|
Odam organizmiga ta’siri bo‘yicha ular to‘rtta guruhga bo‘linadi
|
bet | 3/69 | Sana | 21.02.2024 | Hajmi | 28,88 Mb. | | #159966 |
Bog'liq Вентиляция lotinOdam organizmiga ta’siri bo‘yicha ular to‘rtta guruhga bo‘linadi:
Bo‘g‘uvchi gazlar (uglerod oksidi, sinil kislotasi)
Noxush gazlar (xlor, oltin gugurt gazi va h.k.)
Giyoxvandlik (benzin, benzol, nitrobenzol)
Zaharlovchi (fosfor, simob va h.k.)
Kimyoviy ta’siri bo‘yicha gaz va zararli moddalar bug‘lari ikki turga bo‘linadi:
Odam organizmiga kimyoviy ta’sir ko‘rsatadigan moddalar
Kimyoviy ta’sir ko‘rsatmaydigan moddalar
Moddalarning zaharlilik darajasi (toksichnost) ularning kimyoviy strukturasiga, fizik xususiyatlariga va agregat holatiga bog‘liqdir.
CHanglar ikki turga bo‘linadn:
Zaharli (ko‘rg‘oshin, simob va boshqalar)
Zaharli bo‘lmagan (qum, asbest va boshqalar)
Zaharli bo‘lmagan changlar odam organizmiga uzoq vaqt ta’sir ko‘rsatsa u har xil o‘pka kasalliklarga olib keladi (silikoz, asbestioz va boshqalar).
Organiq va organiq bo‘lmagan, yonadigan moddalarni maydalash jarayonida hosil bo‘lgan changlar ko‘pincha portlashga xavfli bo‘ladi. Buning sababi chang holatida bu moddalarning yoqilg‘i yuzasi keskin ortib ketadi va yonish tezligi ko‘payib portlashga olib keladi. Bunday changlarga un, ko‘mir, tamaki, shakar changlari kiradi.
Portlashga xavfli darajasi changlarning o‘lchamlariga bog‘liq bo‘ladi. Masalan: 75mkm o‘lchamli ko‘mir changini zarrachalari juda ham portlashga xavfligir. SHu changni o‘zi zarrachalari 10 mkm bo‘lganda portlash xavfi pasayadi, nega deganda oksidlanish tezligi ortib jarayoni to‘xtaydi.
1.3. Ventilyasiya tizimini loyihalashda ichki va tashqi havolarni hisobiy parametrlarini tanlash.
Havoning hisobiy ichki parametrlari binoning turiga, yil fasliga va ishlash jarayoniga qarab me’yorlanadi. Ular havoni harorati, nisbiy namligi va harakat tezligidir. Qurilish me’yorlari va qoidalarida va sanitar me’yorlarida keltirilgan.
Ichki shart – sharoitlar me’yorlari 3 xil bo‘ladi:
1. Optimal
CHegaraviy
Ruxsat etilgan
Talab etilgan parametrlar xonadagi ish zonasida poldan 2 metr balandlikka yaratilib berilishi shart.
Ichki havoni parametrlari deb, harorat t, °S, nisbiy namlik , %, tezlik v, m/s larni tushuniladi. Ularni qiymati binoni turi, ish kategoriyasi, yil davriga qarab KMK 2.04.05-97*, SHNK 2.08.02 – 09* ilovalaridan tanlanadi. Ventilyasiya tizimlarini loyihalashda ichki havoni hisobiy parametrlari deb ruxsat etilgan parametrlarini qabul qilinadi.
Masalan:
Turar joy va ma’mo‘riy – maishiy xonalarning xizmat zonasida, havoning harorat, nisbiy namligi va harakat tezligining ruxsat etgan me’yorlari
Yil davri
|
Havoning harorati, °S
|
Havoning nisbiy namligi,% ko‘pi bilan
|
Havo harakat tezligi, m/s, ko‘pi bilan
|
issiq
|
Tashqi havoning hisobiy haroratidan ko‘pi bilan 3 °Sga yuqori (A parametr) va 33 °S dan ko‘p bo‘lmagan
|
65
|
0,5
|
Sovuq va o‘tish sharoitlari
|
18 – 24
|
65
|
0,2
|
Sanoat binolarni xonalarning xizmat zonasida havoning harorati, nisbiy namligi va harakat tezligining ruxsat etilgan me’yorlari.
