• 8.3-rasm.
  • 8.3. Havo quvurlarini aerodinamik hisobi.
  • Ventilyasiya va havoni konditsiyalash tizimlari




    Download 28,88 Mb.
    bet37/69
    Sana21.02.2024
    Hajmi28,88 Mb.
    #159966
    1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   69
    Bog'liq
    Вентиляция lotin

    Havo oqimlarni epyurasi. So‘rish tizimlarini aerodinamik, hisobotini bajarilishida eng qiyin troyniklarni mahalliy qarshilik koeffitsientini aniqlash. Mahalliy qarshiliklarni koeffitsientlarini aniqlaydigan formulalar juda murakkab, jadvallarda keltirilgan ma’lumotlardan foydalanishda interpolyasiya natijasida ko‘p hatoga qo‘yilishi mumkin. Hisobotni EHMda bajarilsa ham troyniklarni mahalliy qarshilik koeffitsientini aniqlanishi umumiy hisobot chizib yuboradi, ayniqsa troyniklarni soni ko‘p bo‘lganda.
    So‘rish tizimini hisoblash uchun bir usul bor. U bo‘yicha troyniklarni mahalliy qarshilik koeffitsientlarini aniqlamasdan ham hisobotni bajarish mumkin. Bu usulni muallifi prof. P.N.Kamenev. Troyniklarda bosim yo‘qolinishi to‘liq energiya bo‘yicha emas, oqimni potensial energiyasini satqini o‘zgarish bo‘yicha hisoblash kerak. Bu ancha hisobotni engillashtiradi.
    Bosim taqsimlanish sxemalar 8.3 va 8.4 – rasmlarda keltirilgan.

    8.3-rasm. So‘rish tizimdagi troynikda bosim taqsimlanish sxemasi
    1-o‘tish uchastkasi; 2-tarmoq; 3-yig‘ma uchastok; I-II kesimlar nomeri



    8.4-rasm. So‘rish troyniklardagi bosim taqsimlanish sxemalari
    a-v33 da; b - v3>v’3 da: I, II, III-kesimlarni nomeri; v1, v2, v3 – havoni harakat tezligi o‘tish uchastkada, tarmoqda va yig‘ma uchastkada; v’3 – aralashgandan keyin havoni optimal tezligi (oqimlarni aralash natijasida minimal bosim yo‘qolishi bo‘lgan tezlik); f3, f’3 – yig‘ma uchastkali tegishli haqiqiy va optimal kesimlari.
    8.3. Havo quvurlarini aerodinamik hisobi.
    Aerodinamik hisobi yuqorida keltirilgan formulalar asosida va quyidagi ketma – ketlikda bajariladi.
    1. Ventilyasiya tizimini konstruktiv echimiga asoslanib aksonometrik sxema chiziladi. Aksonometrik sxemada uchastkalarning nomerlari uzunligi va havo sarfi beliglanadi. Eng kichik sarfli uchastkadan boshlab uchastakalarga raqam beriladi.
    2. Asosiy magistral yo‘nalish tanlanadi. Asosiy magistral yo‘nalish deb ketma – ket joylashgan uchastakalardan iborat uzunligi eng katta bo‘lgan magistralni qabul qilinadi. Agarda magistrallarni uzunligi teng bo‘lsa asosiy magistralda yuklamasi katta bo‘lgan magistralni qabul qilinadi.
    Tabiiy so‘rma tizimlarda esa asosiy magistral yo‘nalishi deb yuqori qavatdagi panjaradan eng uzoqda ketma – ket joylashgan uchastkalar qabul qilinadi.
    3. Eng uzoqda joylashgan uchastakadan boshlab tarmoqlarning havo sarfini qo‘shib uchastakalardagi hisobiy havo sarfini aniqlanadi.
    4. Magsitralni hisobiy uchastkalarni kesim o‘lchamlarini diametrlarini adabiyotlar asosida aniqlanadi. Taxminiy kesim yuzasini quyidagi formuladan qabul qilinadi:
    (8.33)
    Bu erda: l-uchastkadagi hisobiy havo sarfi, m3/soat, tav-ventilyasiya tizimlarni uchastkalarida tavsiya etiladigan havoning harakat tezligi, m/s.
    Kesimni yuzasini taxminan aniqlash uchun tavsiya etilgan havo harakat tezligi, tav.
    5. Qabul qilingan standart havo quvurini kesim yuzasini hisobga olib haqiqiy havoni harakat tezligini aniqlanadi:
    (8.34)
    SHu tezlikka asoslanib 1-formuladan uchastakadagi dinamik bosim hisoblanadi.
    6. Po‘latli aylanma kesimli havo quvrlarga tuzilgan nomogrammalardan va jadvallardan 1 m havo quvuridagi bosim yo‘qolishini aniqlanadi.
    Boshqa materialli havo quvurini devorlarining g‘adir-budurligi po‘lat havo quvurlarini g‘adir budurligiga teng emas holda, ishqalanish qarshilikni hisoblashda shu farqni hisobga oluvchi koeffitsientni i kiritish kerak.
    Kesimi to‘g‘riburchakli axv o‘lchamli bo‘lgan havo quvurlarni hisoblashda tezlik bo‘yicha ekvivalent diametr tushunchasi ishlatiladi:

    Kesimli to‘g‘riburchak havo quvurlari uchun r-ni haqiqiy havo sarfini hisobga olmagan holda r-ni jadvallardan va nomogramalardan  va d asosida topish lozim.
    7. Uchastkalardagi mahalliy qarshiliklarda bosim yo‘qolishi dinamik bosimga va mahalliy qarshilik koeffitsientlarini yig‘indisiga bog‘liq.
    Mahalliy qarshiliklarni koeffitsientlarini tanlashda jadvallarda keltirilgan koeffitsientlar soni qaysi tezlikka taalluqliligiga ahamiyat berish lozim va kerak bo‘lsa qaytadan hisoblanadi.
    8. Tizimdagi umumiy bosim yo‘qolishi magistral havo quvurlar va ventilyasiya asbob-uskunalaridagi bosim yo‘qolishini yig‘indisiga teng.
    (8.35)
    Tizimdagi umumiy bosim yo‘qolishini soniga ko‘ra sun’iy undashga ega ventilyasiya tizimlarida ventilyatorni talab etilgan bosimi aniqlanadi.
    Hisobiy natijalar jadvalga kiritiladi
    9. Eng uzoqda joylashgan tarmoqdan boshlab magistral va tarmoqdagi bosim yo‘qolishni moslikligi tekshiriladi



    Download 28,88 Mb.
    1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   69




    Download 28,88 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ventilyasiya va havoni konditsiyalash tizimlari

    Download 28,88 Mb.