– bob. Xonadagi havo va zararli moddalar muvozanat tenglamasi




Download 28,88 Mb.
bet14/69
Sana21.02.2024
Hajmi28,88 Mb.
#159966
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   69
Bog'liq
Вентиляция lotin

4 – bob. Xonadagi havo va zararli moddalar muvozanat tenglamasi
4.1 Asosiy holatlar
Ishlab chiqarish jarayoni odatda havoga gazlar, zararli moddalar bug‘lari, changlar, ortiqcha suv bug‘lari, issiqlik chiqarish bilan ro‘y beradi. Xonada ko‘pincha odamlar ham havoga issiqlik, namlik, SO2 va boshqa gazlar ajratadilar. Uning natajisida xonadagi havoning kimyoviy tarkibi va fizik holati o‘zgaradi, bu esa odam o‘zini yaxshi xis etishiga, uning sog‘ligiga ta’sir etadi va ishlash sharoitini yomonlashtiradi.
Jamoat binolarni ko‘p xonalarida asosiy zararli chiqindi sifatida ortiqcha issiqlik va namlik bo‘ladi.
Sanoat binolarda ulardan tashqari xonaga gazlar, zararli moddalar bug‘lari, changlar, ortiqcha suv bug‘lari ro‘y beradi.
Ventilyasiyani hisoblanganda xonaga kirayotgan, ajralayotgan zararliklarni miqdorlarini aniqlash kerak.
Xonada ajraladigan zararliklar miqdorini aniqlash uchun teoretik va eksperimental tenglamalardan foydalaniladi.
Yil davomida xonalarda issiqlik ajralishi va yo‘qolishi ro‘y beradi. Xonalarga konveksiya va nurlanish yo‘li bilan issiqlik kiradi, bu issiqlik xonani havosini harakatini ko‘taradi va oshkora issiqlik deb ataladi.
Agarda xonaga issiqlik bug‘ holatida ajralsa va havoni entalpiyasini ko‘paytiradi. Bu issiqlik yashirin issiqlik deb ataladi. Oshkora va yashirin issiqliklarni yig‘indisi to‘liq issiqlik deb ataladi.
Ventilyasiya tizimini hisoblashda issiqlikni yo‘qolish yig‘indisini aniqlash isitish tizimini hisoblashga ko‘ra qiyinroqdir, sababi sanoat binolarida texnologik jarayon kechkanda ayrim issiqlik turlari faqat ish vaqtida (masalan: tashqarida materiallarni, tashqaridan kirgan sovuq transportlar, havo o‘zini haroratini xonadagi havo haroratiga teng bo‘lganda) yo‘qoladi.
Xonaga kirgan va yo‘qolgan issiqliklarni yig‘indisini farqi ortiqcha issiqlik deb ataladi.
Xonalarga issiqlikdan tashqari namlik suv bug‘lari orqali, turar – joy va jamoat binolarda namlik odamlardan, ovqat pishirish jarayonida, uskunalarni tirqishlaridan, sanoat binolarida suv sathidan, namlangan pol yuzasidan va hakozolardan ajraladi.
Namlanish darajasiga ko‘ra xonalar to‘rt kategoriyaga bo‘linadi: yuqori darajadagi namlikka ega binolar (hammomlar, kir yuvish korxonalar, charmga ishlov beruvchi zavodlar, bo‘yash xonalari va hakozo); namligi o‘rtacha bo‘lgan xonalar (trikotaj va to‘qimachilik fabrikalarini ishlab chiqarish sexlari va hakozolar); normal va quruq namlik daraja bo‘lganda (metalga ishlov berish, metalni quyib ishlab chiqarish korxonalari va hakozo).
Ortiqcha issiqlik va namlik kishi faoliyati uchun nisbatan zararli hisoblanadi, shuning uchun xonalardan chiqarib yuboriladigan havoni qayta ishlatish mumkin (retsirkulyasiya).
Zararli gazlar, bug‘lar, changlar miqdori va turlari har xil bo‘ladi.



Download 28,88 Mb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   69




Download 28,88 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



– bob. Xonadagi havo va zararli moddalar muvozanat tenglamasi

Download 28,88 Mb.