|
Ventilyasiya va havoni konditsiyalash tizimlari
|
bet | 6/69 | Sana | 21.02.2024 | Hajmi | 28,88 Mb. | | #159966 |
Bog'liq Вентиляция lotinNazorat savollari
1. Havoni harakatga keltirish usuliga ko‘ra ventilyasiya tizimlari qanday bo‘linadi?
2. Nimaning ta’sirida tashkil etilmagan tabiiy ventilyasiya ro‘y beradi?
3. Nimaning ta’sirida tashkil etilgan tabiiy ventilyasiya ro‘y beradi?
4. Sun’iy ventilyasiya tizimlarida havoni nima yordamida harakatga keltirish mumkin?
5. Xonalarda havo almashinuvini tashkil etilishiga ko‘ra ventilyasiya tizimlari qaysi turlarga bo‘linadi?
6. Umumiy, mahalliy, aralashgan, avariyali tutunga qarshi ventilyasiya tizimlari qanday vaziyatda ishlatiladi?
Havoni konditsiyalash tizimining tasnifi.
2.4 -rasm. Havoni konditsiyalash tizimining tasnifi
Nazorat savollari:
Markaziy konditsioner qanday vazifani bajaradi?
Markaziy konditsioner bloklarida qanday jarayon sodir bo‘ladi:
A) namlash bo‘limida: B) isitish blokida: S) sovutish blokida: D) ventilyator agregatida
3. Namlash blokida nimaning xisobiga havoining nisbiy namligi ortadi?
4. Issiqlik almashgich quvurlar sovutish bo‘limida qanday materialdan yasaladi?
5. Isitish blokida havo va issiqlik tashuvchining oqimlari qanday bo‘ladi?
6. Havoni konditsiyalash tizimidagi struktura sxemasi nimani ko‘rsatadi?
3-bob. Havoning xususiyatlari va uning holatini o‘zgarish jarayonlari.
Xonalarda amalga oshiriladigan maishiy va texnologik jarayonlar odatda zararliklarni ajralib chiqishi bilan sodir bo‘ladi. Ventilyasiya texnikasida zararliklar deb, umumlashtirilib xonaga ortiqcha issiqlik, namlik, gaz va bug‘lar, shuningdek, havo orqali kiradigan changlarga aytiladi. Konditsiyalashda xonadan ifloslangan havo olinib, tozasi uzatiladi. SHunday qilib, havo ventilyasiya va havoni konditsiyalash jarayonlarida asosiy ishchi muhitdir.
3.1. Nam havoning xususiyatlari.
Havoning xususiyatlari uning gazli tarkibi, issiqlik va namlik holati, zararli gazlar, bug‘lar, changlar mavjudligi bilan aniqlanadi.
Bizning atrofimizdagi havo gazlar aralashmasidan tashkil topgan: azot gazi N2 (78,13% hajmi bo‘yicha), kislorod O2 (20,9%), inert gazlar argon va boshqalar (0,94%), CO2 (0,03%) – karbonat angidrid va boshqalar.
Quruq havoni suv bug‘lari bilan aralashmasiga nam havo deyiladi. Havoni konditsiyalashda nam havo hususiyatlari ko‘riladi, chunki havoda namlikning borligi jarayonlar termodinamikasiga va odamlarning o‘zini yaxshi his etishiga katta ta’sir ko‘rsatadi.
Nam havo odatda ikki ideal gaz aralashmasi deb ko‘riladi: quruq havo va suv bug‘lari.
Dalton qonuniga ko‘ra:
Rb= Rk.x. + Rs.b., Pa (3.1)
bu erda: Rb – barometrik bosim, Pa (normal atmosfera bosimi 101,3kPa); Rk.x., Rs.b. – mos ravishda quruq havoning va suv bug‘larining parsial bosimi, Pa.
Ideal gazning holati Klayperon tenglamasi bilan ifodalanadi:
RV = mRT (3.2)
bu erda: P – bosim, Pa; V-hajm, m3; m-massa, kg; R – gaz doimiysi, J/((kg·K)); T – harorat (harorat), K.
Quruq havo uchun Rk.x.=286,69 kJ/(kg·K), suv bug‘lari uchun Rs.b. = 461,89 kJ/(kg·K).
SHuning uchun:
Pk.x.V = 286,69 m k.x.T, (3.3)
Ps.b.V = 461,89 m s.b.T. (3.4)
|
| |