Viii-bob. Ihtt mamlakatlarida “yashil o‘sish”ni ta’minlash modellari




Download 0,89 Mb.
bet1/18
Sana13.12.2023
Hajmi0,89 Mb.
#118045
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
8-mavzu
Axborot xati uzb-rus, Alkimyoni tugagallanishi va birlashish davring boshlanishi-fayllar.org, 08 Ma’lumotlar tuzilmasi va Algoritmlar I., 01. Anatomiyaga kirish, Intensiv 2024 mehnat ta`tili grafigi, [-]-fayllar.org, ddddddddddddddddd, Abdullayev M.T. Kimyo

VIII-BOB. IHTT MAMLAKATLARIDA “YASHIL O‘SISH”NI TA’MINLASH MODELLARI





    1. IHTT mamlakatlarida “yashil iqtisodiyot”ga o‘tish dasturlari: umumiy va farqli jihatlar

Jahon iqtisodiyotining modernizatsiyalashuvi yangi texnologik ukladga o‘tishi globallashuv jarayonining harakatlantiruvchi kuchi hisoblanadi. Rivojlangan mamlakatlar uchun yangi texnologik uklad iqtisodiyotning samaradorligi, raqobatbardoshligini oshirish bilan bir vaqtda aholining turmush sifati va yashash muhitini yaxshilashga xizmat qilishi zarurligi muhim jihat sanaladi. IHTT 2009 yilda bayon etilgan maqsadga erishish yo‘li sifatida 2030 va 2050 yillarga mo‘ljallangan uzoq muddatli “yashil o‘sish”211 strategiyasini qabul qildi.


8.1.1-jadval

IHTT mamlakatlarida “yashil iqtisodiyot”ga o‘tish va “yashil o‘sish”ni ta’minlash bo‘yicha qabul qilingan strategiyalar212


Mamlakat

Maqsadi va ustuvor yo‘nalishlari

Yevropa Ittifoqi

“Yevropa 2020” dasturi (2015 y.), “Yevropa yashil bitim” dasturi (2019 y.) Past uglerodli iqtisodiyotga o‘tishni ta’minlash, resurslar iste’molini qisqartirish bilan bir vaqtda iqtisodiy o‘sish, raqobatbardoshlikni
oshirish, iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish va resurslardan foydalanishning atrof-muhitga salbiy ta’sirini cheklash.

Buyuk Britaniya

Sanoatni rivojlantirish (Industrial Strategy - 2017 y.), Sof o‘sish strategiyasi (Clean Growth Strategy - 2017 y.). Iqtisodiyotning barcha sektorlarida issiqxona gazlari miqdorini pasaytirish. Past uglerodli
innovatsiyalar”ni qo‘llab-quvvatlash.

Fransiya

“YAshil o‘sishga energetik o‘tish to‘g‘risida”gi (2015 y.) va “Bio xilma-xillik, tabiat va landshaftni tiklash to‘g‘risida”gi qonunlar (2016 y.); “Past uglerodli” va “2015-2020 yillarda barqaror rivojlanishga ekologik o‘tish” milliy strategiyalari (2015 y.). Neftga asoslangan energetika modelidan keyingi rivojlanishga asos solish. Energiya ta’minoti, narxlar o‘zgarishi, resurslarning tugab borishi va atrof-muhit muhofazasi bilan bog‘liq
muammolarni hal etish.

YAponiya

“Energetika strategiyasi”. Issiqxona gazlari miqdorini 2030 yilgacha 26%, 2050 yilgacha 80%ga qisqartirish, tiklanadigan energiya manbalari
ulushini 22-24%ga oshirish.

Koreya Respublika si

“YAshil o‘sish milliy strategiyasi va besh yillik reja” (2009-2013 yy.); Koreyada 2040 yilgacha vodorod iqtisodiyotini rivojlantirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”. Barqaror o‘sishni ta’minlashga ko‘maklashish, atrof-muhit uchun
qulay muhit yaratish; aholi turmush sifatini oshirish; xalqaro darajada iqlim o‘zgarishlariga qarshi kurashishga hissa qo‘shish.



211 IHHT ta’rifiga ko‘ra “yashil o‘sish” iqtisodiyotni “yashil iqtisodiyot”ga transformatsiyalashning kompleks strategiyasi hisoblanadi.
212 Otsenka okrujayuщey sredы Evropы. Evropeyskoe agentstvo po okrujayuщey srede, 2011. Obobщayuщiy doklad. Kopengagen. [Elektronnыy resurs]. URL: http://www. eea. europa. eu.
IHTTning “yashil o‘sish” ko‘rsatkichlari quyidagi strategik yo‘nalishlar bo‘yicha guruhlashtirilgan:

  • resurslarni tejovchi, past uglerodli iqtisodiyotga o‘tish;

  • tabiiy kapitalni asrab qolish;

  • aholining turmush sifatini yaxshilash;

  • “yashil o‘sish” taklif etayotgan iqtisodiy imkoniyatlarni rag‘batlantirish borasida siyosat olib borish.

