Kerio Control ni o‘rnatish




Download 11,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/70
Sana26.05.2024
Hajmi11,81 Mb.
#254490
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   70
Bog'liq
VTT metodichka Uzb

10.4.2. Kerio Control ni o‘rnatish 
Kerio Control dasturini https://www.gfi.com/ saytidan tekin 30 kunlik 
versiyasini yoki sotib olish orqali to‘laligicha yuklab olsa bo‘ladi (10.6-rasm). 
10.6-rasm gfi.com sayti sahifasi 
Yuklab olingan .iso formatdagi faylni VMware ESXi gipervizoriga 
joylashtirishimiz va uni yaratilgan KerioControl virtual mashinamizda 
ko‘rsatishimiz kerak bo‘ladi. Buni amalga oshirishimiz uchun KerioControl virtual 
mashinasining “Edit” bo‘limiga o‘tiladi va “CD/DVD Drive 1” bo‘limida “Connect 
at power on” ga bayroqcha qo‘yiladi → Datastore ISO file tanlanadi → Browse... 
tugmasi orqali .iso faylni tanlash bo‘limiga o‘tiladi (10.7-rasm). 


169 
10.7-rasm. .iso faylni tanlash. 
Bu yerda “Upload” tugmasi orqali faylning joylashgan joyi ko‘rsatiladi va 
VMware ESXi gipervizoriga yuklanadi (10.8-rasm). 
10.8-rasm. VMware ESXi gipervizoriga .iso faylni yuklash. 
.iso fayl gipervizorga yuklanib bo‘lingach uni tanlab turib “select” tugmasi 
bosiladi va natija quyidagicha bo‘lishi kerak (10.9-rasm). 


170 
10.9-rasm. VM sozlanishi. 
Keyinchalik “Save” tugmasi orqali bajarilgan sozlash ishlari saqlanadi. Ushbu 
bajarilgan ish 1-vazifada bajarilsa ham bo‘ladi, lekin mavzuning mantiqi ketma-
ketligi saqlanishi maqsadida bu 2-vazifa doirasida keltirilmoqda. 
KerioControl nomli virtual mashina ishga tushuriladi, ishga tushushi bilan 
oldin ko‘rsatilgan .iso fayl yuklanadi va tegishli tarzda Kerio Control dasturi 
o‘rnatilishi boshlanadi (10.10-rasm). 
10.10-rasm. Kerio Control. 
Ishlatish qulayligi uchun jadvalda rus tili tanlanadi va dastur o‘rnatilishining 
keying bo‘limi ochiladi. Keyingi bo‘limda litsenziya shartlari keltirilgan bo‘lib, uni 


171 
“F8” tugmasi orqali qabul qilish kerak bo‘ladi yoki “Enter” tugmasi orqali qabul 
qilinmaydi va dastur o‘rnatilishi bekorlanadi (10.11-rasm). 
10.11-rasm. Litsenziya shartlari 
Navbatdagi bo‘limda disk ichidagi barcha ma’lumotlar o‘chib ketishi haqida 
ogohlantiruvchi xabar beriladi, ushbu xabarni inobatga olib dastur o‘rnatilishini 
davom ettirish uchun 135 raqamini terish talab qilinadi. Ushbu raqam kiritilgach 
“Enter” tugmasi bosiladi va o‘rnatish davom ettiriladi (10.12-rasm). 
10.12-rasm. Ogohlantiruvchi xabar 


172 
Bundan keyin, Kerio Control dasturi o‘rnatilishi jarayoni ishga tushadi va 
yakunida “Enter” tugmasini bosib VM ni qayta ishga tushurish kerakligi ko‘rsatiladi 
(10.13-rasm). 
10.13-rasm. O‘rnatish yakunlanishi ko‘rinishi 
VM qayta ishga tushgach o‘rnatilgan Kerio Control dasturi ishga tushadi va 
quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi (10.14-rasm). 
10.14-rasm. Kerio Control dasturi ishga tushirilishi 


173 
10.14-rasmda ko‘rsatilgan manzilga kirish imkoni bo‘lmaydi, chunki tarmoq 
interfeyslarining manziligi to‘g‘ri kelmaydi. Demak, ushbu muammoni bartaraf 
qilish lozim. Buning uchun “Enter” tugmasi bosiladi va quyidagi bo‘lim ochiladi 
(10.15-rasm). 
10.15-rasm. Kerio Control dasturi konfiguratsiyasi 
Bu yerda “Конфигурация сети” bo‘limi tanlanib istalgan bir interfeysga 
lokal tarmoq ip manzili beriladi (masalan: 192.168.1.11) (10.16-rasm). Shuni eslatib 
o‘tish kerakki, bu yerda yuqorida sozlanganidek 2 ta tarmoq interfeysi mavjud, ular 
oldin ta’kidlanganidek biri himoyalanuvchi ya’ni lokal tarmoq uchun ikkinchisi esa 
umumiy foydalaniladigan internet tarmog‘i uchun. Tegishli tarzda keyinchalik 
ikkinchi tarmoq interfeysiga amaliyotda internet provayderi tomonidan olinadigan 
statik ip manzil kiritiladi. Bu amaliyotda ichki tarmoq foydalanuvchilarini internet 
tarmog‘iga xavfsizlik tomonidan nazorat olinishi va boshqa maqsadlarda ishlatiladi, 
chunki Kerio Control dasturining asosiy ishlash printsipi tarmoq xavfsizligini 
trafiklarni nazorat qilish orqali ta’minlash hisoblanadi. 


174 
10.16-rasm. Lokal tarmoq ip manzili 
F8 tugmasi orqali ip manzil o‘zgartirilishi saqlanadi (10.17-rasm), bu yerda 
shlyuz manzili kiritilishi shart emas hisoblanadi. Endi ushbu manzilni brauzerning 
qidiruv bo‘limiga kiritish orqali Kerio Control dasturining web interfeysini ochsa 
bo‘ladi. 
10.17-rasm. ip manzil o‘zgartirilishi 


175 
Brauzerda ushbu ip manzilga murojat qilishda ip manzil oldiga “https://” 
ko‘rsatilishi lozim, ko‘rsatilmasa dasturning web interfeysiga kirish imkoni 
bo‘lmaydi. 
Kerio Control dasturining web interfeysi ochilishi bilan “Мастер 
активизации” ochiladi va u yerda yana bir nechta sozlamalarni amalga oshirish 
talab qilinadi. Bo‘limdagi “Разрешить Kerio Control передачу анонимной 
статистики” yonidagi bayroqcha olib tashlanadi, bu ko‘pchilik holatlarda kerak 
emas hisoblanadi. Keyingi bo‘limda “Admin” logini odatiy kiritilgan bo‘lib, faqat 
parol qo‘yish imkoni bo‘ladi, tegishli tarzda parol o‘rnatiladi va barcha bayroqchalar 
olib tashlanadi (10.18-rasm). 
10.18-rasm. Admin uchun parol 
Keyingi bo‘limda yana parollarni takrorlash ya’ni tasdiqlash talab qilinadi. 
Parollar takror kiritilgach sozlanmalar tugaydi va web interfeys ochilishi uchun 
o‘rnatilgan login va parollar talab qilinadi (10.19-rasm). 


176 
10.19-rasm. Login va parol 

Download 11,81 Mb.
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   70




Download 11,81 Mb.
Pdf ko'rish