• 7.1-§. Sinusoidal tok
  • Vii bob. Elektr zanjirlarga sinusoidal signal ta’siridagi xususiyatlarini hisoblash reja




    Download 397.11 Kb.
    Sana20.10.2023
    Hajmi397.11 Kb.
    #88927
    Bog'liq
    7-ma\'ruza
    kkkk, Б163, BOLALARDA SIL KASALLIGI VA UNING OLDINI OLISH., matlab topshiriq, tuzlarning eruvchanlik deagramasi 12-21 guruh, Mevalar va sabzavotlarni saqlash va qayta ishlashda zamonaviy te, 1-laboratoriya ishi, ERITMALARNING UMUMIY HARAKTERISTIKASI, 1-mavzu, 7- mavzu. Elektr zanjirlarga sinusoidal signal ta’siridagi xusus, 141, 50---ta, Elektrolitik dissotsia, 4-amaliy

    VII BOB. ELEKTR ZANJIRLARGA SINUSOIDAL SIGNAL TA’SIRIDAGI XUSUSIYATLARINI HISOBLASH
    Reja:

    1. Elektr zanjirlarning chastota hususiyatlari

    2. Elektr sxemalaridagi elementlarning sinusoidal ko’rinishida ifodalanishi.

    3. Sinusoidal kattaliklarning vektor tavsiflari va ularning mohiyati.

    4. Sinusoidal funksiyalarni vektor diagrammasi va kompleks sonlar orqali ifodalash.

    5. Empedans uning turlari va qo’llanilishi.

    7.1-§. Sinusoidal tok
    Amaliy elektrotexnikada asosiy rolni o‘zgaruvchan tok o‘ynaydi. Hozirgi -vaqtga kelib deyarli barcha elektr energiya o‘zgaruvchan tok elektr energiyasi ko‘rinishida ishlab chiqaríladi. O‘zgaruvchan tokni o‘zgarmas tokka nisbatan asosiy afzalligi — uni uzatishda kuchlanishni oson va kam isrof bilan o‘zgartirish imkoniyatidir. Bundan tashqari, o‘zgaruvchan tok gcneratorLari va motorlari o‘zgarmas tok mashinalariga nisbatan tuzílishi sodda, ishlashda ishonchli v a narxi arzón.
    Yo‘nalishi va kattaligi davriy ravishda o‘zgarib turuvchi EYuK, tok va kuchlanish o zgaruvchan EYuK, tok va kuchlanish deyiladi. Vaqt bo‘yicha sinusoidal qonunga ko‘ra o'zgaruvchan EYuK, tok va kuchlanish sinusoidal EYuK, tok va kuchlanish deb ataladi. Sinusoidal tok quyidagicha ifodalanadi:
    , (7.1)
    bunda i — tokning o n iy qiymati,[A] — tokning maksimal (amplituda) qiymati, [A], — burchak chastota, [rad/s], — boshlang‘ich faza — faza ( ) ning t = 0 vaqtdagi qiymati, [grad], 7.1 -rasmda sinusoidal tokning to’lqin diagrammasi keltirilgan.

    7.1-rasm. sinusoidal tokning to’lqin diagrammasi


    Davr T-bu muayyan vaqt oralig’i bo’lib , tokning o‘zgarishi takrorlanadi, ya’ni to’liq bitta to’lqin o‘zgarishi kuzatiladi. Bir sekunddagi davrlar soni chastota f deb ataladi: [Gs] — o‘zgaruvchan tokning burchak chastotasi.
    Sinusning argumenti, ya’ni ) kattalik faza deb ataladi. Faza tebranishning oniy t vaqtdagi holatini tasvirlaydi. Elektrotexnik qurilmalar uchun kuchlanishning chastotasi standartlashtirilgan. Yevropada va mustaqil davlatlar hamdo‘stligi hududlarida 50 Gs, AQSh va Yaponiyada esa 60 Gs qilib olingan. Sanoatda maxsus maqsadlar uchun turli xil chastotali o‘zgaruvchan toklardan keng foydalaniladi. Masalan, tezyurar yuritmalarda chastotasi 200— 400 Gs, elektron qurilmalarda — 500 Gs — 50 MGs va h.k. Radiotexnika, televideniyeda Gs gacha va sanoat elektronikasining ko‘p qurilmalarida nisbatan kichik miqdordagi energiyani elektromagnit to’lqinlar vositasida simsiz uzatish uchun yuqori chastotali o'zgaruvchan toklar zarur. Har qanday sinusoidal o 'zgaruvchan funktsiya uchta kattalik bilan aniqlanadi: amplituda qiymati, burchak chastotasi va boshlang'ich fazasi. Past chastotali sinusoidal EYuK va toklar sinxron generatorlar yordamida hosil qilinadi. Yuqori chastotali sinusoidal EYuK va toklar esa yarim o‘tkazgichli generatorlar yordamida olinadi.
    O‘zgaruvchan tokning eng ko‘p tarqalgan manbalaridan biri mexanik energiyani elektr energiyasiga aylantirib beruvchi sinxron generatordir. Sinxron generatorda sinusoidal EYuK olish uchun doimiy magnit maydonida ramka ko’rinishidagi chulg'am o‘zgamas burchak tezligida aylantiriladi. O‘zgaruvchan tok

