|
Professional taʼlim jarayonlarini boshqarish” axborot tizimini takomillashtirish yuzasidan qaysi ishlar toʻla amalga oshirilgan?
|
bet | 3/5 | Sana | 13.09.2024 | Hajmi | 20,02 Kb. | | #270974 |
Bog'liq dscProfessional taʼlim jarayonlarini boshqarish” axborot tizimini takomillashtirish yuzasidan qaysi ishlar toʻla amalga oshirilgan?
— Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-maydagi “Raqamli xizmatlar qamrovi va sifatini oshirish hamda soha, tarmoq va hududlarni raqamli transformatsiya qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ–162-son qarorida “Professional taʼlim jarayonlarini boshqarish — EMIS” axborot tizimini takomillashtirish vazifasi belgilab qoʻyilgan. Ushbu topshiriq ijrosini taʼminlash maqsadida “Professional taʼlim jarayonlarini boshqarish — EMIS” axborot tizimini takomillashtirish boʻyicha texnik topshiriq loyihasi ishlab chiqildi hamda tegishli tartibda Raqamli texnologiyalar vazirligi va Kiberxavfsizlik markazi DUK tomonidan ekspertizadan oʻtkazilib, ekspertlarning ijobiy xulosalari olindi.
“Professional taʼlim jarayonlarini boshqarish” axborot tizimini takomillashtirish doirasida dars jadvali, elektron jurnal, oʻqituvchi va oʻquvchi rollari yaratildi. Shuningdek, baholash jarayonida oraliq, joriy va yakuniy baholashlar yoʻlga qoʻyildi.
Toʻlov-shartnoma asosida tahsil oladigan oʻquvchilarga shartnomalarni elektron koʻrinishda olish uchun ushbu tizim orqali ariza yuborish hamda toʻlov-shartnomasini yuklab olish imkoniyati yaratildi.
Oʻquvchilarning ijtimoiy holatini aniqlash hamda qoʻllab-quvvatlashni nazarda tutgan “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” va “Yoshlar daftari”ga integratsiya qilish ishlari olib borilmoqda. Shu bilan birga, bitiruvchilarning bandligini monitoring qilish maqsadida oʻquvchilarning ishga joylashishi hamda oliy taʼlim muassasalariga qabul qilinishi boʻyicha statistik hisobotlar shakllantirish imkoniyati yaratiladi.
Joriy yilning oktyabr oyida “Akademik litseylarda taʼlim jarayonlarini boshqarish” axborot tizimi ishlab chiqilib amaliyotga joriy etildi. Ushbu axborot tizimi akademik litseylarda taʼlim jarayonlarini boshqarishga moʻljallangan boʻlib, guruh jurnali, reyting daftarchasi, oʻquv mashgʻulotlari, imtihon jadvallari, oʻquvchilarning oʻzlashtirish koʻrsatkichi, davomati, diplom va akademik maʼlumotnomalarni raqamlashtirishga xizmat qilmoqda.
Bugungi kunda oliygohlardagi masʼul xodimlarga axborot tizimidan foydalanish boʻyicha oʻquv seminarlari oʻtkazilmoqda.
—
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Professional taʼlim jarayonlarini boshqarish” axborot tizimini takomillashtirish yuzasidan qaysi ishlar toʻla amalga oshirilgan?
|