|
Выражение субъектно-предикативных отношений. Выражение квалификации характеристики лица( предмета явления). Лексическая тема: Узбекистан
|
bet | 1/8 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 1,05 Mb. | | #235000 |
Bog'liq Shohzamon Bolikulov Mavzu : Turistik xizmat ko'rsatish korxonalarida daromadlar hisobini takomillashtirish Mundarija: Mundarija: I BOB. Turistik xizmat koʻrsatish korxonalari va ularda daromadlar hisobining nazariy asoslari. II BOB. Turistik xizmat koʻrsatish korxonalarida daromadlar hisobining tahlili. (Silk tour misolida) III BOB. Turistik xizmat koʻrsatish korxonalarida daromadlar hisobini takomillashtirish yoʻllari Bugungi kunda mamlakatda turizmni milliy iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish, hududlarni jadal rivojlantirish, yangi ish oʻrinlarini yaratish, aholining daromadlari va turmush darajasini oshirish, mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligini oshirishni taʼminlovchi strategik tarmoqlardan biri sifatida rivojlantirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Viza rejimining liberallashtirilishi, chet el fuqarolarini roʻyxatga olish tartibining soddalashtirilishi, turizm tarmogʻini rivojlantirish uchun imtiyoz va preferensiyalar berilishi milliy turizm salohiyatini ichki va tashqi bozorlarda samarali targʻib qilish imkonini berdi. Turizmni, avvalambor, xususiy sektorda rivojlantirish uchunqulay shart- sharoitlar yaratish, koʻrsatilayotgan xizmatlarning raqobatbardoshligini va sifatini oshirish, milliy turizm mahsulotini dunyo bozorida faol va kompleks ravishda targʻib qilish, bularning barchasi 2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarga muvofiqdir. Iqtisodiyotda turizm sohasining rolini oshirish uchun iqtisodiy resurslardan samarali foydalanish, shu jumladan 2025 yilda turizm eksportini 951 mln. AQSh dollaridan 2,2 mlrd. AQSh dollarigacha oshirishni ta‘minlaydi. Uzoq istiqbolda O‘zbekiston turizmi milliy iqtisodiyotdagi yutuqlar bilan cheklanib qolmasdan, mintaqa va dunyo turistik xizmatlari bozoriga eng raqobatbardosh davlatlar qatorida kirib borishi maqsad qilingan. Turizm industriyasi subyektlari faoliyati uchun qulay shart-sharoitlarni shakllantirishga yo‘naltirilgan turizm faoliyati sohasidagi qonun hujjatlarini va normativ-huquqiy baza shakllanmoqda. Turizmning rivojlanishidagi barcha to‘siq va g‘ovlarga barham berish, viza va ro‘yxatdan o‘tkazish tartib-taomillarini, pasport va bojxona nazoratini soddalashtirish, turizm sohasini davlat tomonidan boshqarish va bozorga xos tarzda tartibga solish mexanizmini maqbullashtirilmoqda. Turizm sohasida tadbirkorlik faolligini rag‘batlantirish va turizm xizmatlari bozorida raqobatni rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlarni hamda, turizm sohasida statistik hisobga olish tizimini takomillashtirilmoqda.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Выражение субъектно-предикативных отношений. Выражение квалификации характеристики лица( предмета явления). Лексическая тема: Узбекистан
|