5
1) Xost operatsion tizimi – bu kompyuterda o'rnatilgan va uning resurslarini
(protsessor, operativ xotira, qattiq disklar, tarmoq kartasi va boshqalar) boshqaradigan
asosiy operatsion tizim. Xost operatsion tizimda odatda Microsoft Office paketi kabi
foydalanuvchi ilovalari o‘rnatilgan yoki har xil server xizmatlari (masalan, FTP,
DHCP, Active Directory, DNS, Proxy va boshqalar) sozlangan bo‘ladi.
Ishlab
chiqarish muhitida yuqori samaradorlik va xavfsizlikni ta’minlash maqsadida
qo‘shimcha dasturlarni birgalikda o‘rnatish yoki server xizmatlari va virtualizatsiya
uchun dasturlarni (gipervisor) asosiy operatsion tizimda sozlash tavsiya etilmaydi.
Ishlab chiqarish muhiti uchun 1-turdagi gipervizorni sozlash tavsiya etiladi (bu
turdagi gipervizor tavsifi 1.1-rasmda keltirilgan).
1.1-rasm. 1-turdagi gipervizorning ishlash tamoyili
2) Gipervizor – bu foydalanuvchilarga bir vaqtning o'zida (parallel) bitta
kompyuterda bir yoki bir nechta mustaqil va virtual mashinalar (VM) deb nomlangan
mustaqil operatsion tizimlarni ishga tushirishga imkon beruvchi dasturiy ta'minot.
6
Gipervizorlar
konfiguratsiya, ishga tushirish va ishlash uslubiga ko'ra ikki turga
bo‘linadi.
Birinchi tur
to‘g‘ridan-to‘g‘ri kompyuterning apparat qismida konfiguratsiya
qilinadi va ishga tushiriladi. Bu turdagi gipervizor
kompyuterda xost operatsion
tizimisiz ishlaydi (1.1-rasm).
Bu turdagi gipervizorlarga quyidagilar misol bo‘la oladi: Oracle VM server,
VMware ESX/ESXi, RHEV, HP Virtualization Service Platform.
Ikkinchi tur
kompyuterning xost operatsion tizimida konfiguratsiya qilinadi va
ishlaydi. Xost operatsion tizim kompyuterga o‘rnatiladi va keyin unda gipervisor
dasturi sozlanadi (1.2-rasm).
1.2-rasm. 2-turdagi gipervizorning ishlash tamoyili
7
Ushbu turdagi keng ommaga ma’lum bo‘lgan
gipervizorlar quyidagilar
hisoblanadi: Oracle VirtualBox, Microsoft Hyper-V,
VMware Server and
Workstation.
3) Mehmon operatsion tizim – bu virtual mashinada (VM) o'rnatiladigan,
sozlanadigan va ishlaydigan operatsion tizim.
4) Virtual mashina – bu mehmon operatsion tizim o‘rnatiladigan va ishlaydigan
maxsus muhit. Virtual mashina protsessor, operativ xotira, tarmoq kartasi, qattiq disk
va h.k. kabi mehmon operatsion tizimning to'g'ri va to'liq ishlashi uchun zarur bo'lgan
kompyuter resurslarini o'z ichiga oladi.
Oracle VM VirtualBox
gipervizori haqida
Shaxsiy virtual muhitni (virtual laboratoriya yoki sinov muhiti) yaratish uchun
ikkinchi turdagi gipervizor va Oracle VM VirtualBox (bundan keyin VirtualBox)
virtualizatsiya dasturi (gipervizor) tanlanadi. VirtualBox dasturi quyidagi tavsiflari
bilan ajralib turadi:
−
tekin,
−
2-turdagi gipervizorga kiradi (uy sharoitida virtual muhit yaratishga imkon
beradi),
−
32 va 64 bitli xost operatsion tizimlarda ishlaydi,
−
PXE yuklashni qo'llab -quvvatlaydi (PXE – qattiq
disksiz tarmoq orqali
operatsion tizimni yuklash uchun muhit),
−
apparat virtualizatsiyasini qo'llab-quvvatlashni talab qilmaydi (hatto
kompyuter Intel VT-X yoki AMD-V ni qo'llab-quvvatlamasa ham, virtual
muhitni o'rnatish va sozlash imkonini beradi).
VirutalBox gipervizori eng keng tarqalgan xost operatsion tizimlari bilan mos
keladi. Quyida VirtualBox ni o'rnatish mumkin bo'lgan ba'zi operatsion tizimlar
keltirilgan:
Windows:
Windows XP, Windows Vista, Windows 7, Windows 8, Windows
10, Windows Server 2008, Windows Server 2008 R2, Windows Server 2012,
Windows Server 2016.
8
Mac OS X:
10.10 (Yosemite), 10.11 (El Capitan), 10.12 (Sierra), 10.13 (High
Sierra).
Linux:
Ubuntu 16.04 LTS, 16.10, 17.04 va 17.10; Debian GNU/Linux 7
(“Wheezy”), 8 (“Jessie”) va 9 (“Stretch”); Oracle Enterprise Linux 5, Oracle Linux 6
va 7; Redhat Enterprise Linux 5, 6 va 7; Fedora 25 va 26; Gentoo Linux; openSUSE
13.2; Solaris: Solaris 11, Solaris 10.