Vol.2 №5 (2024). May
Journal of Effective
innovativepublication.uz
Learning and Sustainable Innovation
841
Oʻzbekistonda Fuqarolik jamiyatini qurish tarixiy anʼana boʻlsada, u butunlay yangi
tarixiy sharoitlarda jahon davlatchiligi ilg'or tajribalari va koʻp
ming yillik milliy
anʼanalarning sintezi sifatida dunyoga kelmoqda. Yaʼni erkinlik va axloq, ozodlik va tarbiya,
qonunga itoatkorlik va siyosiy huquqiy faollik, hurriyat va qat'iy tartib intizom uygʻunligida
Fuqarolik jamiyati shakllantirilmoqda.
Fuqarolik jamiyati nafaqat davlatning majburlov kuchi bilan, balki uning aʼzolari boʻlmish
fuqarolarning oʻzlari orqali saqlab turiladigan va qatʼiy tartib qaror topgan jamiyatdir. Bunday
jamiyat oʻzini oʻzi yuksak darajada tashkil etishi bilan ajralib turadi. Fuqarolik jamiyatiga
davlatning kuchli taʼsiri talab etilmaydi. Davlat bunday jamiyatning nazoratida boʻlishi kerak,
chunki davlat – fuqarolik jamiyatning „yollanma xizmatkori“. Zero, u fuqarolar, korxona va
muassasalardan olinadigan soliqlar hisobiga mavjud boʻladi.
Mazkur jamiyat nafaqat
oʻzining siyosiy, madaniy hayotini, balki iqtisodiy, ijtimoiy hayotini ham boshqarib turadi.
Hamma jamiyatni ham fuqarolik jamiyati deb boʻlmaydi. Fuqarolik jamiyati ancha yuksak
darajadagi ijtimoiy rivojlanish koʻrsatkichidir va bu borada bizning jamiyatimizda bir qator
e‟tiborga mo‟nelik qiladigan jihatlar ham mavjud ya‟ni : Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish
konsepsiyasi qabul qilinishidir.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2021-yil 4-mart kuni 2021-2025-yillarda
fuqarolik
jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisidagi farmonni imzoladi.
Konsepsiyaning
ustuvor yoʻnalishlari etib quyidagilar belgilandi:
-fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning huquqiy asoslarini izchil
takomillashtirish;
-fuqarolik jamiyati institutlariga koʻmak berish hamda
ularni davlat tomonidan
qoʻllabquvvatlash mexanizmini yanada takomillashtirish;