|
Vol. 2 №5 (2024). May innovativepublication uz Learning and Sustainable InnovationBog'liq sotsiologiyaVol.2 №5 (2024). May
Journal of Effective
innovativepublication.uz
Learning and Sustainable Innovation
843
huquqidir. “Erkin saylov va o„z hoxish-irodasini erkin bildirish prinsiplari, birinchi navbatda
har bir shaxsning davlat ho-kimiyati vakillik organlariga saylash va saylanish bo'yicha
konstitutsiyaviy huquqi milliy davlatchiligimiz modelining asosini tashkil etadi .
Yangi tahrirdagi
O„zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga hayotimizning boshqa
muhim sohalari va ustuvor yo„nalishlari qatori faol fuqarolik jamiyatini shakllantirish,
jamoatchilik nazorati institutini yanada rivojlantirishga oid normalar ham kiritilganini
ta‟kidlash lozim. Bundan ko„zlangan maqsad, shubhasiz, mamlakatimizda ochiqlik siyosatini
davom ettirishdir.
Konstitutsiyamizga ilk marotaba fuqarolik jamiyati institutlariga bag„ishlangan alohida
bob kiritildi. Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning XIII bobi «Fuqarolik jamiyati institutlari»,
deb nomlandi. Yangilangan Konstitutsiya timsolida milliy qonunchiligimizda birinchi
marotaba fuqarolik jamiyati institutlarining tarkibi ochib berildi. Ushbu institutlar fuqarolik
jamiyatining asosini tashkil etishi mustahkamlandi.
Asosiy qonunimizning 69-moddasiga ko„ra: «Fuqarolik jamiyati institutlari, shu
jumladan jamoat birlashmalari va boshqa nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolarning
o„zini o„zi boshqarish organlari, ommaviy axborot vositalari fuqarolik jamiyatining
asosini tashkil etadi. Fuqarolik jamiyati institutlarining faoliyati qonunga muvofiq amalga
oshiriladi».
Konstitutsiyaning eski matnida «jamoat birlashmalari» tushunchasiga berilgan ta‟rif
yanada aniqlshtirildi. Bosh qomusimizning 70-moddasi jamoat birlashmalari faoliyatini
kafolatlovchi norma bilan to„ldirildi.
|
| |