|
Ventilyasiya va havoni konditsiyalash tizimlari
|
bet | 9/69 | Sana | 21.02.2024 | Hajmi | 28,88 Mb. | | #159966 |
Bog'liq Вентиляция lotin3.3. I-d diagrammada issiqlik massa almashinuv jarayonlarni tasvirlash.
Havoni konditsiyalashda uning issiqlik, namlik holati o‘zgaradi. Bu o‘zgarishlarni hisoblash va ko‘rsatish uchun I-d – diagrammasidan foydalanish juda qulaydir.
I-d – diagrammasida, havoning boshlang‘ich holatiga mos bo‘lgan 1-nuqtani va uning o‘zgargan holatiga mos bo‘lgan 2-nuqtani ko‘rsataylik (3.3-rasm).
Bu ikkita nuqtani birlashtiruvchi to‘g‘ri chiziq, havoning issiqlik, namlik holatining o‘zgarishni tavsiflaydi va jarayon nuri deb ataladi.
I-d – diagrammasida jarayon nurining holati burchak koeffitsienti bilan aniqlanadi. Agar, nam havo o‘zining holatini boshlang‘ich I1 va d1 oxirgi I1 va d1 qiymatigacha o‘zgartirgan bo‘lsa, unda quyidagi nisbatni yozish mumkin
(3.15)
- koeffitsienti kj/kg birlikka o‘lchanadi.
Bu parametr yana issiqlik, namlik nisbati deyiladi, chunki u havo 1 kg namlik olinganda (yoki berilganda) issiqlik miqdori qanchaga o‘zgarganini ko‘rsatadi. Agar havoning boshlang‘ich parametrlari har xil bo‘lib, qiymatlari bir xil bo‘lsa, unda havo holatining o‘zgarishini ifodalovchi chiziqlar o‘zaro parallel bo‘ladi.
3.3-rasm. I-d-diagrammasida havoning holatini o‘zgarishi jarayonlarini aniqlash
1 – havoning boshlang‘ich holati; 2 – havoning oxirgi holati; 1-2 – havoning holati o‘zgarish jarayoni
(3.15) ifodaning surati va maxrajini jarayonda ishtirok etayotgan havoning sarfi G ga, kg/soat, ko‘paytirib, quyidagini topish mumkin:
(3.16)
bu erda QT – havoning holati o‘zgarishi jarayonida almashinilgan to‘liq issiqlik oqimi, kJ/soat; Wort – havoning holati o‘zgarishi jarayonida almashinilgan namlik sarfi, kg/soat.
Jarayon chiziqlari I-d – diagrammaga bir nechta usul orqali chizib tushuriladi: hisoblar asosida bevosita chizib tushurish; I-d – diagrammasidagi burchakli masshtabdan foydalanib tushirish; burchakli masshtab transportidan foydalanib tushirish.
Havoni qizdirish va sovutish jarayonlari.
Isitish eng oddiy jarayon bo‘lib, unda quruq issiq sirtdan havoga konvektiv issiqlik almashinish orqali oshkora issiqlik beriladi. Bu jarayonda havoning tarkibiy namligi o‘zgarmaydi, shuning uchun I-d-diagrammasida isitish jarayoni d=const chizig‘i bo‘yicha pastdan yuqoriga yo‘nalgan bo‘ladi.
Agar havoni 1 nuqtadagi (t1, 1, 3.4-rasm) parametrlari bilan kaloriferda qizdirsak, unda bu jarayon 1 nuqtadan d1=const chizig‘i bo‘yicha tik yuqoriga yo‘nalgan to‘g‘ri chiziq bilan ifodalanadi.
|
| |