• 2.3.2. VirtualBox da virtual tarmoq adapterlarining turlari
  •  Virtual tarmoq adapterlari




    Download 11,81 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet8/70
    Sana26.05.2024
    Hajmi11,81 Mb.
    #254490
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   70
    Bog'liq
    VTT metodichka Uzb

    2.3.1. Virtual tarmoq adapterlari 
    Har bir VirtualBox virtual mashinasi sakkiztagacha virtual tarmoq 
    adapteridan foydalanishi mumkin, ularning har biri tarmoq interfeysi kontrolleri 
    (NIC – Network Interface Controller) deb ataladi. VirtualBox grafik interfeysida 
    to‘rtta virtual tarmoq adapterini sozlash mumkin. Barcha virtual tarmoq adapterlari 
    (8 tagacha) VBoxManage modifyvm buyrug‘i yordamida sozlanishi mumkin. 
    VBoxManage – bu VirtualBox buyruq qatorini boshqarish vositasi bo‘lib, undan 
    VirtualBox ning barcha sozlamalarini, shu jumladan VirtualBox tarmoq 
    sozlamalarini sozlash mumkin. Virtual mashina sozlamalarida VirtualBox tarmoq 
    adapteri sozlamalariga kirishingiz mumkin (virtual mashinangizni tanlang, 
    “Настройки” ni bosing va virtual mashinaning sozlash oynasidagi “Сеть” bo‘limiga 
    o‘ting) (2.1-rasm). 
    Bu yerda siz to‘rtta adapter yorlig‘ini ko‘rishingiz mumkin. Virtual mashina 
    yaratilgach, sukut bo‘yicha bitta virtual tarmoq adapteri yoqiladi. Siz adapterni 
    yoqish uchun “Включить сетевой адаптер” katagiga belgi qo‘yishingiz va 
    o‘chirishni belgilashingiz mumkin (bu katakcha virtual tarmoq adapteri qurilmasi 
    virtual mashinaga ulangan yoki yo‘qligini aniqlaydi). 
    VirtualBox 
    tarmoq 
    adapteri 
    sozlamalarini 
    kengaytirish 
    uchun 
    “Дополнительно” tugmasini bosing. 


    27 
    2.1-rasm. VirtualBox da Adapter 1 uchun tarmoq sozlamalari 
    2.3.2. VirtualBox da virtual tarmoq adapterlarining turlari 
    Virtual tarmoq adapteri – bu dasturiy ta’minot yordamida taqlid qilinadigan 
    fizik qurilmaning nusxasi. VirtualBox olti turdagi virtual adapterlarni virtualizatsiya 
    qilishi mumkin. 

    AMD PCnet-PCI II (Am79C970A). Ushbu tarmoq adapteri AMD chipiga 
    asoslangan va ko‘p holatlarda ishlatilishi mumkin. Windows mehmon OT lari 
    uchun ushbu tarmoq adapteri Windowsning eski versiyalarida (masalan, 
    Windows 2000) ishlatilishi mumkin, chunki Windows 7, 8 va 10 kabi yangi 
    versiyalarida bu adapter uchun o‘rnatilgan drayver yo‘q. Dastlab, 
    Am79C970A PCI qurilmasida bitta chipli 10Mbitli kontroller bor edi va 
    DMA mexanizmi birlashtirildi. Bu tarmoq adapteri masofadan turib yoqish 
    uchun AMD Magic Packet texnologiyasini ham qo‘llab-quvvatlaydi. 

    AMD PCnet-FAST III (Am79C973). Bu virtualizatsiya qilingan tarmoq 
    adapteri VirtualBox da ishlaydigan deyarli barcha mehmon operatsion 
    tizimlari tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi. GRUB (bootloader) tarmoq orqali 


    28 
    yuklash uchun ushbu adapterdan foydalanishi mumkin. Oldingi NIC singari, 
    bu ham AMD chipidan foydalanadi. 

    Intel PRO/1000 MT Desktop (82540EM). Bu adapter Windows Vista va 
    Windowsning yangi versiyalarida yaxshi ishlaydi. Ko‘pgina Linux 
    distributivlari ham ushbu adapterni qo‘llab-quvvatlaydi. 

    Intel PRO/1000 T Server (82543GC). Windows XP bu adapterni qo‘shimcha 
    drayverlar o‘rnatmasdan taniydi. 

    Intel PRO/1000 MT Server (82545EM). Ushbu adapter modeli OVF 
    shablonlarini boshqa platformalardan import qilish uchun foydalidir va import 
    jarayonini osonlashtirishi mumkin. 

    Paravirtualizatsiya qilingan tarmoq adapteri (virtual tarmoq) – bu alohida 
    holat. Aksariyat operatsion tizimlar tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan 
    tarmoq uskunalarini virtualizatsiya qilishning o‘rniga, mehmon operatsion 
    tizimi virtualizatsiya qilingan muhit uchun maxsus dasturlash interfeysini 
    ta’minlashi kerak. Bu yondashuv tarmoq uskunalarini taqlid qilishning 
    murakkabligini oldini oladi va natijada tarmoq ishini yaxshilaydi. 
    VirtualBox standart virtIO tarmoq drayverlarini qo‘llab-quvvatlaydi. VirtIO 
    tarmoq drayverlari KVM loyihasining bir qismi va ochiq manba hisoblanadi. Bu 
    drayverlar yadro 2.6.25 yoki undan yuqori bo‘lgan Linux uchun, Windows uchun, 
    shu jumladan Windows 2000, XP va Vista kabi eski versiyalarda mavjud. 

    Download 11,81 Mb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   70




    Download 11,81 Mb.
    Pdf ko'rish