• Mavjud dastur ta’minoti bilan muvofiqligi
  • Ma’lumotlar almashinuvi
  • «Пуск»
  • Plug and Play
  • Vii bob. Windows tizimlari windows haqida umumiy tushunchalar




    Download 10,98 Mb.
    bet2/38
    Sana05.02.2024
    Hajmi10,98 Mb.
    #151659
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38
    Bog'liq
    7 -bob

    Universal grafika – Windows dasturlarning quril­malarga va dastur ta’minotiga bog’liqsizligini ta’minlaydi.
    Yagona interfeys – Windowsda foydalanuvchining muloqoti yagona, ya’ni turli dasturlar bilan ishlash qoidalari umumiydir. Shuning uchun yangi dastur bilan ishlaganingizda bu qoidalardan foydalanishingiz mumkin.
    Mavjud dastur ta’minoti bilan muvofiqligi - Windows MS DOSning barcha amaliy paketlari, muharrirlari, elektron jadvallari ishini ta’minlaydi.
    Ko’p masalaliligi – Windows bir paytning o’zida bir necha hujjat bilan ishlaydi, bir dasturdan boshqasiga o’tish­ni ta’minlaydi. Mavjud tezkor xotiradan to’liq foydalanish imkoniyati mavjud. Qurilma resurslaridan ham to’liq foydalaniladi. Windows qurilmalari orasidagi muloqotni dasturlarning o’zi ta’minlaydi
    Ma’lumotlar almashinuvi – Windows dasturlararo ma’lumot almashish imkoniyatiga ega. Bu maxsus Clipboard (ma’lumot almashish buferi), yoki DDE (Dinamic Data Exchange - ma’lumotlarning dinamik almashinuvi, ya’ni boshqa dastur natijalaridan foydalanish), OLE (Object-Linking Emboding - dastur ilovalarida ma’lumotlardan tahrirlangan holda foydalanish) yordamida amalga oshiriladi.
    Dasturlardan foydalanishning oddiyligi tufayli foydalanuvchini o’rgatishga talablar kamaydi va tajribali foydalanuvchilar tizimning yangi imkoniyatlarini tashqi yordamsiz o’zi o’rganishi mumkin. Buning uchun «Пуск»- ishga tushirish knopkasidan, masalalar panelidan, Проводник (Windows 95 bo’ylab Boshlovchi), dasturlar ustasi, ma’lumot berishning yangi tizimlari va imkoniyatlaridan foydalaniladi.
    Kompyuter tarmoqlarini ishchi holatida saqlab turish, o’rnatish, sozlash Windows 95 ning ichki imkoniyatlarida mavjud bo’lib, u bunday ishlarni tez bajaradi.
    Windows 95 da 32 razryadli NetBEUI, IPX/PX yoki TPC/IP protokollari va NDIS yoki ODI drayverlari o’rnatilgan NetWare yoki Maykrosoft kompyuter tarmoqlarini qo’llaydigan ichki imkoniyatlar mavjud.
    Plug and Play (ula va ishla) texnologiyasi shaxsiy kompyuterlarga yangi qurilmalarni ishlatishdek murakkab jarayonlarni o’rnatadi va sozlaydi. Buning uchun kompyuterda ishlatiladigan qurilma Plug and Play talabiga javob beradigan qurilma bo’lishinini talab qiladi, xolos.
    Windows 95 turli kompyuter tarmoqlari uchun juda qulay dastur vositasi bo’lib, o’zida taqsimlangan kompyuter tarmoqlari, elektron pochta, ko’chma kompyuterlar (inglizcha Notebook), multimedia vositalarini qo’llashi va boshqa xususiyatlari bilan alohida ajralib turadi.
    Hujjatlarni tahrirlovchi Word 7.0 muharriri ham Windows 95 tarkibiga kiritilgan.
    Bundan tashqari, Windows 95 ilgari MS DOS, Windows tizimlari bilan ishlatiladigan amaliy dasturlar bilan bemalol ishlaydi.
    Windows 95 uzoq masofada joylashgan kompyuter tarmoqlari bilan ishlashni soddalashtiradi.



    Download 10,98 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38




    Download 10,98 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Vii bob. Windows tizimlari windows haqida umumiy tushunchalar

    Download 10,98 Mb.