• Windows 95 foydalanuvchilari doirasi
  • Vii bob. Windows tizimlari windows haqida umumiy tushunchalar




    Download 10,98 Mb.
    bet1/38
    Sana05.02.2024
    Hajmi10,98 Mb.
    #151659
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38
    Bog'liq
    7 -bob

    VII BOB. Windows TIZIMLARI

    Windows haqida umumiy tushunchalar




    Windows (inglizcha Windows -darchalar, derazalar degan ma’noni anglatadi) Microsoft (MS) firmasining dastur mahsuli bo’lib, maxsus tayyorgarlikka ega bo’lmagan kompyuterdan foydalanuvchilar uchun mo’ljallangan amaliyot tizimdir. Uning asosiy maqsadi - kompyuterdan foydalanishni iloji boricha sodda va o’rganish uchun oson, shu bilan birga, foydalanuvchiga mumkin qadar keng imkoniyatlar yaratish holiga keltirishdir. Mazkur talablarga javob beruvchi MS Windows 95 amaliyot tizimi 1995 yil avgust oyida ishlatila boshlangan bo’lsa, uning ruscha varianti 1995 yilning sentabridan Rossiyada qo’llanila boshlandi.
    MS Windows 95 Windowslarning yangi lahjasi emas, balki o’ta murakkab dasturlar majmui bo’lib, shu bilan birga foydalanish uchun oson, amaliyot tizimdir.
    Windowsning avvalgi lahjalari (masalan, Windows 3.0, 3.1, 3.11, 3.12) asos sifatida MS DOSni qabul qilgan bo’lsa, Windows 95 o’zi mustaqil bo’lib, kompyuterda boshqa bir amaliyot tizimning bo’lishini talab qilmaydi. Lekin shu bilan birga bu muhitda MS DOS va Windowsning eski lahjalari bilan ishlash imkoniyati saqlangan.
    Amaliyot tizim sifatida MS Windows 95 quyidagi afzalliklarga ega:

    • o’zlashtirishda nihoyatda oddiy va imkoniyatlaridan foydalanish ko’lami qulay;

    • u yuqori samaradorlikka ega va mazkur xususiyati bilan Windowsning istalgan avvalgi lahjalaridan keskin farqlanadi. Xususan, Microsoft firmasi yangi 32 razryadli yadroni tatbiq etish bilan samaradorlik va ishonchlilikni keskin oshirishga erishdi;

    • iste’molchi atigi bitta dasturiy ta’minot mahsulotini xarid qilib, qator muhim imkoniyatlarni qo’lga kiritadi: universal tarmoq mijoziga aylanadi, elektron pochtadan foydalana oladi, multimedia vositalaridan bahra oladi va hokazo;

    • sodda, dasturlar majmui barkamol va yuqori unumlilikka ega.

    Windows 95 foydalanuvchilari doirasi


    Windows 95 keng doiradagi foydalanuvchilar uchun mo’ljallangan bo’lib, ixtiyoriy sohadagi masalalarni yechmasa-da, ularni yechish uchun qulay vosita rolini o’ynaydi. WINDOWS muhiti foydalanuvchi uchun qulay bo’lgan ko’pgina imkoniyatlarga ega bo’lgan dasturdir. U MS DOS imkoniyatlarini sezilarli darajada kengaytiradi.


    Windows muhitida ishlash natijasida foydalanuvchi ko’pgina qulayliklarga ega bo’ladi. Bunda fayl va kataloglarning nusxasini olish, ko’chirish, qayta nomlash, o’chirish va hokazo amallar tezda va yaqqol bajariladi. Shu bilan birga bir payt­ning o’zida bir necha katalog bilan ishlash imkoniyatiga ega.
    Bu dastur bir paytning o’zida bir necha masalalarni yechish, ixtiyoriy printer va displey bilan, MS DOS dasturlari bilan ishlash qobiliyatiga ega.
    Yagona interfeysga, ya’ni Windows turli lahjalari va dastur ilovalari bilan ishlashning standart qoidalariga egaligi muhimdir.
    Hozirgi kunda Windows millionlab foydalanuvchilarning e’tiborini o’ziga tortdi. Microsoft firmasi Windowsni takomillashtirish borasida tinimsiz ish olib bormoqda. Shu bilan birga turli dasturlar ilovalarining yaratilishi Windows ning imkoniyatlarini yanada oshirmoqda. Bu Microsoft Word, Page Maker, Excel, Corel Draw va hokazolardir.
    Windows 95 32 razryadli amaliy dasturlarni ishlatish imkoniyatini beradi. 32 razryadga mo’ljallangan amaliy dasturlar interfeysi Application Programming Interface (API) hozirda ko’p ishlatiladigan tarmoq amaliyot tizimlar- Windows NT yordamida ishlaydigan amaliy dasturlar bilan bemalol ishlashi mumkin. Bu esa amaliy va amaliyot tizimlarni qo’llaydigan yangi dasturlar yaratish imkoniyatini beradi. Hatto kompyuter tarmoqlarini ishlatish va tizim administratorlari (boshqaruvchilari)dan foydalanish jarayoni qator qulayliklarga ega bo’ldi.
    Windows 95 ni ishchi holatida saqlab turish va uni o’rganish ilgarigiga nisbatan kam vaqt va urinishlarni talab qiladi. Tizim shunday «aqllilashganki», u qator murakkab amallarni o’zi mustaqil bajaradi. Bunday amallar sifatida periferiya qurilmalarining ishlashini ta’minlash, foydalanuvchi muhitini qayta o’zgartirishni (yangi imkoniyatlarni qo’shish) va boshqalarni keltirishimiz mumkin.
    Windows 95 ning qo’llanilishida foydalanuvchilarni o’qi­tish, o’rgatish, tizimni ishchi holda saqlab turish, uni sozlash ishlarini tez va ortiqcha harakatsiz amalga oshirish mumkinligi bu sohada ketadigan xarajatlarni juda kamaytiradi.
    Windows 95 ning ba’zi imkoniyatlari quyidagilardir:

    Download 10,98 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38




    Download 10,98 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Vii bob. Windows tizimlari windows haqida umumiy tushunchalar

    Download 10,98 Mb.