• piktogrammalar
  • Мой компьютер
  • Vii bob. Windows tizimlari windows haqida umumiy tushunchalar




    Download 10,98 Mb.
    bet4/38
    Sana05.02.2024
    Hajmi10,98 Mb.
    #151659
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38
    Bog'liq
    7 -bob

    Windows 95 ni chaqirish


    Windows bilan ishlash uchun, avvalo, u kompyuter xotirasiga chaqirilishi lozim. Windows 95 amaliyot tizim bo’lgani uchun ham u kompyuter ishga tushirilishi bilan yuklanadi va ekranda quyidagi darcha paydo bo’ladi (qobiq dasturlarda maxsus buyruqlar yordamida ishga tushiriladi, masalan, Window 3.1, 3.11 uchun MS DOS ning buyruqlar satrida Win teriladi va Enter bosiladi).


    Windowsning bu ekrani Ish stoli deb ataladi. Sizning odatdagi ish stolingizdagi hujjatlar, asboblar, yozuv qo/oz­lari va shu kabilar joylashganidek kompyuter ekranida ham ishlash uchun kerak bo’lgan ma’lumotlar joylashtiriladi (yuqoridagi rasmga qarang). Ish stoli ko’rinishi foydalanuvchi tomonidan o’zgartirib turilishi mumkin. U foydalanuvchi ko’p ishlatiladigan dasturlarni joylashtirish uchun qo’llani­ladi. Windows ish stolining elementlar to’plami kompyuterning sozlovchilari bilan bog’liq.







    7.1-rasm.


    Windows da ko’plab elementlarni yodda saqlash, ajratib olish va ular bilan ishlash oson bo’lishi uchun piktogrammalar (yorliqlar) deb ataluvchi mos rasmchalar qo’yiladi. Ularni ko’pincha ikonalar (timsollar) deb ham ataydilar. Ular mos dasturni xotiraga tez chaqirish (yuklash) imkoniyatini beradi. Mualliflar dasturlar uchun ularning mohiyatini ifodalab beruvchi maxsus rasmchalar tayyorlaydilar. Hujjat fayllari uchun piktogramma sifatida o’sha hujjat tuzilgan dasturning belgisi ko’rsatiladi.


    Ish stolida quyidagi elementlar joylashgan bo’lishi mumkin:

    • papkalar (tizimning va foydalanuvchining papkalari);

    • hujjat va dastur fayllari;

    • qurilmalar, papkalar va fayllar uchun yorliqlar.

    Biroq, odatda ekranda ko’proq hollarda tizim papkalari va ko’p murojaat qilinadigan obyektlarning yorliqlari joylashgan bo’ladi.
    Tizim papkalari (System Folder)-Windows 95 AT tomonidan tashkil etilgan papkalardir. Tizim papkalariga quyidagilar kiradi:
    Мой компьютер (Mening kompyuterim). Bu papka siz ishlayotgan kompyuterning obrazi bo’lib, uning yordamida kompyuter resurslariga (ya’ni, qattiq hamda yumshoq disklar, CD-ROM, tarmoq disklariga, shu kabilarga) ulanish va kirishingiz mumkin.


    Quyidagi darchada Мой компьютер da mavjud dasturlar keltirilgan. U disk, MS DOS, CD ROM [D:], boshqaruv paneli (Panel upravleniya), printerlar (Printero’), uzoqlashgan tarmoqda kirish (Udalenno’y dostup k seti).

    7.2-rasm.


    Download 10,98 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38




    Download 10,98 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Vii bob. Windows tizimlari windows haqida umumiy tushunchalar

    Download 10,98 Mb.