Qayd etib o‘tilgan strategik yo‘nalishlar IHTT mamlakatlarida “yashil iqtisodiyot”ga o‘tish dasturlarining maqsadi va umumiy jihatlarini belgilab beradi. Ushbu mamlakatlarda “yashil iqtisodiyot”ni rivojlantirishning amaliy yo‘nalishlari qishloq xo‘jaligidan biznesni qo‘llab quvvatlashgacha va innovatsiyalardan “yashil” bandlikka qadar o‘zgarib turadi. Global moliyaviy inqirozdan sezilarli zarar ko‘rgan Gretsiya, Irlandiya va Ispaniya kabi mamlakatlar “yashil iqtisodiyot” asosida iqtisodiy o‘sish va “yashil bandlik”ni ta’minlashga harakat qilishmoqda. Iqtisodiyotning birlamchi sektoriga ko‘proq bog‘liq mamlakatlarda (Fransiya, Norvegiya, Finlyandiya) tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va yoqilg‘i resurslariga ega bo‘lmagan mamlakatlarda esa (Avstriya) energetika va energiyani tejash masalalariga jiddiy e’tibor qaratilmoqda.
Germaniya, Norvegiya, Daniya va Koreya Respublikasida “yashil iqtisodiyot” modeli iqtisodiy rivojlanishda etakchi mavqega ega. Ammo aksariyat mamlakatlarda hukumat “katta biznes” bosimi ostida “yashil iqtisodiyot” modelining cheklangan dastaklaridan foydalanishga majbur bo‘lmoqda. Ushbu mamlakatlarda “yashil iqtisodiyot” modeliga o‘tish jarayonining sekinlashishini iqtisodiy o‘sish sur’atlarining pasayib ketishi bilan izohlanadi.



11,7


12,1


13,0

14,6
13,4

13,0

12,3


12,3


12,3


12,4


12,0


9,7

10,0

10,7






















1990

1995

2000

2005

2010

2015

2016

2017

2018

2019


8.1.1-rasm. Dunyo mamlakatlarida atmosferaga chiqarilayotgan SO2 miqdorining o‘zgarishi, mlrd. tonna213.


Jahonda “yashil iqtisodiyot”ga o‘tishni baholashning muhim ko‘rsatkichi issiqxona gazlari emissiyasi miqdorini Parij bitimida qabul qilingan




213 BP Statistical Review of World Energy 2020 ma’lumotlari asosida tuzilgan.
maqsadli, ya’ni 1990 yil ko‘rsatkichiga tenglashtirish hisoblanadi. BP ma’lumotlari 1990-2019 yillarda atmosferaga chiqarilayotgan SO2 miqdori jahon bo‘yicha 1,6 martaga oshgani holda, IHTTga a’zo mamlakatlarda 103,3%ga, IHTTga a’zo bo‘lmagan mamlakatlarda esa 2,3 martaga o‘sganligini ko‘rsatmoqda. Sanoat jihatdan taraqqiy etgan mamlakatlarda SO2 miqdori 11,7 mlrd. tonnadan 12,4 mlrd. tonnaga qadar oshgan bo‘lsa-da, ularning jahondagi ulushi 54,6%dan 35,2 %ga qadar qisqargan (8.1.1-rasm). Bu holatni rivojlanayotgan mamlakatlar guruhining ayrim mamlakatlari (Xitoy, Hindiston)da sanoatlashish jarayonlarining jadal sur’atlarda amalga oshirilayotganligi hamda ba’zi rivojlangan mamlakatlar (AQSH, YAponiya)da “yashil iqtisodiyot” tamoyillarini hayotga tadbiq etishda maqsadli dasturlarning mavjud emasligi bilan izohlash mumkin.
Sanoat jihatdan taraqqiy etgan mamlakatlar tomonidan issiqxona gazlari emissiyaning qisqarishi asosan EI hisobidan amalga oshganini kuzatish mumkin. AQSH va YAponiya ulushi bu davrda sezilarli oshmagan bo‘lsa- da 1990 yil ko‘rsatkichiga nisbatan qisqarmagan. Birinchilardan bo‘lib, “yashil iqtisodiyot”ga o‘tish milliy dasturini qabul qilgan Koreya Respublikasida esa SO2 emissiyasi salkam uch baravarga oshgan (8.1.2-jdval).
8.1.2-jadval

Jahonda atmosferaga chiqarilayotgan SO2 miqdori tarkibining



Download 0,89 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Download 0,89 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Viii-bob. Ihtt mamlakatlarida “yashil o‘sish”ni ta’minlash modellari

Download 0,89 Mb.