|
Ventilyasiya va havoni konditsiyalash tizimlari
|
bet | 8/69 | Sana | 21.02.2024 | Hajmi | 28,88 Mb. | | #159966 |
Bog'liq Вентиляция lotin3.2. Nam havoning I-d diagrammasi.
Bu diagramma havoning hamma parametrlarini bir – biri bilan bog‘laydi. Diagrammani 1918 yilda prof. L.K. Ramzin taklif etgan.
Qiya burchak koordinat tizimida quriladi, abssissa va ordinata o‘qlari orasidagi burchak 135ga teng (3.1-rasm).
Abssissa o‘qi bo‘ylab havoning tarkibiy namligi miqdori d qo‘yiladi, ordinata o‘qiga esa uning entalpiyasi I. Bundan tashqari diagrammada bir xil haroratlar t (izotermalar), nisbiy namlik , zichlik , suv bug‘larining parsial bosimi Rs.b. chiziqlari o‘tkazilgan.
Diagramma konkret atmosfera bosimi uchun quriladi. Qurish paytida nam havoning termodinamik tenglamalaridan foydalaniladi.
Masalan: Izotermalar t= const qurish paytida entalpiya uchun bo‘lgan
I = 1,005t + (2500 + 1,8t) d/1000 tenglamadan foydalanamiz.
t=const bo‘lganda
I = a + vd ,
bu erda a va v – o‘zgarmas sonlar. Bu to‘g‘ri chiziq tenglamasi, demak izotermalar ham to‘g‘ri chiziqli bo‘ladi. Har bir chiziqni ko‘rish uchun 2 – ta nuqtani bilish etarli.
t= 0S chiziqni ko‘ramiz.
Birinchi nuqtamiz koordinata boshida bo‘ladi, ya’ni:
t = 0C da d= 0 g/kg, I= 0 kJ/kg
t = 0C da d= 4 g/kg, I= 1,005 · 0+(2500+1,8 · 0) 4/1000 =10 kJ/kg
3.1-rasm. Nam havoning I-d- diagrammasi
Ikkinchi nuqtamiz d= 4; I= 10. Ikkita nuqtalarni birlashtirsak t = 0S ga chizig‘ini topamiz. SHu usulda t=1Sga teng va boshqa izotermalar quriladi.
Qolgan parametrlarning izochiziqlarini (o‘zgarmas parametr chiziqlari) ularning termodinamik tenglamalaridan foydalanib chiziladi. φ=100% chizig‘i tuyilgan havo parametrlari ko‘rsatadi.
I-d-diagrammasida ko‘rsatilgan nuqta havoning holatini ko‘rsatadi. Agarda 5 ta parametrlardan: I, d, t, , ikkitasi ma’lum bo‘lsa, u holda I-d diagrammasi yordamida qolgan hamma parametrlarni topish mumkin.
Diagramma havo holatining faqat parametrlarini aniqlashda emas, balki uning holatini istalgan ketma – ketlikka va har xil jarayonlarda: qizdirilganda, sovitilganda, namlanganda, quritilganda, aralashtirilganda, o‘zgarishini qurish uchun juda qulaydir.
Havoning asosiy parametrlaridan tashqari, I-d-diagramma yordamida yana ikkita parametrni topish mumkin. Bu parametrlar ventilyasiya va havoni konditsiyalashning hisoblarida keng ishlatiladi: tsh-shudring nuqtasining harorati va tn - nam termometr harorati (3.2-rasm).
`
3.2-rasm. I-d diagrammasida tn nam termometr va tsh shudring nuqtasi haroratlarini aniqlash
SHudring nuqtasi deb o‘zgarmas tarkibiy namlik miqdorida, havoning to‘la to‘yingan holatini aniqlaydigan nuqtaga aytiladi. SHudring nuqtasi shudring harorati bilan aniqlanadi – tsh.
Nam termometr harorati – bu haroratni nam havo adiabatik namlanish jarayonini oxirida qabul qiladi.
Namlangan batist materiali bilan o‘ralgan termometr yordamida o‘lchanadi.
tn=const chiziqlarining qiyaligi ε=tn. Taqriban nam termometrlarning haroratini I=const va =100% chiziqlardan foydalanib topish mumkin.
Misol: t = 30C, tn = 20C, qolgan parametrlar topilsin (R=5,3 kPa; I=59,4 kJ/kg; d=11,35 g/kg k.x; =40%; Rp=1,75 kPA, =1,09 kg/m3; tsh=15,2S).
|
| |