|
-rasm. Har xil holatidagi ikki massa havoning aralashish rejimi tasvirlangan I-d-diagrammasi
Misol: G1=
|
bet | 13/69 | Sana | 21.02.2024 | Hajmi | 28,88 Mb. | | #159966 |
Bog'liq Вентиляция lotin3.7-rasm. Har xil holatidagi ikki massa havoning aralashish rejimi tasvirlangan I-d-diagrammasi
Misol: G1= 1000 kg; G2= 3000 kg; d1= 10g/kg; d2= 5 g/kg. 1 va 2 nuqtalar orasidagi masofa 140 mm ga teng. Aralashma nuqtasi 3 topilsin.
Echim: Aralashma nuqtasi 3 1-2 to‘g‘ri chiziq ustida yotadi (3.7-rasm), bo‘lakchalar nisbati quyidagiga teng bo‘ladi 1-3/2-3=3000/1000 = 3.
Nuqtalar orasidagi uzunlikni 4ta qismga bo‘lamiz. Uchinchi nuqta 2- nuqtadan 140:4=35 mm masofada bo‘ladi, ya’ni bir qism uzunligida.
Nazorat savollari
Nam havoning termodinamikasi?
Nam havoning asosiy parametrlariga qanday kattaliklar kiradi?
Havoning tarkibiy namligi, namlik sig‘imi, nisbiy namligi, zichligi, issiqlik sig‘imi deb nimalarga aytiladi?
Nam havoning I-d diagrammasi kim tomonidan taklif etilgan va qanday tuzilishga egadir?
I-d diagrammasida havoning nechta parametrlari o‘zaro bog‘langan bo‘ladi va qanday topiladi?
SHudring nuqtasi deb nimaga aytiladi?
I-d diagrammasida havoning nam termometr harorati qanday topiladi?
I-d diagrammasida havoning ventilyasiya tizimlari apparatlaridagi havo holatining o‘zgarish jarayonlari qanday ko‘rinishga ega?
Havoning isitish va sovitish jarayonlarini I-d diagrammasida tasvirlab bering.
Havoni adiabatik (izoentalpiyali) namlanish jarayonini I-d diagrammasi tasvirlab bering.
Havoni izotermik namlanish jarayonini I-d diagrammasida tasvirlab bering.
Havoni issiqlik va namlik almashishdagi politropik jarayonini I-d diagrammasida tasvirlab bering.
Havoni aralashish jarayonini I-d diagrammasida tasvirlab bering.
|
| |