• 6 – bob. Xonalarda havo almashinuvini tashkil etishning aerodinamik asoslari. 6.1. Asosiy holatlari.
  • Rasm – 6.1
  • Ventilyasiya va havoni konditsiyalash tizimlari




    Download 28,88 Mb.
    bet22/69
    Sana21.02.2024
    Hajmi28,88 Mb.
    #159966
    1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   69
    Bog'liq
    Вентиляция lotin

    Nazorat savollari

    1. Ventilyasiyani tashkil qilish asosiy prinsiplari.

    2. Havo taqsimlagichlarni tanlash va ularni joylashtirish

    3. Havo almashinuvini tashkil etishning asosiy shartlari

    4. Asosiy sxemalari

    5. Erkin havo oqimlarining aerodinamikasi.

    6. Mahalliy so‘rib chiqarish ventilyasiyasining vazifasi.

    7. Sanoat binolarida ishlatiladigan sxemalar

    8. 400 o‘rinli balkoni yo‘q bo‘lgan zallarda toza havo qanday zonalarida beriladi.


    6 – bob. Xonalarda havo almashinuvini tashkil etishning aerodinamik asoslari.
    6.1. Asosiy holatlari.
    Ventilyasiya qilinadigan xonalarda oqib keluvchi havoni taqsimlanishida oqib keluvchi oqimni tarqalishini o‘ziga xosligini hisobga olish kerak, chunki ish zonasida havoni talab etilgan parametrlarini: haroratni, harakat tezligini, zararliklarni ruxsat etilgan konsentratsiyasini ta’minlash kerak.
    Xonalarda havo berish va havoni chiqarib yuborish tirqishlarni joylanishiga qaraganda xonadagi havoni harakatlanish har xil bo‘ladi.
    Eksperimental izlanish natijasida gidravlik lotokda suratga olingan havoni harakatlanish sxemalari keltirilgan (6.1 - rasm).

    Rasm – 6.1. Ventilyasiya qilinadigan xonada havoni harakatlanish sxemalari
    Keltirilgan rasm xonadagi havo almashinuvini tashkil etilishini ko‘rsatadi.
    6.2. Havo oqimlari turlari
    Xonaga oqib keladigan havoni to‘g‘ri taqsimlashda havo oqimlari katta rol o‘ynaydi.
    Ventilyasiya texnikasida havo oqimlari xonadagi havo bilan aralashadi, bunday oqimlar cho‘ktirilgan deb ataladi.
    Gidrodinamik rejimiga ko‘ra havo oqimlari laminar va turbulent bo‘lishi mumkin. Oqib keluvchi ventilyasion havo oqimlari har doim turbulent bo‘ladi.

    6.2 – rasm. Erkin turbulent oqim
    Havo oqimlari izotermik va izotermik bo‘lmagan oqimlarga bo‘linadi.
    Izotermik oqimlarda butun oqim bo‘ylab harorat o‘zgarmas bo‘lib, xonadagi havo haroratiga teng (6.3 – rasm). Agarda haroratlar farqi mavjud bo‘lsa, bunday havo oqimlari izotermik bo‘lmagan oqimlar bo‘ladi. Xonalarni ventilyasiya qilishda ko‘pincha izotermik bo‘lmagan oqimlar ishlatiladi.

    Download 28,88 Mb.
    1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   69




    Download 28,88 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ventilyasiya va havoni konditsiyalash tizimlari

    Download 28,88 Mb.