    7.2-rasm. Generator
    generatorlari ikki asosiy qismdan iborat (7.2-rasm). Qo‘zg‘almas qism — stator 1 va aylanuvchi qism-rotor 2 dir. Ularning birida (ko‘pincha rotorda) doimiy elektromagnit joylashtiriladi va uning chu lg‘amlari o‘zgarmas tok manbaidan ta’minlanadi. Silindrsimon statorning ichki yuzasidagi pazlarda joylashgan chulg ‘amlarda rotorning aylanishi natijasida e=Blv EYuK paydo bo‘ladi, bu yerda V-o‘tkazgich simga ta’sir etuvchi magnit maydon induksiyasi, l-o'tkazgich simning uzunligi, v-aylanuvchi magnit maydonning chiziqli tezligi. Agar l va v kattaliklarni o'zgarmas deb olsak, u holda chulg‘amlardagi EYuK e(t) ning o'zgarish qonuni magnit induksiyasi V ning vaqt bo‘yicha o‘zgarish qonuni bilan aniqlanadi. EYuK egri chizig'ining shakli sinusoidaga yaqin bo'lishi uchun generatorning rotorida joylashtirilgan qutb boshmog‘i chetidagi havo oralig‘i uning markaziga nisbatan 1,5...2 marta kattalashtiriladi. Shu sababdan, magnit induksiyaning o‘zgarish qonuni stator bilan rotor oralig‘ida sinusoidal bo‘ladi, qutb boshmoqlarining o’rtasida magnit induksiyasi maksimal bo‘ lib, qutb boshmoqlarining chetiga qarab kamayib boradi. Agar juft magnit qutblari soni p va rotorning bir minutdagi aylanishlar soni n bo’lsa , u holda o‘zgaruvchan EYuK ning chastotasi:

    Elektrotexnikada o‘zgaruvchan tokning keng qo’llanishi elektr energiyani markazlashgan holda ishlab chiqarish va uni uzoq masofalarga uzatish masalasi yechilganidan keyin boshlandi. Energiyani uzatish va taqsimlash iqtisodiy tarafdan hamda xavfsizlik nuqtai nazaridan uzatish uchun yuqori kuchlanishni va taqsimlash uchun esa nisbatan past kuchanishni talab etadi. 0‘zgaruvchan tok kuchlanishini o'zgartirish nihoyatda sodda statik apparat — transformator yordamida bajariladi. Agar birxil chastotali birnecha sinusoidal funksiyalar(masalan, EYuK va tok) sinusoidalarining boshlanishlari mos kelmasa, u holda bu sinusoidalar faza jihatidan bir biriga nisbatan siljigan deyiladi. Faza siljishi tok va EYuK boshlang'ich fazalarining ayirmasi bilan o’lchanadi, ya’ni
    Agar bir xil chastotali sinusoidal funksiyalar boshlang‘ich fazalari bir xil bo‘lsa, u holda sinusoidalar faza jihatidan mos tushadi. Agar fazalar ayirmasi ± /2 ga teng bo‘lsa , u holda sinusoidalar bir biriga nisbatan kvadraturada deyiladi.
    O'zgarmas tok metallarda erkin elektronlarning barqaror ilgarilanma harakatidan iboratdir. Agar elektronlar tebranma harakatda bo'lib, tok vaqt birligi ichida ham qiymati, ham yo'nalishini davriy o'zgartirib tursa, bunday tok o'zgaruvchan tok deb yuritiladi.
    Download 397.11 Kb.




    Download 397.11 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Vii bob. Elektr zanjirlarga sinusoidal signal ta’siridagi xususiyatlarini hisoblash reja

    Download 397.11 Kb.