21
“USB” menyusida “Включить контролер USB” katagiga belgi qo‘ying. Bu
virtual mashinaning fizik qurilma USB portlariga ulanish imkonini beradi
(1.23-rasm).
“Общие папки” menyusiga papkani qo‘shing, u yerda biz virtual mashina
uchun kerakli dasturlarni tashlaymiz. O‘ngdagi “+” belgisini bosing va paydo
bo‘lgan oynada umumiy papkani o‘rnating. Umumiy papka joylashgan yo‘lni
tanlang va rasmda ko‘rsatilgandek katakchalarni belgilang. Ayniqsa, “Только для
чтения” katagiga (1.24-rasm).
1.24-rasm. Virtual mashinaning umumiy papka sozlamalari
Agar siz virtual mashinani boshqa maqsadda ishlatsangiz, masalan, operatsion
tizimlarni sinab ko‘rish uchun, bu holda siz bu katakchani o‘tkazib yuborishingiz
mumkin. Ammo, agar siz shubhali dasturlar va viruslarni skanerlash uchun virtual
mashina yaratayotgan bo‘lsangiz, albatta “Только для чтения” funksiyasini
yoqishingiz kerak.