41
ichki tarmoq adapterining IP -manzili o‘rnatilgan bo‘lsa,
tashqi tarmoqlarga kira
oladi (2.11-rasm).
2.11-rasm. VirtualBox da Ichki tarmoq rejimining NAT rejimi bilan birgalikda
ishlash sxemasi
2.11-rasmdagi misolda ishlatiladigan tarmoq konfiguratsiyasi:
VM1. IP -manzil - 192.168.23.1 (ichki tarmoq rejimi); 10.0.2.15 (NAT
rejimi), shluzi 10.0.2.2 (o‘rnatilgan VirtualBox NAT qurilmasining IP -manzili).
VM2. IP -manzil - 192.168.23.2 (ichki tarmoq), shlyuz - 192.168.23.1
VM3. IP -manzil - 192.168.23.3 (ichki tarmoq), shlyuz - 192.168.23.1
VirtualBox ichki tarmoq qism tarmog‘i: 192.168.23.0/24
Aniqroq bo‘lish uchun quyidagi diagramaga qarang.
Eslatma. IPTABLES xavfsizlik devori qoidalarini haqiqiy tarmoq
infratuzilmangizga kiritmasdan oldin ularni sinab ko‘rish uchun siz bunday virtual
infratuzilmani joylashtirishingiz mumkin, lekin tashqi tarmoqlga/tashqi tarmoqdan
ulanishda VM1 ikkinchi virtual tarmoq adapteri uchun NAT rejimidan ko‘ra ko‘prik
rejimi afzalroqdir.
e) Faqat xost uchun (Host-only) rejimida virtual tarmoqni sozlash
42
Xost operatsion tizimida faqat xostlar tarmog‘ida
foydalanish uchun
VirtualBox Host-Only virtual tarmoq adapteri yaratiladi.
File > Host Network
Manager
ga
o‘tish
orqali
siz
VirtualBox
tarmog‘ining
sozlamalarini
o‘zgartirishingiz mumkin (2.12-rasm).
2.12-rasm. VirtualBox da Faxat xost uchun rejimining ishlash sxemasi
Bizning holatda, faqat xostlar tarmog‘i uchun
standart tarmoq manzili
192.168.56.0/24, xost-mashinadagi virtual tarmoq adapterining IP-manzili
192.168.56.1. Ushbu IP-manzillarni “Adapter” (“Адаптер”) yorlig‘ida qo‘lda
tahrirlashingiz mumkin (2.13-rasm). Tegishli katakchani belgilab, DHCP serverini
yoqish yoki o‘chirish mumkin. DHCP Server yorlig‘ida
siz DHCP mijozlariga
beriladigan DHCP serverining IP manzilini, tarmoq
niqobini va IP diapazonini
o‘rnatishingiz mumkin (2.14-rasm).
43
2.13-rasm. Faqat xost uchun (Host-only) tarmog‘ini sozlash
2.14-rasm. Faqat xostlar tarmog‘i uchun DHCP serverini sozlash
Virtual mashinalarning virtual tarmoq adapterlari IP-konfiguratsiyasida
shlyuzga
ega emas, chunki faqat xostlar rejimi faqat xost-tarmoqdan tashqaridagi
har qanday qurilmaga ulanishga to‘sqinlik qiladi.
Bundan tashqari, har xil xost-
tarmoqlardan foydalanish uchun faqat bir nechta xost –
VirtualBox tarmoq
adapterini yaratishingiz mumkin – buning uchun “Yaratish” (“Создать”) tugmasini
44
bosing. Agar sizga faqat xostlar tarmog‘i kerak bo‘lmasa, adapterni tanlang va
“O‘chirish” (“Удалить”) ni bosing.