Xonaga ajralib chiqayotgan namlik miqdorini aniqlash




Download 28,88 Mb.
bet18/69
Sana21.02.2024
Hajmi28,88 Mb.
#159966
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   69
Bog'liq
Вентиляция lotin

Xonaga ajralib chiqayotgan namlik miqdorini aniqlash
Xonaga ajraladigan namlik miqdorlarini qo‘yidagilar tashkil qiladi:
Wi=Wodam +Wk.suv. +Wmat +Wadr. +. . . . g/soat (4.33)
bu erda: Wodamodamlardan; Wk.suv.-qaynayotdan suvning ochiq sathidan; Wmat-namlandan material va ashyolardan; Wadr-ishlab chiqarish agregat va quvurlar teshiklaridan;
Odamlardan ajraladigan namlik miqdori qo‘yidagi ifodadan aniqlanadi
Wodam=w n, g/soat (4.34)
bu erda: w-bitta odamdan ajraladigan namlik, g/soat adabiyotlardan aniqlanadi; n-odamlar soni.

4.12-jadval. Bir nafar odamdan ajraladigan namlik miqdori, g/soat



Parametrlar

Xona havosining haroratiga, 0S, mos parametrlarining soni

15

20

25

30

35

Tinch holat

Namlik

40

40

50

75

115

Engil ish

Namlik

55

75

115

150

200

O‘rta og‘ir ishi

Namlik

110

140

185

230

280

Og‘ir ish

Namlik

185

240

295

355

415

Misol: 4.2. 4.1-misolda keltirilgan shartlar asosida odamlardan ajralib chiqayotgan namlik miqdorini aniqlash kerak.
Echim: tx=200 c w=40g/soat; tx=250 c w=50g/soat; tx=230 c w=46g/soat,
bunda 600 nafar odamdan ajralgan namlik miqdori w=46·600=27600 g/soat ga teng bo‘ladi.
Qaynamayotgan suvning ochiq sathidan ajraladigan namlikning miqdori keltirayotgan issiqlik oqimiga bog‘liq bo‘lib, texnologlar beradigan ma’lumotlar asosida olinadi.
Ko‘pincha namlangan materiallar va ashyolardan ajraladigan namlik miqdori ham texnologlar beradigan ma’lumotlar asosida olinadi. Masalan: polni yuzasidan adiabatik jarayon sharoitida bug‘lanish natijasida ajraladigan namlik miqdori quyidagi ifodadan aniqlanadi.
Wmat=6 F (tk -tn) 10 -3 , kg/soat (4.35)
bu erda: F-bug‘lanish sathi, m2; tk-tn -quruq va nam termometr ko‘rsatgan xonadagi havoning harorati, S.
Xonaga ajraladigan gazlar
Xonaga ajraladigan gazlar miqdorini quyidagilar tashkil qiladi
, g/soat (4.36)
bu erda: Go-odamlardan ajraladigan SO2; Gan-apparat va quvurlarning teshiklaridan; Gavm-suyuq yonilg‘i dvigatelli avtomobil ishlashda. Odamlardan ajraladigan SO2 miqdori quyidagi ifodadan aniqlanadi.
Go=g  n, g/soat (4.37)
g-bitta odamdan ajralanadigan SO2 miqdori, g/soat.
Bitta odamdan ajraladigan SO2 miqdori bajariladigan ishning og‘irligiga bog‘liq.
Tinch holat uchun - 23 l/soat; Engil ish uchun - 25 l/soat;
O‘rta og‘irlikdagi ish uchun -35 l/soat; Og‘ir ish uchun - 45 l/soat.
4.5 Misol. 4.1 misolda keltirilgan shartlarga asosan odamlardan ajralib chiqayotgan SO2 miqdorini aniqlash kerak.
Echim: G=23*600=13800 l/soat.
Apparat va quvurlarning teshiklaridan chiqadigan gazlar va bug‘lar miqdori quyidagi ifodadan aniqlanadi
, kg/soat (4.38)
bu erda: k-zaxira koeffitsienti; s-koeffitsient-apparatdagi bosimga bog‘liq; V-apparatni ichki hajmi, m3; M-apparatdagi gazlarni molekulyar massasi, g/mol T-apparatdagi gazlarning absolyut harorati, K.
Suyuq yonilg‘i dvigatelli avtomobil ishlashida ajraladigan gazlar miqdori quyidagi ifodalardan aniqlanadi:
karbyurator dvigatellarga
, kg/soat (4.39)

dizel dvigatellarga
, kg/soat (4.40)
bu erda: 15-1 kg yonilg‘idan paydo bo‘ladigan gazlar, kg; V-dvigatel silindrini ichki ishchi hajmi, l; R-ishlab bo‘lgan gazlardagi zararli massa miqdori, %; -dvigatelli ishlash vaqti, min.



Download 28,88 Mb.
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   69




Download 28,88 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Xonaga ajralib chiqayotgan namlik miqdorini aniqlash

Download 28,88 Mb.