• Vaziyatga huquqiy baho bering. 9-Kazus
  • Vaziyatga huquqiy baho bering




    Download 27,11 Kb.
    bet4/11
    Sana18.12.2023
    Hajmi27,11 Kb.
    #122799
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    kazuslar-oraliq-nazorat-uchun

    Vaziyatga huquqiy baho bering.
    8-Kazus
    2021 yilning yanvar oyida "UzMotors" MCHJ dilerlik firmasi hamda fuqaro T.O. o'rtasida avtotransport vositasi oldi-sotdi shartnomasi tuziladi. Shartnoma shartlariga ko'ra "UzMotors" MCHJ 2021 yilning sentyabr oyida sotib oluvchiga "Spark" rusumli avtotransport vositasini yetkazib berish majburiyatini, fuqaro T.O. esa buning uchun 90 mln so'm to'lash majburiyatini zimmasiga oladi.
    Shartnomani bajarish muddati kelib, "UzMotors" MCHJ yetkazib berish muddati yana 2 oyga uzaytirilganligi (2021 yilning dekabr oyiga) ma'lum qilganida, fuqaro T.O. yo'lovchi tashish faoliyati bilan shug'ullanish uchun litsenziya olganligi, shu boisdan sotuvchi majburiyatini bajarishni kechiktirsa, yo'lovchi tashish faoliyatidan olishi mumkin bo'lgan ikki oylik daromadini, shuningdek majburiyat bajarilishi kechiktirib yuborilgan har bir kun uchun tovar bahosining 0.5 % miqdorida, 64 kun uchun jami 28.800.000 miqdorida penya to'lashi kerakligini ma'lum qiladi. Bunga javoban "UzMotors" MCHJ shartnoma shartlariga ko'ra, avvalo, majburiyat bajarilmaganida u to'laydigan penya miqdori tovar bahosining 5%idan oshib ketmasligi nazarda tutilgani, ikkinchidan, tovarni yetkazib berish muddati bir necha bor, biroq umumiy 5 oydan ko'p bo'lmagan muddatga avtosalon tomonidan uzaytirilishi mumkinligini ta'kidlaydi.
    Vaziyatga huquqiy baho bering.
    9-Kazus
    "Orientbank" MCHJ hamda "Diestat" MCHJ o'rtasida kredit shartnomasi tuzildi. Unga ko'ra qazrdorga yillik 20% to'lash sharti bilan 500 mln so'm miqdorida kredit ajratildi hamda majburiyat bajarilishi ta'minlash maqsadida "Diestat" MCHJga qarashli ishlab chiqarish binosi garovga qo'yildi. Biroq qarzdor tomonidan kreditni qaytarish muddatiga bir necha bor rioya etilmaganligi bois bank undiruvni garovga qo'yilgan obyektga qaratish to'g'risida sudga da'vo arizasi murojaat qildi. Sudni qaroriga ko'ra undiruv qaratilgan garov obyekti kimoshdi savdosi orqali sotilayotgan vaqt "Diestat" MCHJ ta'sischilari o'z mablag'lari bilan bank oldidagi majburiyatni bajarib kimoshdi savdosini to'xtatishni so'radi.

    Download 27,11 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 27,11 Kb.