Virtual tarmoq texnologiyalari




Download 11,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/70
Sana26.05.2024
Hajmi11,81 Mb.
#254490
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   70
Bog'liq
VTT metodichka Uzb

10.4. Ishni bajarish tartibi 
10.4.1. Kerio Control uchun virtual mashina yaratish 
Kerio Control dasturi VMware ESXi gipervizorida alohida virtual mashinaga 
o‘rnatiladi. Shuning uchun Kerio Control ga alohida virtual mashina yaratish lozim 
bo‘ladi. Oldingi laboratoriya mashg‘ulotalaridagi bajarilgan ishlarga o‘xshash 
holatda virtual mashina yaratiladi. 
Buning uchun 7-laboratoriya ishidagi bajariladigan vazifalar ayrim 
parametrlar o‘zgartirilgan holda takrorlanadi.
10.2-rasm. VMware ESXi gipervizorining boshqaruv interfeysi 


166 
Tayyorlangan server terminali ishga tushiriladi va u bilan aloqa o‘rnatiladi 
(simli yoki simsiz). Keyinchalik, server terminali ishga tushgach, brauzer dasturi 
ochiladi va kerakli ip manzilni (masalan: https://192.168.1.111/) qidiruv bo‘limiga 
kiritish orqali VMware ESXi gipervizorining boshqaruv interfeysi ochiladi. 
Interfeysga kirish uchun shartli tarzda login va parol kiritiladi (login va parollar 7-
laboratoriya ishida sozlangan bo‘lishi kerak) (10.2-rasm). 
Boshqaruv interfeysida yangi virtual mashina (VM) yaratiladi, bu 
“Create/Register VM” tugmasi orqali amalga oshiriladi.
10.3-rasm. Yangi VM yaratilishi 
Uning ketma-ketligi quyidagicha Create a new virtual machine →Name (nom 
beriladi, masalan: KerioControl) →Compatibility: ESXi 6.7 virtual machine qilib 
tanlanadi →Guest OS family: Linux tanlanadi (chunki, Kerio Control dasturining 
o‘zi linux operatsion tizimi asosida ishlab chiqilgan hisoblanadi) → Guest OS 
version: Other Linux (64-bit) qilib tanlanadi. Biz o‘rnatayotgan Kerio Control 
dasturi qaysi Linux operatsion tizimiga moslab qilinganligini haqida ma’lumotga 
ega emasmiz, agarda aynan qaysi bir versiyadagi Kerio Control dasturini qaysi bir 


167 
Linux operatsion tizimi versiyasi asosida ishlab chiqarilganligi bilish kerak bo‘lsa 
o‘sha dastur versiyasi bo‘yicha ishlab chiqaruvchining maxsus sayti orqali ma’lumot 
topsa bo‘ladi (10.3-rasm). 
Keyingi qadamda Next tugamasi orqali navbatdagi sozlamalarga o‘tiladi. 
“Select storage” bo‘limi o‘zgarishsiz qoladi va keyingi sozlash bo‘limiga 
“Next”tugamasi orqali o‘tiladi. 
“Customize settings” bo‘limida parametrlar tanlanadi, ushbu parametrlar 
Kerio Control dasturi talablaridan kelib chiqib tanlanadi. Kerio Control dasturining 
talablari quyidagicha: CPU: 2, Operativ xotira: 2Gb, Doimiy xotira (Hard Disk): 
8Gb, Tarmoq interfeysi (Network adapter): 2 ta (Kerio Control dasturining ishlash 
printsipiga ko‘ra himoyalanuvchi tarmoq ya’ni lokal tarmoq alohida tarmoq 
interfeysiga va umumiy foydalanadigan tarmoq (masalan: internet tarmog‘i) boshqa 
tarmoq interfeysiga ulaniladi). Yangi tarmoq interfeysi “Add network adapter” 
tugmasi orqali qo‘shiladi. Natijada 10.4-rasmdagidek sozlanish hosil bo‘lishi kerak.
10.4-rasm. “Customize settings” bo‘limi. 


168 
Keyingi sozlash bo‘limi yaratiladigan VM haqida umumiy ma’lumotlarni o‘z 
ichiga oladi, unda xech qanday o‘zgartirishlar amalga oshirilmaydi. Shuning uchun 
unga o‘tiladi va “Finish” tugmasi bosiladi. 
Natijada yangi “KerioControl” nomli VM yaratiladi (10.5-rasm). 
10.5-rasm. VM KerioControl. 

Download 11,81 Mb.
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   70




Download 11,81 Mb.
Pdf ko'rish