25
2-LABORATORIYA ISHI (2 SOAT).
VIRTUALBOX PLATFORMASIDA VIRTUAL TARMOQ
SOZLAMALARINI O‘RNATISH
2.1.
Ishdan maqsad
VirtualBox platformasida virtual tarmoq parametrlarini sozlash bo‘yicha
amaliy ko‘nikmalarni o‘zlashtirish.
2.2. Topshiriq
1) VirtualBox platformasida virtual tarmoq sozlamalarini o‘rnating.
2) VirtualBox platformasidagi virtual mashinaga masofaviy ulanishni amalga
oshiring.
2.3. Qisqa nazariy ma’lumotlar
Zamonaviy dunyoda tarmoq interaktiv hisoblashning muhim tarkibiy qismi
hisoblanadi. Hamma narsa tez o‘sib borayotgan
davrda tarmoqga ulanmagan
kompyuterlar o‘rtasida qanday ma’lumot almashishni tasavvur qilish qiyin. Apparat
virtualizatsiyasining markaziy g‘oyalaridan biri bu fizik kompyuterlardan ham
foydalanish mumkin bo‘lgan deyarli barcha holatlarda
virtual mashinalardan
foydalanish qobiliyatidir. Shunday qilib, virtual mashinalar o‘zlarining
virtual
tarmoq adapterlari yordamida fizik va virtual tarmoqlarga ulanishi kerak.
VirtualBox da ishlaydigan virtual mashinalar turli tarmoqlarga ulanishi mumkin.
VirtualBox virtual mashinalar uchun bir nechta tarmoq rejimlarini taqdim etadi.
Ushbu ishda mos ravishda VirtualBox ni sozlashda yordam beradigan VirtualBox
tarmoq sozlamalari haqida so‘z etamiz.
VirtualBox da quyidagi tarmoq rejimlari mavjud.
Biz ularning har biriga
tariflar berib, qiyosiy taqqoslab o‘tishga harakat qilamiz:
26
−
Ulanmagan (Not Attached);
−
NAT;
−
NAT tarmog‘i;
−
Ko‘prik adapter (Bridged Adapter);
−
Ichki tarmoq (Internal Network);
−
Faqat Xost uchun adapter (Host-Only Adapter);
−
Universal drayver (Generic Driver).