3
KIRISH
“Virtual tarmoq texnologiyalari” fani talabalarga virtual mashinalar va virtual
tarmoq
komponentalarini yaratish, Virtual lokal tarmoqlar, Virtual xususiy
tarmoqlar va Dasturiy konfiguratsiyalanadigan tarmoqlarni (SDN) ni tashkil etish va
boshqarish, Tarmoq funksiyalarini virtuallashtirish (NFV) bo‘yicha
nazariy va
amaliy bilimlar beradi, shuningdek,
talabalarda VirtualBox, Hyper-V va VMware
ESXi gipervizorlarini o‘rnatish va konfiguratsiyalarini sozlash,
ularda virtual
mashina yaratish, virtual disklar ustida ishlash,
tarmoq sozlamalarini amalga
oshirish hamda virtual kommutator va virtual marshrutizator yaratish bo‘yicha
ko‘nikmalar hosil qiladi.
Laboratoriya ishlarini o‘zlashtirishda talabalardan zamonaviy tarmoqlar,
ularni loyihalash, kompyuter
tarmoqlarining elementlari, funksional va tarkibiy
tuzilishi, protokollar va ularning vazifalari, OSI va TCP/IP protokollar steki hamda
Internet tarmoqlari haqidagi bilimlarga ega bo‘lishi talab qilinadi.
Talabalar Ushbu qo‘llanma bo‘yicha laboratoriya mashg‘ulotlarini bajarish
natijasida quyidagi bilim va ko‘nikmalarni egallashadi:
– VirtualBox platformasida virtual mashina yaratish va sozlash, unda virtual
tarmoq sozlamalarini o‘rnatish;
– Windows OS da Hyper-V gipervizorini o‘rnatish va sozlash, virtual mashina
yaratish va virtual tarmoq konfiguratsiyalarini sozlash;
– VMware ESXi gipervizorini o‘rnatish va konfiguratsiyalarini sozlash, unda
virtual mashina yaratish, virtual disklar ustida ishlash hamda virtual kommutator
yaratish;
– VMware ESXi asosida korporativ tarmoq qurish;
– VMware ESXi da Kerio Control dasturini o‘rnatish va konfiguratsiyalarini
sozlash, Proxy serverda trafik qoidalarini yaratish va foydalanuvchilarni boshqarish,
VPN asosida xavfsiz tarmoqni qurish.
– CPT 8 muhitida SDN kontrollerni o‘rnatish va sozlash,
uning asosida
tarmoq qurilmalarini nazorat qilish va statistikasini yuritish.