15
3) Shundan so‘ng, virtual mashina uchun kerakli
operativ xotira miqdorini
ajratish mumkin bo‘ladi. Standart qiymatlardan pastroq qiymatlarni o‘rnatmaslik
tavsiya etiladi (1.14-rasm).
1.14-rasm. Virtual mashinaga operativ xotira ajratish
1.15-rasm. Virtual qattiq disk yaratish
16
4) Keyin yangi virtual mashina – virtual kompyuter uchun virtual qattiq disk
yaratish kerak,
xuddi haqiqiy kompyuter kabi, unga ma‘lumotlarni
saqlaydigan
qattiq disk kerak (1.15-rasm). VirtualBox virtual disklarning
har xil formatlarini
qo‘llab-quvvatlaydi (1.16-rasm).
1.16-rasm. VirtualBox da virtual disklarning formatlari
Virtual qattiq disk uchun ajratilgan xotirada ma’lumotlarni saqlashni dinamik
yoki ajratilgan formatda amalga oshirish mumkin (1.17-rasm).
5) Virtual
qattiq diskni yaratishda, boshlang‘ich
foydalanuvchi uchun eng
yaxshi yechim barcha standart qiymatlarni qoldirish bo‘ladi (ehtimol,
qattiq
diskning o‘lchamidan tashqari - yana, operativ xotirada bo‘lgani kabi tavsiya etilgan
standart qiymatdan past qiymatlarni o‘rnatmaslik tavsiya etiladi). “Создать”
tugmachasini bosish bilan virtual mashina yaratiladi (1.18-rasm), u asosiy oynaning
chap tarafidagi dasturlar panelida paydo bo‘ladi (1.19-rasm).
18
1.19-rasm. Yaratilgan virtual mashinalarni boshqarish oynasi
Virtual mashinani ishga tushirish uchun siz yangi yaratilgan virtual mashinani
tanlashingiz va “Запустить” tugmasini bosishingiz kerak.