Windows 95 tavsiyanomalari




Download 10,98 Mb.
bet7/38
Sana05.02.2024
Hajmi10,98 Mb.
#151659
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   38
Bog'liq
7 -bob

Windows 95 tavsiyanomalari


Windows 95 da foydalanuvchilar 4 turdagi tavsiyanoma bilan ishlashi mumkin:



  • AT ning asosiy tavsiyanomasi;

  • barcha obyektlarning kontekst tavsiyanomalari;

  • dastur tavsiyanomalari;

  • dastur va hujjat darchalarining, shuningdek, muloqot darchalarining boshqaruvchi tavsiyanomasi.

tavsiyanoma - bu biror operatsiyani bajarish imkonini beruvchi buyruqlar majmuidir. tavsiyanoma bandlari orasida buyruqlardan tashqari ost tavsiyanomaga kirish imkonini beruvchi bandlar ham bo’lishi mumkin. Bu holda biz ierarxik yoki ichma-ich joylashgan tavsiyanoma bilan ishlaymiz. Buni dasturlarni ishga tushirish tavsiyanomasi misolida ko’rishimiz mumkin.
Tavsiyanomalar monitor ekranida joylashishiga ko’ra, vertikal va gorizontal tavsiyanomalarga bo’linadi. Dastur darchalarining tavsiyanomasi gorizontal bo’lib, u sarlavha satrining tagida joylashgandir.
Vertikal tavsiyanoma-yuqoridan pastga qarab ochiluvchi tavsiyanomadir. Windows 95 da vertikal tavsiyanomaning boshqa ko’rinishi, suzib chiquvchi deb nomlangan va pastdan yuqoriga qarab ochiluvchi ko’rinishi ham ishlatilgan. Tizimning asosiy tavsiyanomasi ana shunday tavsiyanomadir. Suzib chiquvchi tavsiyanomaning yana bir turi -kontekst tavsiyanoma deb atalib, u darchaning ixtiyoriy joyida sichqonning o’ng klavishasini bosganda ochiladigan tavsiyanomadir.
tavsiyanomalar tizimida ishlatiladigan shartli belgilashlar:

  • agar tavsiyanoma bandi davomida ko’p nuqta (...) berilsa, shu band bajarilganda muloqot darchasi ochiladi;

  • agar tavsiyanoma bandi davomida uchburchak () berilsa, shu band bajarilganda ost tavsiyanoma ochiladi;

  • agar tavsiyanoma bandi kul rang harflarda yozilgan bo’lsa, tavsiyanomaning shu bandi ayni vaqtda faol emasligini bildiradi;

  • agar tavsiyanoma bandi davomida tugma yoki tugmalar kombinatsiyasi ko’rsatilgan bo’lsa, u holda tavsiyanomaning shu bandini tavsiyanomaga kirmasdan turib klaviatura yordamida ko’rsatilgan tugmalarni bosib bajarish mumkin. Bu tugmalar akselerator tugmalar (shortcut keys) deyiladi;

  • tavsiyanoma bandidagi tagiga chizilgan harf qaynoq tugma (hot key) deb nomlanadi. tavsiyanoma faol vaqtda klaviaturadan shu harfni bosib tegishli buyruqni bajarish mumkin;

  • agar tavsiyanoma bandi oldida qalin nuqta () yoki () belgisi bor bo’lsa, alternativ variantlardan birortasi tanlanganini bildiradi.


Download 10,98 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   38




Download 10,98 Mb.