• Vazirlik qoshida ochilgan Sunʼiy intellekt boʻyicha maslahat kengashi faoliyati haqida ham toʻxtalib oʻtsangiz.
  • Oliy taʼlim muassasalarida raqamlashtirish jarayonlarini muvofiqlashtirish boʻyicha qanday ishlar amalga oshirilmoqda?




    Download 20,02 Kb.
    bet4/5
    Sana13.09.2024
    Hajmi20,02 Kb.
    #270974
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    dsc

    Oliy taʼlim muassasalarida raqamlashtirish jarayonlarini muvofiqlashtirish boʻyicha qanday ishlar amalga oshirilmoqda?
    — Oliy taʼlim muassasalarida raqamlashtirish jarayonlari holatini baholash hamda oliy taʼlim muassasalarining reytingini aniqlash uchun maxsus axborot tizimi ishlab chiqilib, test rejimida ishga tushirildi.
    Ushbu axborot tizimi oliy taʼlim muassasalarida AKT bilan qamrov darajasini, joriy etilgan axborot tizimlari hamda elektron xizmatlarning holatini, AKT sohasidagi inson kapitali, rasmiy veb-saytlarini yuritish darajasini, axborot xavfsizligining taʼminlanganlik holatini va boshqa shu kabi tashkiliy masalalarni nazorat qilish, baholash va reytingini yuritish uchun moʻljallangan.
    Vazirlikning tegishli buyrugʻi bilan oliy taʼlim muassasalarining rahbar oʻrinbosarlaridan biriga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va raqamlashtirishga masʼul oʻrinbosarlar (Chief Digital Officer) vakolati yuklatildi.
    Joriy yilning oktyabr-noyabr oylari davomida 41 ta oliy taʼlim muassasalari rahbarlarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va raqamlashtirishga masʼul oʻrinbosarlarining raqamlashtirish boʻyicha olib borayotgan ishlari, kelgusidagi rejalari boʻyicha taqdimotlari boʻlib oʻtdi.
    Vazirlik qoshida ochilgan Sunʼiy intellekt boʻyicha maslahat kengashi faoliyati haqida ham toʻxtalib oʻtsangiz.
    — Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzurida Sunʼiy intellekt maslahat kengashi tashkil etilgan boʻlib, mamlakatimizda sunʼiy intellekt taqdim etayotgan vositalar va imkoniyatlar tufayli har bir fuqaroning farovonligini oshirishga xizmat qiladigan ilmiy tadqiqotlar, amaliy startaplar va boshqa tashabbuslar uchun turli ilgʻor gʻoyalarni taklif eta oladigan, muhim mutaxassislar hamjamiyati (professional community)ni shakllantirish uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida tuzilgan.
    Ayni paytda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi sunʼiy intellekt boʻyicha maslahat kengashi va ishchi guruhi tarkibiga 10 nafar xorijiy ekspert va 30 dan ortiq mahalliy mutaxassis jalb etilgan. Sunʼiy intellekt vositalaridan samarali va axloq doirasida foydalanish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish maqsadida sunʼiy intellekt maslahat kengashi huzurida Taʼlim va tadqiqotlarda sunʼiy intellekt ishchi guruhi tuzilgan.
    Vazirlik ushbu yoʻnalishda YUNESKO, TeachAI kabi xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi. TeachAI texnologiya va taʼlim tashkilotlari konsorsiumi boʻlib, 20 ta davlatning taʼlim vazirliklari, shuningdek, Germaniya, Kanada, Braziliya, Ispaniya va boshqa mamlakatlardan kompyuter fanlari tadqiqotchilari hamda oʻqituvchilarini birlashtirgan.
    Taʼlimga sunʼiy intellektni joriy qilishda Singapur juda ilgʻor davlatlardan biri hisoblanadi. Shu sababli Singapur milliy universiteti professori va sunʼiy intellekt laboratoriyasi direktorini ham maslahat kengashimizga taklif qildik.
    Kompyuter koʻrish hamda toʻldirilgan reallik texnologiyalari asosida ishlovchi AR-gid loyihasi Oʻzbekiston–Tojikiston rektorlarining birinchi forumi doirasida Tojikiston Milliy universiteti Millat yetakchisi muzeyiga joriy qilindi.
    Bundan tashqari, Toshkent tibbiyot akademiyasi muzeyiga ham ushbu ishlanma oʻrnatib berildi. Vazirlik huzuridagi Sunʼiy intellekt maslahat kengashi hamda Toshkent shahridagi Amity universiteti hamkorligida Toshkent shahridagi umumtaʼlim maktablarining informatika fani oʻqituvchilari uchun Sunʼiy intellekt asoslari va Buyumlar interneti (Internet of Things — IoT) boʻyicha bepul oʻquv kursi tashkil etildi.
    Kengash faoliyati bilan 
    Download 20,02 Kb.
    1   2   3   4   5




    Download 20,02 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Oliy taʼlim muassasalarida raqamlashtirish jarayonlarini muvofiqlashtirish boʻyicha qanday ishlar amalga oshirilmoqda?

    Download 20,02 Kb.