hollarda, foydalanuvchilar odatda siyosatdagi qoidalarni
aylanib o‘tishga harakat qiladilar.
4.
Ehtiyotkorlik siyosati
(
Prudent Policy
): Ehtiyotkorlik siyosati barcha
xizmatlar blokirovkalanganidan so‘ng amalga oshirilib, unda xavfsiz va zarur
xizmatlarga ma’mur tomonidan individual ravishda ruxsat beriladi. Bu maksimal
xavfsizlikni ta’minlab, tizim/ tarmoq faoliyatiga oid barcha hodisalarni qaydlaydi.
Maqbul foydalanish siyosati
. Maqbul foydalanish siyosati tarmoq va web
sayt egalari tomonidan qaror qilingan qoidalardan iborat va u hisoblash
resurslaridan
to‘g‘ri
foydalanishni
belgilaydi.
Ushbu
siyosatda
foydalanuvchilarning o‘z akkauntlarida mavjud bo‘lgan ma’lumotlarni himoya
qilish majburiyati ko‘rsatilgan bo‘lib, foydalanuvchidan tarmoqdan yoki
Internetdagi kompyuterdan foydalanishida siyosat cheklovlarini qabul qilishi talab
etiladi. Ehtiyotkorlik siyosati prinsiplar, taqiqlar, qayta ko‘rib chiqish va jazo
choralarini o‘z ichiga olib, foydalanuvchini, shaxsiy sabablarga ko‘ra, korporativ
resurslardan foydalanishini taqiqlaydi.
Maqbul foydalanish siyosati axborot xavfsizligi siyosatining ajralmas qismi
hisoblanadi. Bunda, tashkilotlar, o‘zlarining yangi xodimlariga axborot
resurlaridan foydalanishga ruxsat berishdan oldin, maqbul foydalanish siyosati
bo‘yicha tanishganligi xususida kafolat imzosi olinadi.
Maqbul foydalanish siyosati to‘g‘ri amalga oshirilganiga ishonch hosil qilish
uchun ma’mur doimiy ravishda xavfsizlik auditini olib borishi kerak. Maqbul
foydalanish siyosatlarining aksariyatida siyosatni buzganlik uchun jazolar
tayinlanadi. Bunday jazolar foydalanuvchi akkauntini vaqtincha yopib qo‘yishdan
tortib qonuniy jazo choralarigacha bo‘lishi mumkin.