• Oqib keluvchi
  • Oqib keluvchi va so‘rib chiqaruvchi
  • Binolar uchun ventilyasiya tizimi tanlashning asosiy omillari




    Download 28,88 Mb.
    bet5/69
    Sana21.02.2024
    Hajmi28,88 Mb.
    #159966
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   69
    Bog'liq
    Вентиляция lotin

    2.2. Binolar uchun ventilyasiya tizimi tanlashning asosiy omillari.
    Ventilyasiyani tashkil qilishning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
    1. Mahalliy so‘rib chiqarish ventilyasiyasi zararli moddalarni chiqayotgan joyida lokalizatsiya qilib, xonaga tarqalishni oldini olish kerak;
    2. Oqib keluvchi havoni odamlar nafas oladigan zonalariga ( xizmat etish zonalari) tarqatish, bunda havo toza bo‘lib, uning harorati va harakat tezligi sanitar talablarga javob berishi kerak.
    3. Umum almashuv ventilyasiyasi zararli moddalarning konsentratsiyasini pasaytirib, xizmat zonalarida havoni haroratini, nisbiy namligini, tezligini, ruxsat etilgan qiymatlarini ta’minlash kerak;
    4. Oqib keluvchi va so‘rib chiqaruvchi havolarning hajmlari zararli moddalar ajralib chiquvchi xonalardan boshqa xonalrga havoni oqib o‘tishiga to‘siq bo‘lishi uchun etarli bo‘lishi lozim.
    Havo taqsimlagichlarni tanlash va ularni joylashtirish xonaning turiga, o‘lchamlariga, ajralib chiqayotgan zararli moddalarning turiga, xonada joylashgan jihoz uskunalariga va ish joylarni joylanishiga bog‘liqdir.
    Havoni taqsimlash va so‘rib chiqarish masalasi konkret shart – sharoitlarga ko‘ra echiladi. Bu echimni tanlash vaqtida quyidagi umumiy tavsiyalarga asoslanish mumkin:
    a) oqib keluvchi toza havoning troektoriyasi havoning ifloslangan uchastkalari bilan kesilishi mumkin emas, ishchi zonaga toza havo berilishi lozim;
    b) xonalarda ortiqcha oshkora issiqlik miqdori ko‘p bo‘lganda, qish vaqtida uzatiladigan havoning haroratini minimal ruxsat etilgan qiymatini olish lozim, chunki ortiqcha issiqlik ta’sirida havo qizdirilanadi;
    v) yoz paytida oqib keluvchi havoni xonaning ishchi zonasiga yuborgan ma’qul;
    g) havo tarqatishda ish joylaridagi havoni haroratini va tezligini tekshirish lozim; bunda havo oqimlarini bir – biriga ko‘rsatadigan ta’sirini devorlar va texnologik uskunalar tomonidan siqilganligini, qayta oqimlarni paydo bo‘lishini hisobga olish kerak;
    d) xonada issiqlik etishmagan hollarda va ventilyasiya isitish vazifasini bajarganda oqib keluvchi issiq havoni ishchi zonasiga yuborish lozim.



    Download 28,88 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   69




    Download 28,88 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Binolar uchun ventilyasiya tizimi tanlashning asosiy omillari

    Download 28,88 Mb.