|
Ventilyasiya va havoni konditsiyalash tizimlari
|
bet | 28/69 | Sana | 21.02.2024 | Hajmi | 28,88 Mb. | | #159966 |
Bog'liq Вентиляция lotinJamoat binolari. Jamoat va kommunal binolarda tabiiy va mexanik ventilyasiya ishlatilishi mumkin (7.1-rasm). Bu binolarning ventilyasiya uskunalari soniga qarab ventilyasiya markazlariga birlashtiriladi. Bu holda oqib kelish markazlari va konditsionerlar binoning er to‘lasida yoki uning birinchi qavatida joylashtiriladi. Alohida oqib kelish qurilmalari binoning qavatlarida joylashtirilishi ham mumkin. So‘rib chiqarish markazlari qoida bo‘yicha texnik qavatlarda o‘rnatiladi (7.2-rasm). Ventilyasiya uskunalarida shovqin xonalarga tarqalmasligi uchun ular odatda bu xonalarda yuqorida yoki pastda joylashtiriladi.
O‘quv va laboratoriya, ma’mo‘riy-xo‘jalik va yordamchi xonalarda poliklinika va kasalxonalar binolarining bloklarida alohida oqib kelish va so‘rish ventilyasiya tizimlari loyihalanishi lozim.
Jamoat binolarida bir nechta xonalarni gorizontal so‘rib chiqarish kanallari bilan birlashtirish man etiladi. Bundan tashqari sanuzel va boshqa xonalarning so‘rib chiqarish tirqishlarini bir kanallarga ulash ham mumkin emas.
7.2-rasm. Jamoat binoni oqib kelish va so‘rib chiqarish umum almashuv ventilyasiyasi
1- havo olish panjarasi, 2- shaxta, 3- issiq klapan, 4-filtr, 5-kalorifer, 6-ventilyator, 7-havo quvurlari, 8- havo taqsimlash va havo chiqarish panjaralar, 9-zontli so‘rib chiqarish shaxtasi
Sanoat binolari. Sanoat binolari o‘ziga xos bo‘lgan ventilyasiya tizimlari va jihozlari bilan ta’minlanadi (7.3-rasm). Korxonada ishlatiladigan ventilyasiya usuli va ventilyasiya uskunalarning soni texnologik jarayon, korxona quvvati va iqtisodiy amaliyoti bilan aniqlanadi.
Sanoat binolarida ventilyasiya uskunalari ishlab chiqarish xonalarda yoki binoning tashqarisida, devorlarida, tomda joylashtirilishi mumkin, ammo har qanday hollarda ventilyasiya uskunalarini yong‘in va kondensat namligidan himoya qilinishi va ularga xizmat ko‘rsatilishiga qulay imkoniyatlar yaratilishi kerak.
Ventilyasiya tizimlarini loyihalashda havo quvurlarining uzunligini qisqartirishga intilish kerak. Iqtisodiy hisoblarga ko‘ra oqib kelish uskunalarining ishlash radiusi havo quvurlaridagi havo tezligiga bog‘liqdir.
7.3-rasm. Sanoat binoni oqib kelish va so‘rib chiqarish umumalmashinuv ventilyasiyasi
1-havo olish panjarasi, 2-issiq klapani, 3-kaloriferlar, 4-ventilyator elektrodvigatel bilan, 5-egiluvchan qism, 6-havo quvurlari, 7-havo beruvchi uskunalar, 8-deflektor.
6-10 m/s dagi tezliklarda ventilyasiya uskunalarining 30-40 m gacha ishlash radiusi tavsiya qilinadi, 6 m/s dan kam bo‘lganda esa 60-70 m. So‘rib chiqarish ventilyasiya tizimlarida ishlash radiusi 30-40 m, juda katta sexlarda esa 100-120 m qabul qilinadi.
Mahalliy ventilyasiya tizimini loyihalashda bitta so‘rib chiqarish tizimiga 10-12 gacha so‘rib chiqaruvchilar ulanishi mumkin.
|
| |