|
Vaziyatga huquqiy baho bering, sud qanday qaror qabul qilishi kerak?
|
bet | 9/11 | Sana | 18.12.2023 | Hajmi | 27,11 Kb. | | #122799 |
Bog'liq kazuslar-oraliq-nazorat-uchunVaziyatga huquqiy baho bering, sud qanday qaror qabul qilishi kerak?
Kazus 17
Rossiya Federasiyasi fuqarosi bo‘lgan mashhur bloger N. vaqtinchalik yashash uchun Toshkent shahriga keldi. Toshkent shahriga tashrif buyurgan N. Toshkent shahridan 2-3 oy yashashni mo‘jallaganligi sababli Toshkent shahridan ko‘p qavatli turar joy majmuasidan xonadon sotib olmoqchi bo‘ldi. O‘zbekiston fuqarosi B. o‘sha paytlarda o‘ziga tegishli bo‘lgan xonadonni sotmoqchi bo‘lib yurgandi, u o‘zi muxlisi bo‘lgan N. xonadon olmoqchiligini eshitib uyini N. sotib olmoqchi bo‘lsa u bilan shartnoma tuzishga tayyorligini aytdi. N. B.ning xonadoni bilan tanishda xonadon unga maqul bo‘ldi, faqat Toshkentda xonadonlarning narxi keskin ko‘tarilib ketganligi sababli mazkur uy bahosini to‘liq to‘lash imkoniyatiga ega emasligi, kelishilgan narxning yarmini to‘lashi mumkinligini qolgan to‘lovni bir oydan keyin to‘lashini, B. bilan u xohlagan tarzda tilxat yoki boshqacha hujjat rasmiylashtirishga tayyorligi bildirdi. B. o‘zi N.ning muxlisi ekanligi, unga ishonishi, faqat majburiyatni qolgan qismi bajarilishi ta’minlash uchun garov shartnomasi tuzishsa uyni qarzga sotishga ham rozi bo‘lishi, garovga esa N. o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi (instagramdagi) sahifasini qo‘yishi kerakligi, agar pulni vaqtida to‘lay olmasa ushbu sahifa unga o‘tkazib berilishi kerakligini aytdi. Ushbu shartnomani rasmiylashtirish uchun taraflar advokatga murojaat qilishdi. Advokat FK 2 moddasi 2 qismiga ko‘ra chet el fuqarolari ham fuqarolik huquqiy munosabatlar ishtirokchisi ekanligi, shuningdek, FK 267 moddasiga ko‘ra garov ashyosi sifatida ashyolar bilan birgalikda huquqlar ham foydalanilishi mumkinligini keltirib, ushbu asoslarga ko‘ra N.ga B.tomonidan kvartira sotilishi qonunga muvofiqligi, shuningdek, garov shartnomasi ham qonuniyligini keltirib o‘tdi. Taraflar ushbu shartnomani rasmiylashtirish yuzasidan notariusga murojaat qilishganda notarius chet el fuqarolari ham fuqarolik huquqiy munosabatlar ishtirokchisi ekanligi to‘g‘riligi, biroq, Toshkent shahridan ikkilamich bozordan uy sotib olishning alohida tartibi borligini, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarga bo‘lgan huquqlarlar fuqarolik huquqi ob’yekti hisoblanmasligi shu sababli ushbu shartnomani tasdiqlash imkonsizligini keltirib o‘tdi.
|
| |