Yil fasli
|
Ish kategoriyasi
|
Optimal me’yorlari
|
CHegaraviy me’yorlari issiqlik komfort bo‘yicha
|
Ruxsat etilgan
|
Harorat, oS
|
Nisbiy namli, % ko‘pi bilan
|
Harakat tezligi, m/s ko‘pi bilan
|
Harorat, oS
|
Nisbiy namli, % ko‘pi bilan
|
Harakat tezligi, m/s ko‘pi bilan
|
Harorat, oS
|
Nisbiy namligi, % ko‘pi bilan
|
Harakat tezligi, m/s ko‘pi bilan
|
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
6
|
7
|
8
|
9
|
10
|
11
|
Issiq
|
Engil
|
|
60-40
|
|
|
|
|
|
|
|
Ia
|
25-27
|
0,1
|
28/24
|
55 – 28 oS da
|
0,2
|
33 ko‘pi bilan
|
75
|
0,5
|
Ib
|
24-26
|
0,2
|
28/23
|
60 – 27oS da
|
0,3
|
|
|
O‘rtacha og‘irlik
|
|
|
|
|
|
|
|
II a
|
23-25
|
0,3
|
27/22
|
65 – 26 oS da
|
0,4
|
30/22
|
0,4,02
|
II b
|
22-24
|
0,3
|
26/21
|
70 – 25
oS da
|
0,5
|
29/21
|
0,5-0,2
|
Sovuq va o‘tish sharoitlar
|
Engil
|
|
60-40
|
|
|
75-40
oS da
|
|
|
75
|
|
Ia
|
22-24
|
0,1
|
21-25
|
0,2
|
|
|
Ib
|
21-23
|
0,1
|
20-24
|
0,2
|
|
|
O‘rtacha og‘irlik
|
|
|
|
|
|
|
II a
|
18-20
|
0,2
|
17-23
|
0,3
|
17-23
|
0,4
|
II b
|
17-19
|
0,2
|
15-21
|
0,4
|
15-21
|
0,5
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Tashqi havoning parametrlari yil, mavsum va sutka davomida o‘zgaradi. Yilning issiq va sovuq mavsumlari uchun parametrlar aloxida me’yorlangan. Har bir mavsum uchun ikki parametr belgilangan: A va B – parametrlari. A va B – parametrlari yil davomida haroratga, entalpiyaga va havoni harakat tezligiga qarab olinadi. B parametr talablari A parametriga qaraganda yuqori bo‘ladi. Odatda ventilyasiya tizimlari yilning issiq mavsumiga A parametri bo‘yicha sovuq mavsumga esa B parametri bo‘yicha hisoblanadi,. Tashqi hisobiy shart – sharoitlar QMQ 2.01.01 – 94 yil mavsumiga va shaharga qarab me’yorlanadi.
Tashqi havoning parametrlari
Respublika, viloyat, shahar
|
Barometrik bosim, gPa
|
Joyning geografik kengligi
|
A parametr
|
B parametr
|
Harorat eng sovuq vaqtdagi
|
Sovuq davr
|
Issiq davr
|
Sovuq davr
|
Issiq davr
|
Yilnng badasturligi quyidagicha bo‘lgan sutka uchun
|
Yilnng badasturligi 0,98 bo‘lgan besh kunlik uchun
|
t
C
|
I
|
v
|
t
C
|
I
|
v
|
t
C
|
I
|
v
|
t
C
|
I
|
v
|
0,98
|
0,92
|
0,98
|
Toshkent
|
950
|
41
|
-4
|
0
|
2,3
|
33
|
55,7
|
1,4
|
-14
|
-12,4
|
2,3
|
37,5
|
65,2
|
-1,4
|
-19
|
-16
|
-16
|
Nazorat savollari
Sanitar – gigienik talablar nimalardan iborat?
Texnologik talablar nimalardan iborat?
Asosiy zararli moddalar nimalardan iborat?
Odam organizmiga ta’siri bo‘yicha zararli gazlarning turi?
CHanglar turi?
CHanglarni portlashga xavfli darajasi nimaga bog‘liq?
