• Vaziyatni muhokama qiling. 13-kazus
  • Vaziyatni muhokama qiling




    Download 27,11 Kb.
    bet6/11
    Sana18.12.2023
    Hajmi27,11 Kb.
    #122799
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    kazuslar-oraliq-nazorat-uchun

    Vaziyatni muhokama qiling.

    12-kazus
    Ikki qo‘shni o‘rtasida yer uchastkasidan tortilgan yog‘och chegarada Akmal o‘z tomonida ko‘p yillik terak daraxti ekkandi. Qo‘shni fuqaro Valisher e’tiroz bildirmadi. Oradan yigirma yillar o‘tdi. Akmal uyni fuqaro Sobirga sotdi. Fuqaro Sobir biror yil o‘tib, terakni yiqitib, Valisher bilan qo‘shni tomonga uy qurish maqsadida devor osti poydevorni ko‘tara boshladi. Va aytdiki, chegara aynan terak daraxti tugagan joyda boshlanadi, deb. Taraflardan biri ayni shu choq masala sudga tegishli – “sudlashamiz” dedi, ikkinchisi, “yo‘q, bu masala mahalla doirasida, odob-axloq doirasida (odat huquqi normasi demoqchi), shuning-chun mahalla fuqarolar yig‘iniga murojaat qilamiz”, dedi. Vaziyatga huquqiy baho bering.
    Vaziyatni muhokama qiling.

    13-kazus
    Fuqaro Axatov va Soliyevalar nikoh yoshiga to`lmasdan nikoh qurishadilar. Ular uch oy yashamasdan o`zaro kelishmovchiliklar tufayli ajrashib ketadilar. Axatov to`qimachilik sohasida yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyati bilan shug`ullanish uchun ruxsatnoma olgani Tadbirkorlarni ro`yhatga olish davlat idorasiga murojaat qilganida, unga to`la muomala layoqatiga ega bo`lmasdan turib tadbirkorlik faoliyati bilan shug`ullanish mumkin emasligini aytadi. Bunga e’tiroz bildirgan Axatov u allaqachon to`la muomala layoqatini olganligi, to`liq muomalaga layoqatli bo`lmasa Soliyeva bilan ham nikoh qura olmasligini vaj qilib ko`rsatadi. Davlat idorasi esa nikohga kirishning muomala layoqatiga umuman aloqasi yo`qligini, qolaversa hozirda Axatov va Soliyevalar ajrashganliklarini aytib uni ro`yxatdan o`tkazishni rad etadi.
    Qolaversa, Axatov Toshkent shahrida ijarada turar edi. Ijarachi ijara narxlarining ko`tarilib ketgani uchun qanday qilib Axatovni uydan chiqarib, uning o`rniga Rossiya Federatsiyasidan kelgan, o`zining ta’biri bilan aytganda “yog`li” mijozni qo`yishni bilmay yurgan edi. Nikohi bekor bo`lganligini bilib, huquqshunosning maslahati bilan ular o`rtasida tuzilgan ijara shartnomasini haqiqiy emas deb topishi mumkinligi bilan Axatovni ogohlantirdi.

    Download 27,11 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 27,11 Kb.