|
Ventilyasiya va havoni konditsiyalash tizimlari
|
bet | 35/69 | Sana | 21.02.2024 | Hajmi | 28,88 Mb. | | #159966 |
Bog'liq Вентиляция lotin8.1-rasm. Ventilyasiyasi tizimida bosim taqsimlanish sxemasi
1-so‘rin havo quvuri; 2-ventilyator; 3-havo uzatuvchi quvur; 4-havo uzatuvchi tarafidagi to‘liq bosimni chizig‘i; 5-o‘sha erdagi statik bosimni chizig‘i; 6-so‘rish tarafidagi to‘liq bosimni chizig‘i; 7-o‘sha erdagi statik bosim chizig‘i; I-IV – kesimlarni, nomeri (qolgan belgila tekstda berilgan). II-II va III-III kesimlarni orasidagi diffuzorda oqimni tezligi o‘zgaradi. Dinamik bosim kamayadi. SHuning uchun statik bosim o‘zgaradi va ko‘payishi ham mumkin (RstII>RstIII) rasmda ko‘rsatilga. III-III kesimdagi ventilyator tufayli yaratilgan to‘liq bosim ishqalanish ∆Rish va mahalliy qarshiliklarda ∆Rmax (diffuzorda, chiqishda) sarflanadi. Havo uzatish tarafidagi umumiy bosim teng:
(8.26)
bu erda: R-1m havo quvurdagi bosim yo‘qolishi, Pa/m; l – quvur uzunligi, m; - havo quvurlarini ichki devorlarining yuzasini g‘adir budirligini hisobga oluvchi koeffitsient; Z-mahalliy qarshiliklardagi bosim yo‘qolishi, Pa.
So‘rish tarafidagi havo quvurni tashqarasidagi statik bosim nolga teng. So‘rish tirqishni yaqinligida havo oqimi kinetik energiyaga ega.
Havo quvuriga kirishda oqimni tezligi kuchayadi, demak kinetik energiya ham ko‘payadi. Demak energiya saqlanish qonuni asosida oqimni potensial energiyasi pasayadi. So‘rish tarafidagi ixtiyoriy kesimidagi bosim yo‘qolishini hisobga olganda:
Rst=0 - Rd - ∆Ryo‘q (8.27)
So‘rish havo quvurida ham havo uzatishi tarafidaga to‘liq bosim havo quvurni boshidagi bosimni va shu kesimgacha bo‘lgan bosim yo‘qolishini farqiga teng.
Rt=0 - ∆Ryo‘q (8.28)
Keltirilgan formuladan so‘rish tarafidagi kesimlaridagi statik Rst va to‘liq Rt bosimlar noldan past. Absolyut bosimga ko‘ra statik bosim to‘liq bosimdan katta.
Statik bosim chizig‘i to‘liq bosimni chiziqdan pastroq ketadi. Havo quvuriga kirishda o‘rama zona paydo bo‘ladi, oqim siqiladi shu tufayli VI-VI kesimdan keyin statik bosim chizig‘i to‘satdan pasayadi. V-Vva IV-IV kesimlar orasida sxemada kenfuzor burilish bilan ko‘rsatilgan shu kesimlarni orasidagi statik bosimni chizig‘i pasayishi konfuzorda oqimni tezlikishi ko‘payishi va hamda bosim yo‘qolishiga bog‘liq. 1-rasmda statik bosim epyuralar ketriklangan.
Havo quvurlar tizimida eng past to‘liq bosim nuqta B-da kuzatiladi. U so‘rish tarafidagi bosim yo‘qolishiga teng.
Ventilyator bosimni farqini yaratib beradi. U to‘liq bosimni maksimum va minimumini farqi (RTA-RTB), 1 m3 havoni energiyasini Rvent ga ko‘paytiradi
Rvent=∆Rso‘r+∆Ruz (8.29)
So‘rish havo quvurdagi bosim epyuralarini professor P.N.Kamenev absolyut noldan qurilishni taklif etgan. Bunda Rstabs va Rtabs chiziqlarni chizilishi huddi havo uzatishdagicha bo‘ladi.
|
| |