• E’lon qilingan materiallarning haqqoniyligiga va ko‘chirilmaganligiga shaxsan muallif javobgardir.
  • Buxoro davlat universiteti ilmiy axboroti” ilmiy jurnali mualliflari diqqatiga!




    Download 40,13 Kb.
    bet1/7
    Sana21.05.2024
    Hajmi40,13 Kb.
    #248772
      1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    ИА журнали учун мақолага талаблари


    Buxoro davlat universiteti ilmiy axboroti” ilmiy jurnali mualliflari diqqatiga!
    1. “Buxoro davlat universiteti ilmiy axboroti” ilmiy jurnali quyidagi sohalar bo‘yicha ilmiy maqolalarni o‘zbek, rus va ingliz tillarida chop etadi:
    - Aniq va tabiiy fanlar (fizika, matematika, kimyo, biologiya, geografiya, qishloq xo‘jaligi va ishlab chiqarish texnologiyalari).
    - Tilshunoslik.
    - Adabiyotshunoslik.
    - Iqtisodiyot.
    - Tarix.
    - Falsafa, huquq va siyosatshunoslik.
    - Pedagogika.
    - San’atshunoslik.
    2. E’lon qilinadigan maqolalarga bo‘lgan asosiy talablar:

    • ishning dolzarbligi va ilmiy yangiligi;

    • maqolaning hajmi: adabiyotlar ro‘yxati, chizma va jadvallar inobatga olingan holatda 4-8 betgacha;

    • maqola nomi, annotatsiya (90-100 ta so‘z) va tayanch so‘zlar (8-10 ta) ingliz, o‘zbek va rus tillarida keltiriladi.

    3. Maqola boshida UDK (udc.online internet saytidan olishingiz mumkin), mavzu, muallifning F.I.O. (to‘liq yozilishi kerak), mualliflar bir nechta bo'lsa, ularning har biri haqida to'liq ma'lumotlar berilishi shart, tashkilot, shahar, mamlakat, muallifning e-maili ko‘rsatiladi. Matnda kirish qismi, tadqiqot obyekti va qo‘llanilgan metodlar, olingan natijalar va ularning tahlili, xulosa, adabiyotlar ro‘yxati, albatta, keltiriladi. Maqolada keyingi 10-15 yilda e’lon qilingan adabiyotlarga havola qilinishi tavsiya etiladi.
    4. Matn uchun: Microsoft Word; Times New Roman, 11 shrift, maqola nomi bosh harflarda, interval 1,0; abzas 1,0 sm, yuqori va pastki tomon 2 sm, chap va o‘ng tomon 2 sm.
    5. Agar maqolaga rasm, jadval, diagramma, sxema, chizma, turli grafik belgilar kiritilgan bo‘lsa, ular aniq va ravshan tasvirlanishi, qisqartmalarning to‘liq izohi yozilishi lozim. Formulalar matnga maxsus kompyuter dasturlarida kiritilishi kerak.
    6. Iqtibos olingan yoki foydalanilgan adabiyot satr osti izohi tarzida emas, balki maqola oxirida asosiy matndagi ketma-ketligi asosida umumiy ro'yxatda ko'rsatiladi. Matn ichidagi ko'chirmadan so'ng iqtibos olingan asarning ro'yxatdagi tartib raqami va sahifasi kvadrat qavs ichida beriladi. Bu o'rinda kitob, to'plam, monografiyalar uchun mualliflarning ism-familiyalari, manbaning to'liq nomi, nashr ko'rsatkichi (shahar, nashriyot va nashr yili) ko'rsatiladi. Jurnal maqolalari va boshqa davriy nashrlar uchun mualliflarning ism-familiyalari, maqola nomi, jurnal nomi, yili va soni, sahifa nomeri ko'rsatiladi.
    7. Maqola matni kamida 70-80 % muallifning shaxsiy izlanishlari natijasiga asoslanishi lozim. Topshirilgan maqolalar “Antiplagiat” tizimi yordamida tekshiriladi.
    8. Tahririyatga taqdim qilingan maqolalar tahririyat tomonidan taqrizga beriladi. Maqola taqrizdan qaytgach, agar zarur bo'lsa, barcha savol va e'tirozlar bo'yicha muallifga qayta ishlash uchun taqdim etiladi. Maqola nusxalari qaytarilmaydi.
    9. Tahririyat maqolani taqrizga yuboradi, taqriz ijobiy bo‘lsa maqola jurnalda chop etish uchun qabul qilinadi. Maqola jurnalda maxsus hisobga (Buxoro davlat universiteti Moliya vazirligi G‘aznachiligi x/r. 23402000300100001010, INN 201504275, MFO 00014., ShXR 400110860064017094100079001 Buxoro davlat universiteti ilmiy axboroti uchun) 300 000 so‘m to‘lov amalga oshirilgandan keyin chop etiladi. Jurnalda anjuman tezislari va ma’ruzalari chop etilmaydi. E’lon qilingan materiallarning haqqoniyligiga va ko‘chirilmaganligiga shaxsan muallif javobgardir.
    10. Tahririyat maqolaga ayrim kichik o‘zgartirishlarni kiritishi mumkin. Yuqoridagi talablarga javob bermaydigan maqolalar tahririyat tomonidan ko‘rib chiqilmaydi va muallifga qaytarilmaydi.
    11. Tahririyatga taqdim qilingan maqolalar tahririyat tomonidan taqrizga beriladi. Maqola taqrizdan qaytgach, agar zarur bo‘lsa, barcha savol va e'tirozlar bo‘yicha muallifga qayta ishlash uchun taqdim etiladi. Maqola nusxalari qaytarilmaydi.
    12. Ijobiy taqriz berilgan maqola tahririyat tomonidan qabul qilingan sanaladi. Jurnal tahririyati maqola matnini qisqartirish va unga tahririy o‘zgartirishlar kiritishga haqlidir.
    13. Yuqoridagi talablarga javob bermaydigan maqolalar tahririyat tomonidan qabul qilinmaydi va ko‘rib chiqilmaydi.



    Download 40,13 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7




    Download 40,13 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Buxoro davlat universiteti ilmiy axboroti” ilmiy jurnali mualliflari diqqatiga!

    Download 40,13 Kb.