2.1-rasm. Korxona arxitekturasi va uning boshqa arxitekturalari bilan
bog‘liqligi.
Hozirda bunday arxitekturalarni yaratishda bir necha yondashishlar mavjud,
masalan
TOGAF
,
Zachman Framework, FEAF, DoDAF
va h. Ammo, qaysi bir
yondashish tanlanmasin, hozirgi sharoitda axborotdan va axborot tizimidan
foydalanmay rivojlanish mumkin emas.
Axborot va axborot tizimlari nafaqat tijoratdagi har qanday o‘zgarishlarni
madadlaydi, balki ularni oldindan sezadi, ularga oldindan tayyorlanadi, ba’zi
xollarda esa yangi tijorat-imkoniyatlarining paydo bo‘lishiga yordam beradi. Biroq
tijorat doimo istalgancha rivojlanmaydi.
Bunda
ma’lumotlarning
sirqib
chiqishi,
axborot
texnologiyalari
infrastrukturasi
elementlarining ishdan chiqishi va h. bilan bog‘liq axborot
operatsion risklar anchagina rol o‘ynaydi. Hozirgi va kelajak risklarga tayyor
bo‘lish uchun korxonaning boshqa arxitekturalari bilan uzviy bog‘langan axborot
xavfsizligi arxitekturasi zarur.
Kiberxavfsizlik arxitekturasi
- jarayonlarni, inson rolini, texnologiyalarni va
turli xil axborotni tavsiflaydi, hamda zamonaviy korxonaning murakkabligini va
o‘zgaruvchanligini hisobga oladi. Boshqacha aytganda, kiberxavfsizlikning
arxitekturasi tashkilotning va u bilan bog‘liq boshqa komponentlar va
interfeyslarning istalgan axborot xavfsizligi tizimi xolatini tavsiflaydi. Bunda
axborot xavfsiziligi arxitekturasi tijoratning joriy va eng muhimi, kelgusidagi
ehtiyojini akslantiradi.
Odatda arxitekturaning 3 ta sathi ajratiladi
–