|
Ventilyasiya va havoni konditsiyalash tizimlari
|
bet | 32/69 | Sana | 21.02.2024 | Hajmi | 28,88 Mb. | | #159966 |
Bog'liq Вентиляция lotinNazorat savollari
Ventilyasiya qilinadigan xonadagi havo harakatini kirituvchi va chiqaruvchi tirqishlarni joylanishiga bog‘liqligi.
Vazifasiga qarab turli xonalar uchun tavsiya qilinadigan havo berish va chiqarish sxemalari.
Ventilyasion tizim sxemalari va alohida elementlari.
Havo qurilmasiga nimalar kiradi?
Ventilyasion kanallar va havo quvurlari.
Ventilyasion kameralarni tushuntiring.
Havo taqsimlagichlari qanday turlarga bo‘linadi?
Havo taqsimlagichlari qanday tanlanadi va hisoblanadi?
Binolar ventilyasiya tizimlari qanday tuzilishga ega?
Havoni uzatish va so‘rib olish ventilyasiya tizimlarini jihozlari, ularni hisoblash va tanlash qanday bajariladi?
8 – bob. Ventilyasiya tizimlarining aerodinamik asoslari.
8.1. Asosiy tushunchalar.
Havo quvurlarini aerodinamik hisoblashdan maqsad ularning o‘lchamlarini kesimini hamda quvur qismlarida va butun tizimda bosim yo‘qotilishini hisoblash. Bu to‘g‘ri masaladir. Teskari masala ham echilishi mumkin, ya’ni berilgan havo quvurlarning o‘lchamlari va bosim farqlarida havoning sarfini aniqlash.
To‘g‘ri masalada: berilgan kattaliklar l-havoni sarfi, m3/soat aniqlanadigan: d – diametr, mm, r – bosim yo‘qolishi, Pa.
Teskari masala: berilgan katalliklar d-diametr, mm, r-bosim yo‘qolishi, Pa, aniqlanadigan: l – havoni sarfi, m3/soat
Aerodinamik hisoblashda havoning siqilishi hisobga olinmaydi. Buning sababi tizimda bosim o‘zgarishi atmosfera bosimidan faqat 5%-gina tashkil qiladi. SHu sababli ortiqcha bosim tushunchasida foydalaniladi. Bunda atmosfera bosimi shartli nol deb qabul qilinadi. Atmosfera bosimidan past bosim noldan kam, ya’ni manfiy deb olinadi.
Havo quvurlarda harakatda bo‘lganda ixtiyoriy kesimda statik, dinamik va to‘la bosimlar mavjud bo‘ladi.
Statik bosim 1 m3 havoning kurilyangan kesimdagi potensial energiyasini aniqlaydi. Statik bosim havo quvurlarning devorlariga ta’sir etiladigan bosimga teng.
Dinamik bosim bu havo oqimining 1m3 hajmiga to‘g‘ri keladigan kinetik energiyasidir. Dinamik bosim quyidagi formuladan aniqlanadi.
(8.1)
Bu erda - kesimdagi havoning tezligi, m/s.
To‘liq bosim statik va dinamik bosimlarning yig‘indisiga teng bo‘ladi:
Rt=rst+rd (8.2)
Bosim SI tizimida pa da o‘lchanadi 1Pa = 1N/m2; mkgss tizimida esa kgs/m2
|
| |