• "Kompyuter injiniring" fakulteti "Kompyuter tizimlari" kafedrasi "Kompyuter tarmoqlari” fanidan
  • SAMARQAND – 2022
  • Nazariy qism. IP-manzillarni dinamik taqsimlash.
  • Laboratoriya mashg’ulotini bajarish uchun uslubiy ko’rsatma
  • Vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi




    Download 0.53 Mb.
    Sana22.01.2023
    Hajmi0.53 Mb.
    #39023
    Bog'liq
    K.T. 4-labaratoriya ishi Axmadov Furqat
    Ornatilgan protsessorlar, cisco1, 4kompyuter tarmoqlari, kompyuter arxitekturasi 2, Kompyuter tarmoqlari 000, 18, Bulutli texnologiyalarning tavsifi. Cloud xizmatlar Bulutli tex, Shuxratov Lazizbek, (320)KASBIY PEDAGOGIKA, Kurs ishi mavzu O\'quv tarbiya jarayonida Web texnologiyalardan fayllar, 7- o\'zb kitob qo\'llanma, 10 синф ўзбекистон тарихи

    O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI




    MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI SAMARQAND FILIALI


    "Kompyuter injiniring" fakulteti "Kompyuter tizimlari" kafedrasi "Kompyuter tarmoqlari” fanidan





    Mavzu: Cisco Packet Tracer dasturida DHCP serverni ko’tarish.

    .


    Bajardi: KI20-03-guruh talabasi


    Axmadov F Qabul qildi: Fayziyev V.

    SAMARQAND – 2022

    Laboratoriya ishi №4



    Mavzu: Cisco Packet Tracer dasturida DHCP serverni ko’tarish.


    Ishdan maqsad. Cisco packet Tracer dasturida tarmoq sozlamalarini avomatik yuborish protokolini o’rganish.

    Nazariy qism. IP-manzillarni dinamik taqsimlash.


    Agar lokal tarmoqqa yuzlab kompyuterlar ulangan bo’lsa, u holda kompyuterlarga IP-manzillarni qo’lda kiritish tarmoq administratori uchun qiyin vazifa bo’ladi.
    Xostlarni dinamik konfiguratsiyalash protokoli (Dynamic Host Confuration Protocol) – bu kompyuterlarga IP-manzil va TCP/IP tarmoqlarida ishlash uchun zarur bo’lgan boshqa parametrlarni avtomatik olish imkonini beruvchi tarmoq protokoli. DHCP protokoli “mijoz-server” modeli asosida ishlaydi. Mijoz-kompyuterni avtomatik konfiguratsiyalash uchun tarmoq qurilmalari bosqichida DHCP severiga murojaat qiladi va undan kerakli parametrlarni oladi. Tarmoq administratori server tomonidan kompyuterlar orasida taqsimlanadigan manzillar diapazonini belgilashi mumkin. Bu kompyuterlarni qo’lda sozlashning oldini olish imkonini beradi va
    xatolar sonini kamaytiradi. DHCP protokoli ko’proq TCP/IP tarmoqlarida ishlatiladi.
    DHCP protokoli IP-manzillarni taqsimlashning uch xil usulidan foydalanadi:

    • Qo’lda taqsimlash: tarmoq administratori har bir mijoz kompyuterining qurilma manziliga (MAC-manzilga) ma’lum IP-manzilni biriktiradi. Aslida, manzillarni taqsimlashning bunday usuli har bir kompyuterni qo’lda sozlashdan manzillar haqidagi ma’lumotlar markazlashgan holda (DHCP serverda) saqlanishi va kerak bo’lganda ularni almashtirish soddaligi bilan farq qiladi.

    • Avtomatik taqsimlash: har bir kompyuterga doimiy foydalanish uchun

    administrator tomonidan belgilangan manzillar diapazonidan ixtiyoriy bo’sh manzilni beradi.

    • Dinamik taqsimlash: bo’sh IP-manzil kompyuterga doimiy foydalanish uchun berilmaydi, balki ma’lum muddatga ijaraga beriladi.

    Laboratoriya mashg’ulotini bajarish uchun uslubiy ko’rsatma


    Ushbu laboratoriya ishida sizdan IP-manzilni taqsimlash uchun server javobgar
    bo’ladigan lokal tarmoq modelini qurishingiz talab etiladi (1-rasm)

    1. rasm. IP-manzilni taqsimlash uchun server javobgar bo’ladigan lokal tarmoq modeli

    Quyidagi amallarni bajaring:

    1. Server, kommutator va uchta PC0-PC2 kompyuterdan iborat lokal tarmoq modelini yarating, ularni 6.1-rasmda ko’rsatilgandek bir biri bilan bog’lang.

    2. Server parametrlarini sozlang:

      1. Ishchi sohada Server0 ni tanlang.

      2. Server0 oynasidan Config bo’limiga o’ting va FastEthernet tugmasini bosing.

      3. FastEthernet bog’lanishi uchun IPning statik konfiguratsiyasini tanlang,

    192.168.1.1 manzil va 255.255.255.0 niqobni kiriting.

      1. Server0 oynasidan Services bo’limini tanlang.

      2. Services bo’limidan DHCP tugmasini bosing.

      3. DHCP xizmati parametrlarini sozlang: boshlang’ich 192.168.1.10 IPmanzilni (Start IP Address), 255.255.255.0 niqobni, 200 –

    foydalanuvchilarning maksimal sonini (Maximum number of Users) kiriting va Save tugmasini bosing. Ko’rsatilgan amallarning bajarilishi natijasida Server0 oynasi 2-rasmda ko’rsatilgandek ko’rinish olishi lozim.

      1. Server0 oynasini yoping.

    1. rasm. Serverda DHCP xizmatini sozlash dialog oynasi.

    1. PC0 kompyuteri parametrlarini sozlang:

      1. Ishchi sohadan PC0 kompyuterini tanlang.

      2. PC0 oynasida Config bo’limini tanlang va FastEthernet tugmasini bosing.

      3. Tarmoq adapter IP-manzil konfiguratsiyasi uchun DHCP rejimi tanlang (3-rasm)

      4. PC0 oynasini yoping




    1. rasm. Kompyuter tarmoq adapterini DHCP dan foydalanib sozlash.

    1. Xuddi shu tarzda DHCP dan foydalanib PC1… PC9 kompyuterlarining tarmoq adapterlarini ham shunday sozlanadi.

    2. Simulation rejimiga o’ting.

    3. Tarmoq bog’lanishini har bir kompyuterdan serverga oddiy paket yuborish yo’li bilan tekshiring.





    1. rasm. Natija.

    Natija shuni ko’rsatyaptiki barchasi to’g’ri ishlayapti.
    Download 0.53 Mb.




    Download 0.53 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi

    Download 0.53 Mb.