Ventilyasiya tizimlarini loyihalashda ichki havoni hisobiy parametrlari yilning issiq mavsumlarida qanday qabul qilinadi?
Ventilyasiya tizimlarini loyihalashda ichki havoni hisobiy parametrlari sovuq yil davrlarida qanday qabul qilinadi?
Ventilyasiya tizimlarini loyihalashda tashqi havoni hisobiy parametrlari issiq yil davrlarida qanday qabul qilinadi?
Ventilyasiya tizimlarini loyihalashda tashqi havoni hisobiy parametrlari yilning sovuq mavsumlarida qanday qabul qilinadi?
Ventilyasiya tizimlari bajaradigan vazifasiga ko‘ra necha turga bo‘linadi va ular qaysi vazifani bajaradi?
2 – bob. Ventilyasiya tizimining tasnifi
2.1. Ventilyasiya turlari.
Ventilyasiya deganda binolarni toza havo bilan ta’minlash, havo almashtirish va talab qilinadigan havo muhitini yaratish tizimlari tushuniladi. Ventilyasiya orqali xonalardan gazlar va zararli moddalar bug‘lari, changlar, ortiqcha suv bug‘lari, issiqlik chiqarib yuboriladi va tashqaridan toza havo beriladi. Ventilyasiya tizimlari quyidagi asosiy konstruktiv belgilari va parametrlari bo‘yicha tasniflanadi:
1. Bajaradigan vazifasiga ko‘ra – oqib kelish (pritochnыe) va so‘rib chiqarish (vыtyajnыe) turlarga bo‘linadi.
Oqib kelish tizimlar deb, xonalarga toza havo uzatadigan ventilyasiya tizimlariga aytiladi. So‘rib chiqarish tizimlari esa xonalardan ifloslangan havoni tashqariga chiqarib yuborishga xizmat qiladi.
2. Xonaga oqib keluvchi va xonadan so‘rib chiqarib yuboriladigan havoni harakatga keltirish usuliga ko‘ra – tabiiy (tashkil etilgan va tashkil etilmagan) va mexanik (sun’iy) ventilyasiyaga bo‘linadi.
Tashkil etilmagan tabiiy ventilyasiyada xona ichida havo almashinuvi ichki va tashqi havoning bosimlar farqi natijasida ro‘y beradi. Bunda shamol ta’siri, tashqi to‘siq konstruksiyalarining zich bo‘lmasligi, eshik, deraza, fortochka, framuga ochilishlari katta ahamiyatga egadir. Tashkil etilgan tabiiy ventilyasiyada xona ichida havo almashinuvi ichki va tashqi havoning bosimlar farqi va shamol ta’sirida ro‘y beradi, ammo bu holda havoning asosiy qismi tashqi to‘siqlarda maxsus o‘rnatilgan va ochilish darajasi rostlanadigan framugalar orqali almashadi (2.2 – rasm). Ventilyasiyaning bunday turi aeratsiya deb aytiladi (2.1 – rasm). Toza havo berilishi tashkillashtirilmagan, ifloslangan ichki havoni kanalli so‘rma ventilyasiya orqali tashqariga chiqarib yuboriladi. (chizmasi 2.1 – rasmda keltirilgan).
Sun’iy, ya’ni mexanik, ventilyasiya tizimlarida havo xonalarga ventilyatorlar yordamida (2.2 b, v – rasm) ham uzatilib, ham tashqariga so‘rib chiqarib yuboriladi.
3. Xonalarda havo almashinuvini tashkil etilishiga ko‘ra – ventilyasiya umumiy havo almashinuvi (obщeobmennaya) (2.1 – rasm), mahalliy (lokalizuyuщaya, mestnaya), (2.2 b – rasm), aralash (smeshannaya), (2.2v – rasm), avariyali va tutunga qarshi ventilyasiyaga bo‘linadi.
|
|
2.1 - rasm. Binolarning tabiiy ventilyasiyasi
a – tashkil etilgan tabiiy ventilyasiya – aeratsiya; b – havo berilishi tashkillashtirilmagan, havoni chiqarib yuborilishi – kanalli so‘rma ventilyasiya; 1 – vertikal kanalli; 2 – havo chetlashtirish quvuri; 3 – deflektor; 4 – so‘rma shaxta; 5 – panjarali tirqish
|
|
| |