Veb-sahifa tushunchasi




Download 95.95 Kb.
bet1/2
Sana27.05.2023
Hajmi95.95 Kb.
#65535
  1   2
Bog'liq
WEb new dakument
бунед, Aliser navoi, демография 2 практ., O\'ZBEKISTON VILOYATLAR AHOLISI DEMOGRAFIYASI, Xaldarova Mavludaxon Xashimovna. Тайёр китоб, MOSLAMALARNI LOYIXALASH METODIKASINI O’RGANISH, G‘isht ishlab chiqarish texnologiyasi, Katta hajmli nanomateriallar olish usullari, Payvandlash usullari , FERMER XO\'JALIGI BUXGALTERIYA HISOBINI TASHKIL ETISH VA UNING XUSUSIYATLARI, Bozor iqtisodiyoti modellari, Biletlar, Ariza, Elektrokontakt usulda qoplamalar qoplash, texnologiyasi va asbob-uskunalari

Veb-sahifa tushunchasi
va shakli. Internet manzili (URL) bilan bir xil ma’noda belgilanuvchi mantiqiy birlik. U veb-saytning tarkibiy qismidir. Veb sahifa biror voqelik, xodisa yoki ob’ekt to‘g‘risida ma’lumotlarni o‘zida jamlagan ma’lumotlar faylidir. Veb serverlar bazasi veb saytlardan iborat bo‘lsa, veb saytlar esa o‘z navbatida sahifalardan iborat bo‘ladi. Fizik nuqtai nazardan u HTML turidagi fayldir. Veb sahifalar matn, tasvirlar, animatsiya va dastur kodlari va boshqa elementlardan iborat bo‘lishi mumkin. Sahifa statik va dinamik shakllantirilgan bo‘lishi mumkin. Freymlardan (qismlar) iborat sahifalarda har bir freymga alohida sahifa mos keladi.
Veb-sayt tushunchasi va shakli. Inglizcha “site” (tarjimasi joy, joylashish) so‘zining o‘zbekcha talaffuzi. Umumjaxon o‘rgimchak to‘ri ma’lum axborotni topish mumkin bo‘lgan va noyob URL manzillar bilan belgilangan virtual joy. Mazkur manzil veb-saytning bosh sahifasi manzilini ko‘rsatadi. O‘z navbatida, bosh sahifada veb-saytning boshqa sahifalari yoki boshqa saytlarga murojaatlari mavjud bo‘ladi. Veb-sayt sahifalari HTML, ASP, PHP, JSP, texnologiyalari yordamida yaratilib, matn, grafik, dastur kodi va boshqa ma’lumotlardan tashkil topgan bo‘lishi mumkin. Veb-saytni ochish uchun brouzer dasturidan foydalanib uning manzil maydoniga kerakli veb saytning manzili kiritiladi. Veb-sayt shaxsiy, tijorat, axborot va boshqa ko‘rinishlarda bo‘lishi mumkin.
Veb portal tushunchasi. Veb portal (inglizcha “portal” – darvoza so‘zidan olingan) - bu Internet foydalanuvchisiga turli interaktiv xizmatlarni (pochta, izlash, yangiliklar, forumlar va x.k) ko‘rsatuvchi yirik veb-sayt. Portallar gorizontal (ko‘p mavzularni qamrovchi) va vertikal (ma’lum mavzuga bag‘ishlangan, masalan avtomobil portali, yangiliklar portali), xalqaro va mintaqaviy (masalan uznet yoki runetga tegishli bo‘lgan), shuningdek ommaviy va korporativ bo‘lishi mumkin.
Veb saytlarning toifalari va vazifalari. Veb saytlarning asosiy vazifasi shundan iboratki, ular biror faoliyat, voqea va xodisa yoki biror shaxsning Internetdagi imidjini yaratadi. Internet tarmog‘ida mavjud bo‘lgan saytlarni bir necha xil toifalarga ajratish mumkin:

  • Ta’lim saytlari. Bu turdagi saytlarga ta’lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot muassasalari va masofaviy ta’lim saytlari kiradi, masalan: edu.uz, eduportal.uz

  • Reklama saytlari. Bu turdagi saytlarga asosan reklama agentliklari va reklamalarni joriy qilish saytlari kiradi.

  • Tijorat saytlari. Bu turdagi saytlarga internet do‘konlar, internet to‘lov tizimlari va internet konvertatsiya tizimlari saytlari kiradi, masalan: websum.uz, webmoney.ru, egold.com

  • Ko‘ngilochar saytlar. Bu turdagi saytlarga kompyuter o‘yinlariga, fotogalereyalarga, sayohat va turizmga, audio va kinonamoyishlarga bag‘ishlangan saytlarni kiritish mumkin, masalan: mp3.uz, melody.uz, cinema.uz

  • Ijtimoiy tarmoqlar saytlari. Bu turdagi saytlarga tanishish, do‘stlarni qidirish, anketalarni joylashtirish va o‘zaro muloqot o‘rnatishga bag‘ishlangan saytlarni kiritish mumkin, masalan: sinfdosh.uz, id.uz, muloqot.uz

  • Korxona va tashkilotlar saytlari. Bu turdagi saytlarga davlat korxonalari, xo‘jalik va boshqaruv organlari saytlari kiritiladi.

