|
Ventilyasiya va havoni konditsiyalash tizimlari
|
bet | 24/69 | Sana | 21.02.2024 | Hajmi | 28,88 Mb. | | #159966 |
Bog'liq Вентиляция lotin6.7 – rasm. Havo berish (a) va havoni so‘rish (b) tirqishlari atrofidagi havoni harakatlanishi
Sof nazariy nuqtaviy va chiziqli quyilish tushunchalarini ko‘rib chiqaylik.
Nuqtaviy quyilishda orasida joylashgan nuqtaga «L» sarfli havo oqimi so‘riladi.
|
|
a)
|
b)
|
6.8 – rasm. Nuqtaviy (a) va chiziqli (b) quyilish sxemalari
|
Nuqtaviy va chiziqli quyilish tushunchalari real tirqishlarda hosil bo‘ladigan havoni so‘rish harakatini faqat sifatli baholashni imkoniyat beradi. Eksperemental tekshirishlar so‘rish tirqishlari oldidagi havo tezliklari ancha nazariya beradigan kattaliklarda farqlanishni ko‘rsatadi. Haqiqiy so‘rish tirqishlari oldidagi havo harakati uning geometrik shakliga va tomonlarining nisbatlariga bog‘liqdir.
Siqilib chiquvchi oqimlar. Xonaga oqib keladigan oqim o‘z yo‘lida to‘siq konstruksiyalari bilan qisilgan bo‘ladi va ularni siqilgan oqim deyiladi. Siqilgan oqimni aerodinamikasi farqlanadi.
Keltirilgan rasmda (6.9 – rasm) tupikka oqib keluvchi oqimni sxemasi ko‘rsatilgan.
6.9-rasm. Tupikka oqib keluvchi oqimni sxemasi
Oqim xonaga kirgach asta sekin kengayadi. Boshida oqimni kesimi Fokxon xonani kesimiga nisbatan kam. SHuning uchun xonaga kirgach, u erkin oqimga o‘xshash tarqaladi. Oqimni kesimi Fok=(0,2÷0,25)·Fxon bo‘lgach erkin oqim tarqalishidan farqlanish boshlanadi – oqimni kengaishi, havo sarfi va harakat sarfi kamayadi (bu kesimni kritik kesimi deyiladi). Oqimni ko‘ndalak yuzasi xonani ko‘ndalang kesimini yuzasiga nisbatan 40-42% bo‘lganda (ikkinchi kritik kesish) oqim o‘cha boshlaydi: tezda harakat sarfi kamayadi, oqimdagi havo sarfi, ko‘ndalang kesimi va o‘qli tezligi ham kamayib beradi.
Siqilgan oqimlarda oqimni har xil ko‘ndalang kesimlaridagi tezlikni taqsimlanishi o‘xshash emas, o‘rtacha tezlikni o‘qdagi tezlikka nisbati o‘zgarmaydi.
Izlanish natijasida V.A.Baharev va V.N.Troyanovskiy siqilgan oqimlar uchun o‘lchamsiz tenglamalarni tavsiya qilishdi:
bo‘lganda siqilgan oqimni erkin oqim deb qabul qilish mumkin. Siqilgan oqimni tarqalish uzunligi ham xonani ko‘ndalak kesimiga bog‘liq:
Siqilgan oqimni uzunligini uzaytirish oqimni parametrlarini o‘zgartirishga bog‘liq emas. Oqimni uzunligi xmaks o‘tganda u tarqalib ketadi.
|
| |