|
Ventilyasiya tizimlarida oqib keluvchi va so‘rib chiqaruvchi kameralar
|
bet | 29/69 | Sana | 21.02.2024 | Hajmi | 28,88 Mb. | | #159966 |
Bog'liq Вентиляция lotin7.2. Ventilyasiya tizimlarida oqib keluvchi va so‘rib chiqaruvchi kameralar.
Mexanik harakatlanuvchi oqib kelish qurilmalari (7.4-rasm) quyidagi konstruktiv elementlarni o‘z ichiga oladi:
1.tashqi havoni qabul qilish qurilmasi.
2. oqib kelish kamerasi.
7.4-rasm. Erto‘lada joylashgan oqib kelish kamerasi
1-havo qabul qilish shaxtasi, 2-issiq klapani, 3-filtr, 4-kalorifer, 5-ventilyator, 6-egiluvchi qism, 7-eletrodvigatel, 8-aylanib o‘tish klapani
Bu kamerada elektrodvigatelli ventilyator va havoga ishlov berish, (havoni changdan tozalash uchun filtr, havoni qizdirish uchun kalorifer, havoni sovutish va namlash uchun qurilmalari o‘rnatiladi.
3. Havo quvurlarining tarmog‘i, bu quvurlar orqali havo ventilyatordan xonalarga uzatiladi.
4. Oqib kelish tirqishlari yoki o‘tqizma (nasadok) ulardan havo xonalarga oqib kiradi.
5. Jalyuziyali yoki dekorativ panjaralar havo chiqadigan tirqishlarga o‘rnatiladi.
6. Rostlash moslamalari (drossel-klapan yok zadvijka) havoni qabul qilish tirqishlarida va havo quvurlarining ajralmalarida o‘rnatiladi.
Havoni qabul qilish qurilmasi. Havoni qabul qilish qurilmasini joylashtirganda unga toza havo tushishini ta’minlash lozim. Buning uchun ularni odatda havo zararlanadigan joylarda (qozonxonalar, oshxonalar va shu kabilardan) gorizontal bo‘yicha 10 – 12 m va vertikal bo‘yicha 6 m oraliqda joylashtiriladi.
Mexanik va tabiiy ventilyasiya tizimlarida havoni qabul qilish er yuzasidan kamida 2 m balandlikda amalga oshiriladi, agarda havoni qabul qilish qurilmasi binodan uzoqda joylashgan bo‘lib, atrofi yashil zona bo‘lsa, u holda bu balandlik 1 m. gacha kamaytirilishi mumkin. Havo qabul qilish qurilmasi alohida turuvchi va bino bilan er tagida joylashgan ventilyasiya kanali yordamida bog‘langan shaxta (metro, sanoat binolarida), yoki binonig tashqi devoriga tirkab o‘rnatilgan shaxta ko‘rinishida ishlanishi mumkin. Agarda havo qabul qilish qurilmasi havo chiqarish shaxtasi oldida o‘rnatilsa ular orasidagi masofa 10 m dan kam bo‘lmasligi kerak. Ular yonma – yon joylashgan hollarda, havo chiqarish shaxtasini teshigi havo qabul qilish teshigida 2,5 m dan yuqori bo‘lishi kerak.
Sanoat binolarida tashqi havoni qabul qilish devorlarda va derazalarda joylashgan tirqishlardan tavsiya etiladi. Bu holda ular jalyuziyali panjarali bilan jihozlanadi.
Hozirgi davrda binoni ichki maydonidan to‘liq foydalanish uchun hamda zamonaviy texnologiyalarni ishlatish maqsadida, bunday kameralarni tomda yoki sanoat binolarning maydonchalarida ham joylashtirish mumkin. Misol tariqasida York O‘zbekiston qo‘shma korxonasi SHo‘rtan gaz ob’ektini loyihalashda qabul qilgan kamerasi ko‘rsatilgan (7.5, 6-rasm).
Mazkur buyumlar har xil modifikatsiyadan iborat bo‘lishi mumkin.
7.5-rasm. York firmasining oqib kelish kamerasi
1-havo qabul qilish uskunasi; 2-ikki pog‘anali filtr; 3-kalorifer; 4-ventilyator; 5-elektrodvigatel; 6-tashqi qoplama
Mexanik harakatlanuvchi so‘rib chiqarish qurilmalari (7.7-rasm) quyidagi konstruktiv elementlarini o‘z ichiga oladi:
1) setkalar yoki jalyuziya panjaralari bilan jihozlangan so‘rib chaqarish tirqishlari;
2) har xil konstruksiyali mahalliy so‘rma qurilmalar;
3) havo quvurlari va h.q.
|
| |