Internetga resurslarni joylashtirish va ko‘chirib olish. Axborotni serverga joylashtirish bir necha usullarda amalga oshiriladi. Masalan Plesk tizimi, FTP klient dasturlari yoki veb interfeys orqali resurslarni internetga joylashtirish mumkin. Bunda barcha yuklanayotgan ma’lumotlar server kompyuter xotirasidagi ajratilgan joyga joylashtiriladi. Biror ma’lumotni internetdagi biror kompyuterga joylashtirish uchun foydalanuvchi albatta shu tizimda qayd qilingan bo‘lishi shart, aks holda yuklashga ruxsat berilmaydi.
Ma’lumotlarni yuklab olish veb interfeys orqali yoki maxsus dasturlar orqali amalga oshiriladi. Bunda ko‘rilgan veb saytdagi ma’lumotlarni Internet brouzerning saqlash amali yordamida yuklab olish mumkin. Agar fayl ko‘rinishidagi ma’lumotlarni yuklab olish kerak bo‘lsa, u holda fayllarni yuklab olishga mo‘ljallangan maxsus dasturlardan foydalaniladi.
Internetda manzil tushunchasi va Internet resurslari manzili. Sahifa, fayl yoki boshqa resursning Internetda joylashishini aniqlovchi noyob manzil – URL deb ataladi. Internetdagi manzil odatda quyidagi elementlardan tarkib topadi: resursdan foydalanish protokoli (masalan, http://, ftp://) va domen nomi (masalan, domain.uz). Internetdagi manzil, shuningdek, URL-manzil deb ham ataladi.
Kompyuter domen manzilining namunaviy ko‘rinishi quyidagicha: http://www.tuit.uz, http://www.aci.uz. Odatda, hujjatlarda manzilni anglatuvchi ma’lumotlarning tagiga chiziladi.
Namunadan ko‘rinib turibdiki, kompyuter manzili bir necha qismlardan iborat. O‘ng tomondan manzilning birinchi qismi (namunada uz) domenning birinchi sathi deb qabul qilinadi, keyingisi (namunada tuit) – domenning ikkinchi sathi va hokazo. Internetda manzillar ko‘p qavatli domen tizimida qurilgan. Birinchi sath domenlar umumjahon mavzular yoki geografik joylar bo‘yicha nomlanadi.
Saytlar nomlari quyidagicha umumiy ko‘rinishda ifodalanadi:
http://www. sayt nomi. sayt soxasi. davlat kodi.
O‘zbekiston Respublikasi hukumat portali. O‘zR Vazirlar Mahkamasining “Internet tarmog‘ida O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portalini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2007 yil 17 dekabrdagi 259-son qaroriga asosan Hukumat portali Internet tarmog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining fotoiy davlat axborot resursi hisoblanadi. Bu bilan Hukumat portalida chop etilgan axborot, ommaviy axborot vositalarida chop etilgan axborot iblan teng kuchga ega ekanligi belgilab berilgan.
Asosiy maqsadlari:

  • respublika aholisi hamda xalqaro jamoatchilikning O‘zbekiston Respublikasi Hukumati faoliyati to‘g‘risida, respublikaning ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy hayotida amalga oshirilayotgan islohotlardan xabardorligini ta’minlash;

  • tashkilotlarning yuridik va jismoniy shaxslar bilan o‘zaro hamkorligi samaradorligini oshirishga ko‘maklashish;

  • axborotlarni ayirboshlash va tarqatish tezligi darajasi, tashkilotlarning xabardorligi darajasi o‘sishi hisobiga tashkilotlar faoliyatining sifati va samaradorligini oshirishga ko‘maklashish;

  • axborotlarni idoralararo elektron ayirboshlashni birxillashtirish.

O‘tgan vaqt mobaynida Portal yangi ma’lumotlar bilan to‘ldirilib kengaytirib borildi. Portalning funksional imkoniyatlarni mukammallashtirish, foydalanuvchilar qulayligi uchun do‘stona interfeys yaratish hamda davlat hokimiyati va boshqaruv organlari faoliyati to‘g‘risida dolzarb va tezkor ma’lumotlarni joylashtirish bo‘yicha ishlar olib borildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 20 yanvardagi “Ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani yanada rivojlantirish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PQ – 1041 – sonli qaroriga asosan “Qo‘shimcha modullar (G to V va G to S) kiritilgan yangi platformadagi yangi Hukumat portalini ishga tushirish” loyihasini amalga oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Hukumat portalining yangi versiyasi ishlab chiqildi va 2009 yil 1 oktyabrdagi Internet tarmog‘ida asosiy domen www.gov.uz manzili bo‘yicha joylashtirildi.
Ziyonet ta’lim tarmog‘i va undan foydalanish.
ZiyoNET jamoat axborot ta’lim tarmog‘i 2005 yil 28 sentyabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning “O‘zbekiston Respublikasining jamoat ta’lim axborot tarmog‘ini tashkil etish to‘g‘risida”gi 2005 yil 28 sentyabrdagi qaroriga muvofiq tashkil topgan.
ZiyoNET tarmog‘ining asosiy maqsadi ta’lim tizimida respublika yoshlari hamda ta’lim oluvchilarni bilim olish jarayonida axborot-kommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatishdan iborat.

Download 95.95 Kb.
  1   2




Download 95.95 Kb.