|
Ventilyasiya va havoni konditsiyalash tizimlari
|
bet | 4/69 | Sana | 21.02.2024 | Hajmi | 28,88 Mb. | | #159966 |
Bog'liq Вентиляция lotin
Umumiy havo almashinuvli ventilyasiya butun havo bo‘yicha bir xil havo muhitini ta’minlashga xizmat qiladi. Bunday ventilyasiya oqib kelish, so‘rib chiqarish yoki bir vaqtda oqib kelish va so‘rib chiqarish ventilyasiyasini o‘z ichiga olishi mumkin (2.1. - 2.2. Rasm).
Mahalliy so‘rib chiqarish ventilyasiya tizimlarida zararli moddalar bug‘lari va gazlar to‘g‘ridan – to‘g‘ri paydo bo‘lgan joylaridan tashqariga chiqarib yuboriladi. (2.2b, v – rasm). Mahalliy oqib kelish ventilyasiyasi faqat ma’lum joylarga toza havo berish kerak bo‘lgan joylarga beriladi bunday ventilyasiyani misoli havo dushlaridir, ya’ni havoning erkin oqimlarini ish joyig‘a yuborish (2.2b – rasm).
Aralash ventilyasiya tizimlari asosan sanoat ishlab chiqarish xonalarida ishlatiladi, ular mahalliy va umumiy havo almashinuvli tizimlarni o‘z ichiga oladilar.
Avariyali ventilyasiya tizimlari faqat to‘satdan ko‘p miqdorda zararli moddalar bug‘lari va gazlar ajrab chiqish mumkin bo‘lgan xonalarda ishlatiladi. Bu uskunalar tezda zararli moddalar bug‘larini va gazlarni chiqarib yuborish kerak bo‘lgan paytda ishga tushuriladi.
Tutunga qarshi ventilyasiya yong‘inni boshlang‘ich bosqichida odamlarni xonalardan evakuatsiya qilishini ta’minlash uchun ishlatiladi.
Ventilyasiya tizimlarining samaradorligi ishlashi xonalarga havoni to‘g‘ri uzatish va ulardan so‘rib chiqarish sxemalarga bog‘liqdir. Havo parametrlarini xona hajmida taqsimlanishi birinchi navbatda havo taqsimlovchi uskunalarining konstruktiv echimlari bilan aniqlanadi. So‘rib chiqaruvchi uskunalarining xonadagi havoning haroratiga va tezligiga ko‘rsatadigan ta’siri odatda deyarli bo‘lmaydi, ammo ventilyasiya tizimining umumiy samaradorligi xonadan havoni to‘g‘ri so‘rib chiqarishni tashkil etishga bog‘liqdir.
|
| |