Vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent




Download 2,03 Mb.
bet4/111
Sana20.05.2024
Hajmi2,03 Mb.
#246571
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   111

MUQADDIMA


Yangi texnologiyalar, elektron xizmatlar bizning kundalik hayotimizning ajralmas qismiga aylandi. Jamiyat axborot- kommunikatsiya texnologiyalariga tobora ko‘proq qaram bo‘lib borayotganligi bois, ushbu texnologiyalarni himoya qilish va ulardan foydalanish milliy manfaatlar uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega.


Shu sababli, har bir tashkilotga, kiberxavfsizlikni ta’minlash maqsadida, mazkur soha bilan shug‘ullanuvchi xodimlar jalb qilinmoqda va xodimlarni kiberxavfsizlikka oid bilimlar bilan muntazam tanishtirib borish uchun qator seminar-treyning mashg‘ulotlari tashkil etilmoqda. Oliy ta’lim muassasalarida ham kiberxavfsizlikni fan sifatida o‘tilishi buning yaqqol misolidir.
Respublikamizda axborot texnologiyalarining rivojlanishi bilan bir qatorda xo‘jalik va davlat boshqaruvi organlarida axborot xavfsizligini, xususan, kompyuter bilan bog‘liq bo‘lgan xavfsizlik muammolarini bartaraf etish yo‘nalishiga alohida e’tibor qaratilmoqda. 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida vazifalar belgilab olindi, shular qatorida
«...axborot xavfsizligini ta’minlash va axborotni himoya qilish tizimini takomillashtirish, axborot sohasidagi tahdidlarga o‘z vaqtida va munosib qarshilik ko‘rsatish» va kiberjinoyatchilikni fosh etish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Bundan tashqari, “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yilida amalga oshirishga oid Davlat dasturi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Prezidenti Farmonida “2020 yil 1 sentyabrga qadar kiberxavfsizlikka doir milliy strategiya va qonun loyihasi ishlab chiqish” vazifalari belgilangan. Bu vazifalarni amalga oshirishda kiberxavfsizlik sohasiga oid o‘quv qo‘llanmalarini ishlab chiqish ham e’tibor berish kerak bo‘lgan muhim jihatlardan hisoblanadi.
Qo‘llanmaning birinchi bobida kiberxavfsizlik asoslari fani sohasining vazifalari va asosiy tushunchalari, uning qo‘llanilish sohasi hamda kiberxavfsizlikda inson omili masalalari ko‘rib chiqilgan. Kiberxavfsizlikning bilim sohalari, kiberxavfsizlik va axborot xavfsizligi tushunchalari o‘rtasidagi farq misollar asosida keltirilgan. Shuningdek, kiberjinoyatchilik, kiberhuquq va kiberetika masalalariga to‘xtalib o‘tilib, kiberjinoyatchilik uchun tayinlangan jazo turlari haqida ma’lumotlar keltirilgan.
Ikkinchi bob kiberxavfsizlikning fundamental masalalariga bag‘ishlangan, hamda kiberxavfsizlik arxitekturasi, strategiyasi va siyosatini amalga oshirish tartibi xususida ma’lumotlar keltirilgan.
Uchinchi bobda axborotning kriptografik himoyasi doirasidagi asosiy tushunchalar, simmetrik kriptotizimlar, ochiq kalitli kriptotizimlar, ma’lumotlar yaxlitligini ta’minlash usullari, disklarni va fayllarni shifrlash hamda ma’lumotlarni xavfsiz o‘chirish usullari ko‘rib chiqilgan. Qo‘llanmaning to‘rtinchi bobi foydalanishlarni nazoratlashga bag‘ishlangan bo‘lib, autentifikatsiya usullari, ma’lumotlarni fizik va mantiqiy boshqarish usullari keltirilgan. Amalda keng qo‘llanilayotgan mantiqiy foydalanishlarni boshqarish modellari va ulardan foydalanish
bo‘yicha tavsiyalar bayon etilgan.
Beshinchi bob tarmoq xavfsizligiga bag‘ishlangan bo‘lib, unda tarmoqda mavjud bo‘lgan xavfsizlik muammolari va ularni bartaraf etishda tarmoqlararo ekrandan, virtual himoyalangan tarmoqdan va boshqa vositalardan foydalanish masalalari keltirilgan. Bundan tashqari, simsiz tarmoqlarda xavfsizlik muammolari va risklarni boshqarish masalalariga to‘xtalib o‘tilgan.
Oltinchi bobda tizimning foydalanuvchanlik xususiyati va uning tizim uchun muhimligi, ma‘lumotlarni zaxira nusxalash va qayta tiklash usullari xususida ma’lumotlar keltirilgan. Tizim foydalanuvchanligi uchun audit muolajasi muhim hisoblangani bois, Windows OT uchun hodisalarni qaydlash tartibi bilan tanishib chiqiladi.
Yettinchi bob dasturiy vositalar xavfsizligiga bag‘ishlangan bo‘lib, dasturlardagi xavfsizlik muammolari va ularni oldini olishga qaratilgan fundamental prinsiplar bayon etilgan. Vazifasi tizimga ziyon yetkazish uchun yaratilgan zararli dasturiy vositalar, ularning tahlili va zamonaviy antivirus dasturiy vositalari haqida batafsil ma’lumotlar keltirilgan.

  1. Download 2,03 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   111




Download 2,03 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent

Download 2,03 Mb.