|
Nam havoning asosiy parametrlari
|
bet | 7/69 | Sana | 21.02.2024 | Hajmi | 28,88 Mb. | | #159966 |
Bog'liq Вентиляция lotinNam havoning asosiy parametrlari.
1. Havoning tarkibiy namligi deb, nam havoda uning 1 kg. quruq qismiga to‘g‘ri keladigan suv bug‘larining massa miqdoriga aytiladi va d harfi bilan belgilanadi:
g/kg. (3.5)
2. Havoning namlik sig‘imi deb, to‘la to‘yingan nam havoda uning 1 kg quruq qismiga to‘g‘ri keladigan suv bug‘larining massa miqdoriga aytiladi va dT harfi bilan belgilanadi
g/kg. (3.6)
3. Havoning nisbiy namligi deb, bir xil harorat nam havodagi suv bug‘larining haqiqiy parsial bosimini to‘la to‘yingan suv bug‘larining parsial bosimiga bo‘lgan nisbatiga aytiladi va harfi bilan belgilanadi:
(3.7)
bu erda: - havoning suv bug‘lar bilan to‘la to‘yingan holatiga nisbatan to‘yinish darajasini foizlar hisobida ko‘rsatadi; Rs.b -to‘la to‘yingan suv bug‘larining parsial bosimi faqat haroratga bog‘liq.
4. Havoning zichligi, ρ kg/m3:
quruq qismi uchun:
kg/m3 (3.8)
suv bug‘lari uchun:
kg/m3 (3.9)
nam havo uchun:
(3.10)
bu erda: T-nam havoning harorati, K; Rb, Rs.b – mos ravishda atmosfera va suv bug‘larining bosimi, Pa.
5. Nam havoning issiqlik sig‘imi uning quruq qismi va suv bug‘larining issiqlik sig‘imlari yig‘indisiga teng:
quruq qismi uchun Sk.k. = 1,005 kJ/(kg·K),
suv bug‘lari uchun:
, kJ/(kg·K). (3.11)
6. Havoning entalpiyasi (issiqlik miqdori).
Havodagi issiqlik miqdorini ko‘rsatadi va I harfi bilan belgilanib, kJ/(kg quruq havo) birligida o‘lchanadi.
quruq havo entalpiyasi:
I k.x. = Sk.x ·t = 1,005 ·t , kJ/kg. (3.12)
Suv bug‘larining entalpiyasi:
I s.b. = r + 1,8 t , kJ/kg (3.13)
bu erda r – bug‘lanish issiqligi, 0Sda r = 2500 kJ/kg teng.
Nam havoning entalpiyasi uning quruq va nam qismlarining entalpiyalari yig‘indisiga teng:
,kJ/(kg quruq havo) (3.14)
Masalan: t = 0S va d = 0 g/kg bo‘lganda havoning entalpiyasi nolga teng, shuning uchun entalpiya hisobi t = 0S dan olib boriladi.
|
| |