|
-rasm. York firmasining oqib kelish kamerasi mazkur buyumlari
7.7-rasm
|
bet | 30/69 | Sana | 21.02.2024 | Hajmi | 28,88 Mb. | | #159966 |
Bog'liq Вентиляция lotin7.6-rasm. York firmasining oqib kelish kamerasi mazkur buyumlari
7.7-rasm. Radial ventilyatorli so‘rib chiqarish kamerasi
YUqorida sanab o‘tilgan konstruktiv elementlarning soni har xil oqib kelish va so‘rib chiqarish uskunalarda joyig‘a qarab olinadi. Bunda uskunalarning tarkibi xonalarning bajaradigan vazifasi va zararli moddalarning turi hamda havo almashinuvini tashkil qilish bilan aniqlanadi.
7.3. Havo taqsimlagichlari va ularni hisobi
Havo quvurlaridagi oqish va so‘rish teshiklar orqali xonaga toza havo beriladi va ifloslangan havo so‘rib olinadi. Xonada havo yaxshi taqsimlanish, sanitar-gigienik va arxitektura talablarni bajarish uchun havo quvuridagi teshiklarining o‘rniga maxsus qurilmalar – havo taqsimlagichlar ishlatiladi.
Oqim va so‘rish teshiklarni konstruksiyasiga hamda havo taqsimlagichlarga va ularni joylanishiga bir necha talablar qo‘yiladi:
Oqim va so‘rish teshiklar xonadagi havo tezligini kuchaytirmasligi kerak.
Havo taqsimlagichlarning havo o‘tishiga qarshiligi teshiklarning minimal o‘lchamida va bezatilishiga ko‘ra minimal bo‘lishi lozim.
Havo so‘rish teshiklari zararliklar chiqadigan joyig‘a yaqin o‘rnatilishi lozim.
Oqim va so‘rish teshiklarning bezatilishi xonani intereriga mos kelishi kerak.
Bezatilgan teshiklarni havo o‘tkazadigan yuzasi standart o‘lchamiga ko‘ra 60 % dan kam bo‘lishi mumkin emas.
Bu talablarning bajarilishi xonani ish zonadagi havoning holatini yaxshilashni, havo harakat tezligi me’yorga moslanishni, havo sarfini sozlashga imkoniyatni yaratib beradi.
Havo taqsimlagichlar konstruksiya bo‘yicha har xil turda bo‘lishi mumkin: panjaralar, plafonlar, perforatsiya qilingan panellar va boshqalar (7.8-rasm).
Turar joy binolarida ko‘pincha panjaralar, jamoat binolarida panjaralar va plafonlar o‘rnatiladi. Sanoat binolarida texnologik jarayonida chiqayotgan zararliklarga, toza havo berilish zonasiga qarab boshqa turli taqsimlagichlar o‘rnatiladi.
1)
2)
7.8 - rasm. Havo taqsimlagichlar
1-panjaralar; 2-plafonlar; a-havo berish uchun; b-havo so‘rib chiqarish uchun
|
|
7.9 – rasm. Plafonli havo taqsimlagichlar
|
Havo taqsimlagichlar sozlanadigan va sozlanmaydigan; yumaloq, kvadrat va to‘rt burchak shaklida bajarilgan; metalli (ko‘pincha po‘latli yoki alyuminiyali), yoki plastmassali; bezatilgan yoki bezatilmagan; har tur rangli va o‘lchamli; havo oqimini yo‘naltirishiga ko‘ra bir, ikki, uch, to‘rt tarafga yo‘nalishli bo‘ladi.
O‘rnatilishiga ko‘ra ship tagida, shipda va ish zonada o‘rnatilish mumkin.
Havo taqsimlagichlar kompaktli, yassi, to‘liq bo‘lmagan elpig‘ichli va boshqa turli oqim yaratib beradi.
|
| |