• 6.4 – rasm.
  • Ventilyasiya va havoni konditsiyalash tizimlari




    Download 28,88 Mb.
    bet23/69
    Sana21.02.2024
    Hajmi28,88 Mb.
    #159966
    1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   69
    Bog'liq
    Вентиляция lotin

    6 .3 rasm. Erkin izotermik oqimni sxemasi

    Agarda havo oqimi o‘z yo‘lida to‘siqlarga duch kelmasa va erkin harakatda bo‘lsa, bunday oqim erkin oqim deyiladi. Agarda oqim o‘z yo‘lida to‘siq konstruksiyalari bilan qisilgan bo‘lsa u holda erkin bo‘lmagan yoki qisilgan oqim deyiladi.


    U mumiy holda albatta xonaning to‘siq konstruksiyalari oqib keluvchi ventilyasiya havo oqimlariga ta’sir ko‘rsatadilar. Lekin ma’lum sharoitlarda bu ta’sirni hisobga olmasdan turib oqib keluvchi havo oqimlarini erkin oqimlar deb ko‘riladi. Havo oqimi to‘siq konstruksiyasining sirtiga yaqin joylashgan tirqishdan hosil bo‘lsa, (masalan shiftga) va bu sirtga parallel tarqalib unga yoyilsa bunday oqim yoyilgan deyiladi. (6.4 – rasm)


    6.4 – rasm. SHiftga yoyilgan oqim
    Texnologik jihozlar yuzasida harorat xonani haroratiga nisbatan katta bo‘lsa, konvektiv oqim hosil bo‘ladi. (6.5 – rasm)

    6.5. – rasm. Erkin konvektiv oqim.
    Hamma oqimlar ikki guruhga bo‘linadi:
    1. Tezlik vektorlari parallel bo‘lgan:
    2. Tezlik vektorlari orasida ma’lum burchak bor bo‘lgan oqimlar.
    Oqib kelish o‘tkazmasini (pritochnыy nasadok) geometrik shakli oqimning shaklini va uning tarqalish qonuniyatlarini aniqlaydi.
    SHakli bo‘yicha ixcham (kompakt), yassi (ploskiy) va xalqasimon (kolsevoy) oqimlar mavjud. (6.6 – rasm)

    6.6 - rasm. Turli shakldagi oqimlar
    a- ixcham o‘qiga nisbatan simmetriyali; v- konussimon; s- yassi; d) xalqasimon (to‘liq konussimon); e) to‘la elpig‘ichsimon

    Ixcham oqimlar havo yumaloq, kvadrat, aylana va to‘g‘ri burchak tirqishlardan oqib chiqayotganda paydo bo‘ladi. YUmaloq tirqishlarda oqib chiqayotgan oqimlar butun uzunligi bo‘yicha yumaloq bo‘lib, o‘z o‘qiga nisbatan simmetriyali bo‘ladi.


    Kvadrat va to‘g‘riburchak tirqishlardan oqib chiqayotgan oqimlar boshida o‘z o‘qiga nisbatan simmetriyali bo‘lmaydi, keyinchalik ma’lum masofadan so‘ng o‘qiga simmetriyali oqim bo‘lib qoladi.
    YAssi oqimlar uzunligi cheksiz bo‘lgan tirqishli tirqishlardan oqib chiqish natijasida hosil bo‘ladi. Amalda tirqish uzunligi uning balandligidan yig‘irma marta katta bo‘lsa, oqim yassi oqim deb hisoblanadi, ya’ni .
    Agar havo oqimi xalqali tirqishdan oqib chiqayotganda kanal o‘qiga nisbatan 180, bunday oqim xalqali, 135 atrofida bo‘lsa-to‘la konusli, va =90-to‘la elpig‘ichli deyiladi.
    Tarqatish va so‘rish tirqishlari atrofidagi havo harakatining su’rati mutlaqo bir-biridan farqlanadi (6.7 – rasm). Agarda so‘rish teshigiga havo oqimi har tomonlaridan bir xilda oqib kelsa, tarqatish teshigida u 25 burchak ostida yoyiladigan havo oqimida otilib chiqadi.


    Download 28,88 Mb.
    1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   69




    Download 28,88 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ventilyasiya va havoni konditsiyalash tizimlari

    Download 28,88 Mb.