• Adiabatik namlanish jarayoni.
  • Ventilyasiya va havoni konditsiyalash tizimlari




    Download 28,88 Mb.
    bet10/69
    Sana21.02.2024
    Hajmi28,88 Mb.
    #159966
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   69
    Bog'liq
    Вентиляция lotin

    3.4-rasm. Isitish va sovitish jarayonlari ko‘rsatilgan I-d – diagrammasi
    Havoga qanchalik ko‘p issiqlik berilsa, u shunchalik ko‘p qiziydi va d1=const chizig‘i bo‘yicha isitilgan havoning holatiga mos bo‘lgan nuqtasi yuqoriroq joylashadi. 3.4-rasmda u 2-nuqtaga mosdir, bunda har 1 kg havoning quruq qismiga I1 kJ issiqlik berilgan bo‘ladi.
    Sovuq quruq sirt bilan konvektiv issiqlik almashinish natijasida havo sovish jarayonida faqat oshkora issiqlikni beradi. I-d-diagrammasida bu jarayon d=const chizig‘i bo‘yicha yuqoridan pastga bo‘lgan yo‘nalishga mosdir; masalan, 1-holatdan 3-holatgacha havo soviganda (3.4-rasm. qarang) 1kg. havoning quruq qismidan I2 kJ issiqlik olingan bo‘ladi.
    Faqat oshkora issiqlikni berish bilan oqib o‘tadigan havoning sovitish jarayoni, 4-nuqtagacha (3.4-rasm. qarang), ya’ni d1= const nurning = 100 chizig‘i bilan kesishguncha sodir bo‘lishi mumkin. Bu nuqta havoning shudring nuqtasiga mosdir. Sovitish davom etilsa, havodagi suvning bug‘lari kondensatsiyalanadi va havoning issiqlik namlik holatining o‘zgarishi = 100 chizig‘i bo‘yicha pastga chap tomonga yo‘nalgan bo‘ladi, masalan 5-nuqtagacha = 100 chizig‘i bo‘yicha sovitish faqatgina oshkora issiqlikni berish bilan bog‘liqdir, shuning uchun bu jarayon murakkabroq bo‘lgan issiqlik va namlik almashish jarayoniga kiradi.
    Adiabatik namlanish jarayoni. Suvning yupqa qatlami yoki tomchisi havo bilan kontaktda bo‘lganda nam termometr haroratni qabul qiladi. Bunday haroratga ega bo‘lgan suv bilan havo kontaktga bo‘lganda, havoni adiabatik (izoentalpiyali) namlanish jarayoni sodir bo‘ladi. I-d-diagrammada bunday jarayon I=const chizig‘i bo‘yicha yo‘nalgan bo‘ladi (chapdan pastga o‘ng tomonga). Agar 1 holatidagi havo (3.6-rasm) nam termometr harorati tn1 ga teng bo‘lgan suv bilan kontaktda bo‘lsa, unda uning holati I1=const chizig‘i bo‘yicha o‘zgaradi, masalan, 2-nuqtagacha, bunda 1kg havoning quruq qismida d1 g. namlik assimilyasiyalanadi (aralashib ketadi). Mazkur jarayonda havoning oxirgi namlik bilan to‘yingan holati 3-nuqtada jarayon nuri va = 100 egri chizig‘ining kesishgan joyidir.
    Konditsiyalashda ko‘pincha havoni retsirkulyasiyali suv bilan adiabatik namlashdan foydalaniladi. Buning uchun purkash kamerasida suv yana nasos yordamida olinadi. Suv havo bilan uzluksiz kontaktda bo‘lgach, nam termometr haroratiga yaqin haroratga ega bo‘ladi va kichik miqdorda (1-3% gacha) bug‘lanib, kameradan o‘tayotgan havoni namlaydi. Haqiqiy jarayon I=const chizig‘idan, nam havodagi suv bug‘i ulushining issiqlik sig‘imi ortishi natijasida biroz yuqoriga siljiydi, lekin bu siljish amalda yo‘q darajada kamdir.


    Download 28,88 Mb.
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   69




    Download 28,88 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ventilyasiya va havoni konditsiyalash tizimlari

    Download 28,88 Mb.