• Sharqda Fuqarolik jamiyatining
  • Journal of Effective
  • Vol. 2 №5 (2024). May innovativepublication uz Learning and Sustainable Innovation




    Download 426,93 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet3/8
    Sana02.06.2024
    Hajmi426,93 Kb.
    #259419
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    sotsiologiya

    Vol.2 №5 (2024). May 

     

    innovativepublication.uz


     
     

     
     
    Fuqarolik jamiyati
    – haqiqiy fuqarolardan, yaʼni uzviy bogʻliqlikda boʻlgan hamda 
    axloqiy madaniyatga tayanadigan huquqiy va siyosiy madaniyatga ega odamlardan iborat 
    jamiyatdir. Fuqarolik jamiyati haqida ilk tasavvurlar Aristotelning „Siyosat“ asarida bayon 
    etilgan. Unga koʻra, insonning erkin yashash huquqi kishilik jamiyatining adolat va qonun 
    ustuvorligi asosida tashkil etilishi orqali taʼminlanishi lozim. XVIII asr Buyuk fransuz 
    inqilobi davrida Inson va fuqaro huquklari deklaratsiyasi eʼlon qilinishi bilan esa Fuqarolik 
    jamiyati tushunchasi keng tarqala boshladi.
    Sharqda Fuqarolik jamiyatining
    oʻziga xos talqini mavjud. Bu, bevosita, axloq, 
    madaniyat va maʼnaviyatning huquq bilan uygʻunlashgan, feʼl-atvor, xatti-harakatlar va qoida 
    meʼyorlarning uzviy uygʻunlashgan shakli bilan bogʻliq. Forobiyning „Fozil odamlar shahri“ 
    asarida mamlakatni boshqarishda adolatli qonun zarurligi, faol Fuqarolik jamiyatini 
    shakllantirish mohiyati chuqur tahlil etilgan. Qonunlari mukammal boʻlgan mamlakatda 
    adolat, inson huquqlari ustuvor boʻlishi muqarrar ekanligi bayon qilib berilgan. Forobiy 
    fikriga koʻra, „Shahar (mamlakat) aholisi xushxulqqa ega boʻlmagan taqdirda hokimiyatga 
    ehtiyoj tugʻiladi“, jinoyatchilik, bezorilik, qonunbuzarlik qonunlar zaif, aholi 
    axloqiymaʼnaviy jihatdan barkamol boʻlmagan sharoitda avj oladi. Bunday xalqni tartibga 
    chaqirish uchun kuchli taʼsir oʻtkazuvchi hokimiyat kerak boʻladi. Bu kabi gʻoyalar Ibn Sino, 
    Beruniy, Xorazmiy, Amir Temur, Alisher Navoiy, Bobur va boshqa tomonidan ham ilgari 
    surilgan va amaliyotda keng qoʻllanilgan.


    Journal of Effective

    Download 426,93 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 426,93 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Vol. 2 №5 (2024). May innovativepublication uz Learning and Sustainable Innovation

    Download 426,93 Kb.
    Pdf ko'rish